Internet saytlari:
1. www.edu.uz
2. www.o’qituvch.uz
3. www.ziyonet.uz
4. www.ziyo.uz
5. www.aim.uz
6. www.refarat.uz
7. www.soft.uz
PAYVANDLASH ASOSLARI FANINING O‘QUV DASTURI
1. Fanning maqsadi va vazifalari:
“Payvandlash ishlari ustasi” kasbi bo‘yicha ta’lim olayotgan tinglovchilarni gaz alangasida payvandlash jixozlarini ishga tayorlash, ishlatishni, ish o‘rnini tashkil qilish, payvandlanadigan metal turiga qarab payvandlash rejimi va texnologiyasini aniqlash, payvandlashda yuz beradigan deformatsiyalar va kuchlanishlarni oldini olish, xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilish, payvandlash texnikasi va texnologiyasini o‘rgatishdan iborat.
2. Fanni o‘rganish natijasida tinglovchilar quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak:
payvandlash ishlarini bajarishda texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi talablari;
qo‘llaniladigan payvandlash apparatlari, generatorlari, kislorod hamda atsetilen ballonlar, payvandlash gorelka va priborlarining tuzilish va ishlash tamoyillari;
payvandlashda qo‘llaniladigan suyuqlik va gazlar bilan ishlash qoidalari hamda ularning asosiy xossalari, ballonlardagi ruxsat etilgan bosim, gaz turiga belgilangan ballonlarining bo‘yoq rangi;
payvand birikma va choklar, ularni chizmada belgilanishi;
detallarni payvandlashga tayyorlash qoidalari va usullari;
gaz alangasining tavsifi;
uglerodli po‘lat, legirlangan po‘lat, rangli metall va ularning qotishmalari hamda cho‘yanlarni payvandlashning o‘ziga xos xususiyatlari;
metallarni gaz-kislorod kesish texnologiyasi va apparatlari;
payvand birikmalarining nuqsonlari va ularning nazorati.
Tinglovchilar quyidagi ko‘nikmaga ega bo‘ladilar:
elektr xavfsizligi va mehnat muhofazasi yo‘riqnoma hamda qoidalarining talablariga rioya qilish.
payvand chokining ixtiyoriy fazoviy vaziyatida, konstruksiya tarkibiga kiruvchi detal va buyumlarni ushlab qolish choki yordamida biriktirishni amalga oshirish;
birikmalarni payvandlashga tayyorlash va choklarni payvanddan keyin tozalash;
oddiy detallar sirtiga metall qatlamini eritib qoplashni bajarish;
gazda payvandlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish va turli murakkablikdagi uzel, detallarning qora hamda rangli metallarini kesish;
payvandlash jihozlaridagi kamchilik va nuqsonlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish;
chizma va sxemalarga binoan ishlarni bajarish;
konstruksiya va detallarni to‘g‘rilash maqsadida qizdirish;
payvand birikmalarining nuqsonlarini aniqlash va payvandlash ishlari sifati nazoratini amapga oshirish;
ish joyini ozoda va tartibli saqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |