O‟zbekiston respublikasi


Download 115.65 Kb.
bet23/25
Sana24.12.2022
Hajmi115.65 Kb.
#1051688
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafed

Kreativlikning rivojlanish bosqichi muayyan kreativlik sifatlarining rivojlanganlik darajasi
Shunga ko‟ra ma‟lum davr va bosqichlarda pedagoglarda ham kreativlik sifatlari, ijodiy faoliyat malakalari rivojlanadi.
Kreativ tafakkurga ega b o‟lajak pedagoglar: boshqa bo‟lajak pedagoglarning xayoliga kelmagan g‟oyalarni bildiradi; o‟zlarini ifoda etishning o‟ziga xos uslubini tanlaydi; ba‟zan mavzu aloqasi yo‟q yoki g‟ayrioddiy savollar beradi; echimi ochiq qolgan vazifalardan zavqlanadi; g‟oyalarni aniq dalillar asosida muhokama qilishni afzal ko‟radi; muammoning echimini topishda noan‟anaviy yondashuvni tanlaydi.

  • Shaxsga xos kreativlik sifatlari quyidagilar sanaladi:

  • Ijodiy yo‟nalganlik;

  • Mantiqiyfikrlashqobiliyati;

  • Eruditsiya (bilag‟onlik);

  • Boy tasavvurga egalik;

  • Ijodiy ta‟sirchanlik va tashabbuskorlik;

  • O‟z ijodkorligini to‟la-to‟kis namoyish etish;

  • Refleksiya qobiliyati;

  • Hissiyotga boylik;

  • Tavakkal qila olish qobiliyati;

  • Tafakkur tezligiga egalik;

  • Ichki sezgining rivojlanganligi;

  • O‟ziga xos (orginal) g‟oyalarni ilgari sura olish qobiliyati;

  • Innovatsion qobiliyatga egalik;

  • Yuksak badiiy qadriyatlarga egalik;

  • Mavjud tajriba va bilimlar asosida yangi qarorlarni qabul qilish malakasi.

Umumiy xulosa:
Kreativlik tushunchasi (lot., ing. “create” – yaratish, “creative” yaratuvchi, ijodkor) ingliz tilidan tarjima qilganda ijod ma‟nosini anglatadi. Haqiqattan esa yangi, original (o‟ziga xos) yanada sayqallangan moddiy va ma‟naviy bog‟liqliklarni yaratishdir.
Kreativlikni: ijodga intilish, hayotga ijodiy yondashish, o‟ziga doimiy tanqidiy nazar solish va tahlil etish deyish mumkin. Hozirgi zamon psixologiya va pedagogika lug‟atlariga asoslanib o‟qituvchining kreativligi deb uning fikrlaridagi sezgilaridagi, muloqotdagi, alohida faoliyat turidagi, ijodiy yondashish, bilish darajasi deb ta‟riflash mumkin.
O‟qituvchining kreativligi, bu uning qat‟iy, chegaralangan yoki sust chegaralangan sharoitlarda har xil original g‟oyalarni izlab topish laoyiqatidir.
“Kreativlik otasi” nomi bilan mashhur Pol Torrans to‟rtta kreativlik ko‟nikmasini aniqlagan (1987a). Uning olib borgan tadqiqotlari shundan dalolat beradiki, mazkur kreativ ko‟nikmalarni shakllantirish va ularni baholash mumkin:


    1. Download 115.65 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling