Oʻzbekiston respublikasi


Download 370.07 Kb.
bet42/66
Sana25.07.2023
Hajmi370.07 Kb.
#1662474
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   66
Bog'liq
Hayvonlar ekologiyasi majmua 2022-2023 y

1-Amaliy mashg`ulot.
Mavzu: Hayvonlar ekologiyasida foydalaniladigan uslublar.
Ekologik ilmiy tadqiqotlarda kuzatish, tasviriy, taqqoslash, amaliy tajriba va modellashtirish uslublaridan foydalaniladi. Mazkur uslublar biologiya fanlarining barchasida qo’llaniladi. Ekologik ilmiy-tadqiqotlar o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Tadqiqotlarda kuzatish tasviriy, qiyoslash yoki taqqoslash, amaliy tajriba va modellashtirish uslublaridan keng foydalaniladi. 11 U turni alohida individ holida emas (chunki individ morfologiya, fiziologiya, sistematika uchun tadqiqot ob’ekti hisoblanadi), balki populyatsiya darajasida ham tadqiq etadi. Populyatsiyalar muayyan hududlarni egallab, vaqt va fazoda yangilanib turadi. Bir hayvonni turlicha tahlil qilish mumkin, fiziolog uni o’zgarmas doimiy sharoitda o’rgansa, ekolog esa aksincha, mazkur hayvonni yashash muhitida va barcha omillar majmui doirasida tadqiq etadi, zero, muhit omillari “doimiy” bo’lmay, dinamik tarzda o’zgarib turadi. Hayvonlar ekologiyasini o’rganishda ular haqida to’liq va batafsil ma’lumot olishda eksperimental-tajribalar muhim o’rin tutadi.
Ayrim hollarda laboratoriya sharoitida olingan natijalar har doim ham tabiatdagi holatni to’liq ifodalamasligi mumkin. Masalan, ayrim ignatanlilar (Echinaster sepositus) va qisqichbaqasimonlar (Eupagurus prideaauxi)ning tabiiy yashash sharoitlari mutlaq sho’r suvlar bilan bog’langan, tajribalar shuni tasdiqlaydiki, ular hatto chuchuk suvlarda ham bemalol hayot kechira olishligi kuzatilgan. Ekologik ilmiy-tadqiqotlarda dala sharoitida tabiatdagi kuzatish ishlari alohida ahamiyatga ega. Tabiatda mavjudotlar o’rtasidagi o’zaro trofik aloqalar orqali murakkab bog’lanishlar ko’pincha kuzatish – tasviriy uslubda tadqiq etiladi. Masalan, beda urug’i hosildorligi nisbiy holda mushuklarga bog’liq holda ekanligi kuzatish asosida tahlil etish mumkin. Jumladan, bedazorlar uchun pahmoq arilar alohida ahamiyatga ega, chunki beda gullari faqat ular yordamidagina changlanadi. Shu sababdan beda urug’ining salmog’i bevosita pahmoq arilarning miqdor zichligiga bog’liq. Lekin dala sichqonlari arilar uyalarini buzib ularni kamayishiga sabab bo’ladi. Mushuklar esa dala sichqonlarini qirib ushbu salbiy holatni oldini olishda muhim rol o’ynaydi. Ushbu misol jonzotlar o’rtasida o’zaro murakkab bog’liqlik borligini isbotlash bilan birga, uni tushunish va tahlil etish faqatgina kuzatish natijalari asosida izohlash mumkinligini ko’rsatadi.
Ekologik tadqiqotlarda yuqoridagi uslublar bilan birga matematikstatistik tahlil usulidan ham foydalaniladi. Bu esa mikrotizimlarning hayoti, undagi o’zgarishlar haqida atroflicha ma’lumot olishga imkon beradi. Keyingi yillarda tabiiy jarayonlarni matematik modellashtirishga e’tibor kuchaytirilmoqda. Matematik modellar ekologik tizimlarni o’rganishda eng 12 samarali natija beradi. Matematik simvollar murakkab ekologik tizimlarni ifodalashga, tenglamalar esa undagi turli komponentlarning o’zaro ta’sirini nazariy jihatdan tahlil etishga imkoniyat yaratadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, matematik model ob’ektiv borliqning to’liq bo’lmagan abstrakt in’ikosidir. Misol tariqasida sodir bo’ladigan o’zgarishlarning matematik ifodalanishini keltirish mumkin. Agar populyatsiya miqdor zichligining ortishi davomiy to’xtovsiz holat deb qaralsa, populyatsiyadagi o’sishni quyidagi eng sodda differentsial tenglama vositasida ifodalash mumkin.
Dx|dt=rx
Bunda t vaqtidagi populyatsiya zichligi-x; r-o’sishning haqiqiy tezligi, har bir tur uchun doimiy qiymat (o’zgarmas sharoitda populyatsiyadagi tug’ilish va o’limning eng yuqori tezligi). Agar t=0 va populyatsiya zichligi x=0 deb qabul qilinsa, unda ayni tenglamaning echimi quyidagi funktsiyadan iborat bo’ladi. Bunda shu ma’lum bo’ladiki, t qisqa vaqtda populyatsiyadagi ko’paygan individlar soni r – t ga teng bo’ladi. Demak, bu vaqtda populyatsiyaning yosh tarkibi o’zgarmaydi. Lekin bu holat chegaralangan vaqtdagina haqiqatga yaqin bo’ladi, vaqt o’zgarishi bilan populyatsiyadagi tug’ilish va o’limning nisbati o’zgaradi, natijada ayni populyatsiyaning yosh, jinsiy tuzilmasida o’zgarish ro’y beradi. Matematik modellar echimi asosida olingan nazariy ma’lumotlar amalda qiyosiy tahlil etiladi va nazariy hamda amaliy natijalar o’rtasidagi tafovut aniqlanadi. Matematik modellash ekologik o’zgarish va hodisalarni aniq tahlil etish, keyingi tadqiqotlar yo’nalishlarini aniqlashda etakchi omil sifatida katta ahamiyatga ega.



Download 370.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling