O„zbekiston respublikasi
Merkantilistlarning nazariy hissasi
Download 4.73 Mb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI
Merkantilistlarning nazariy hissasi Iqtisodiyot nazariyasi tarixchilari merkantilizmni o‗rganib, 1660- 1776-yillar oralig‗ida iqtisodiy tahlil ham miqdoran, ham sifat jihatdan mukammallashganini aniqladilar. Ehtimol merkantilistlarning eng katta muvaffaqiyati iqtisodiyotni tahlil qilish mumkinligini anglab yetishganidadir. Bunday o‗zgarish o‗sha davrda mashhur bo‗lgan fizika fanlaridan inson tabiatini o‗rganuvchi ijtimoiy fanlarga o‗tishni aks ettirar edi. Bu o‗tish Isaak Nyuton (1642-1727) davridan keyin o‗zining yuqori cho‗qqisiga chiqdi, uning ta‘siri esa hozir ham seziladi. Sxolastlarning axloqiy tahlili o‗rnini sabab va natija tahlillarining egallashi o‗tmishdagi usullar to‗xtatildi, degani emas, albatta, chunki ayrim sxolastlar mantiqiy tahlildan foydalanishar edi va axloqiylashtirish hozirgi zamonaviy adabiyotlarda ham mavjud. Lekin fizika fani qonunlarini kashf etgan metodologiyalar bilan iqtisodiy qonunlarni kashf qilish mumkinligini anglash iqtisodiyot nazariyasini rivojlantirishda asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Ko‗pchilik merkantilistlar iqtisodiyotda ko‗plab mexanik sabablarni ko‗rishgan va ushbu qonunlarni bilgan odam iqtisodiyotni nazorat qilishi mumkin, deb ishonishgan. Shuning uchun aql bilan qabul qilingan qonunlar iqtisodiy jarayonlarga ijobiy ta‘sir qilishi mumkin va iqtisodiy tahlil berilgan natijaga erishish uchun qanday shakldagi davlat aralashuvi kerak ekanligini ko‗rsatadi. Merkantilistlar davlatning iqtisodiyotga aralashuvi tasodifiy bo‗lmasligi, talab va taklif qonunlari kabi asosiy iqtisodiy haqiqatlarni chalkashtirmasligi lozim, deb tushunishgan. Keyingi merkantilistlar iqtisodiy faoliyatni rag‗bat- lantirishda iqtisodiy odam va foyda tushunchalarini tez-tez qo‗llay boshladilar. Davlat insonlarning tabiatini, ayniqsa, ularning egoistik harakatlarini o‗zgartira olmaydi, deb hisoblaganlar. Siyosatchilar insonning bu xususiyatini qanday bo‗lsa shundayligicha qabul qilib, bu xususiyatlarni millatning farovonligi uchun safarbar qiladigan qonun va institutlarni shakllantiradilar. Keyingi merkantilistlar o‗zlaridan oldingi g‗oyadoshlari yo‗l qo‗ygan xato va kamchiliklarini anglab yetganliklarini quyidagi misolda 84 ko‗ramiz. Masalan, ular pul boylik o‗lchovi emasligini, barcha davlatlar bir vaqtning o‗zida ijobiy savdo balansiga ega bolishi mumkin emasligini, uzoq vaqt mobaynida hech bir davlat ijobiy savdo balansini ushlab turishi mumkin emasligini, savdo har ikki davlatga ham foydali bo‗lishi va ixtisoslashuv va mehnat taqsimoti davlatlarga ustunlik keltirishi mumkinligini tushunishgan. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvini kamaytirishni taklif etgan olimlar soni tobora oshib borar, shu tariqa ko‗pgina adabiyotlarda klassik liberalizm g‗oyalari boshlanayotgan edi. Biroq klassiklardan oldingi hech bir iqtisodchi bozor iqtisodiyoti ishlashini, ya‘ni narxlar qanday shakllanishi va cheklangan resurslar qanday taqsimlanishini bir-biriga bog‗langan yagona qarash sifatida shakllantira olmadi. A.Smit merkantilistlar yetisha olmagan tushun- chalarni anglab yetdi. Merkantilistlar shaxsiy manfaat va xalq farovonligi o‗rtasida qarama-qarshilik mavjud, deb hisoblashgan. Shuning uchun ularning fikricha, davlat shaxsiy manfaatni xalq farovonligi tomon yo‗naltirishi kerak. Klassik iqtisodchilar esa tizimda tabiiy uyg‗unlik borligiga ishonishgan va xalq farovonligi tabiiy ravishda shaxsiy manfaatdan kelib chiqadi, deb hisoblashgan. 15 Download 4.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling