Oʻzbekiston respublikasi


Download 370.07 Kb.
bet45/66
Sana25.07.2023
Hajmi370.07 Kb.
#1662474
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   66
Bog'liq
Hayvonlar ekologiyasi majmua 2022-2023 y

4-Amaliy mashg`ulot.
Mavzu: Hayvonlar ekologiyasi fanining vazifalari.

Hayvonlar ekologiyasi fani har bir tarmoq yo’nalishida muayyan maqsadga yo’naltirilgan muammolar echimini topishi zarur. Hayvonlar ekologiyasi fanining amaliy vazifasi, eng avvalo, O’zbekiston hayvonot dunyosini o’rganish, ulardan va biologik xilma-xillikni saqlash borasidagi umumbashariy, mintaqaviy va mahalliy muammolarni hal etishda o’z ifodasini topadi. Chorvachilikda qishloq xo’jalik hayvonlarini sermahsul zotlarini yaratish va iqlimlashtirish, ularni turli kasalliklardan himoya qilishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish, chorvachilik maxsulotlariga bo’lgan inson ehtiyojlarini to’laroq qondirish borasidagi tadqiqotlarni kengaytirish zarur. Yovvoyi va uy hayvonlarining tabiiy biotsenozlarning ta’sirini o’rganish, biotsenozlar mahsuldorligi va barqarorligini saqlash eng dolzarb vazifalardan sanaladi.


Qishloq xo’jalik zararkunandalarining tur tarkibini, ularning turli mintaqalar sharoitidagi ekologik xususiyatlarini qiyosiy tahlil etish, zararkunandalar populyatsiya zichliklarining mavsumiy va ko’p yillik o’zgarishlarini o’rganish, populyatsiya sur’atlari o’zgarishdagi o’ziga xos davriylik qonuniyatlarini o’rganish asosida yillik va kelajak bashoratini, ularga qarshi atrof-muhit va insonlar uchun xavfsiz kurash choralarini ishlab chiqish, biologik kurash usulini keng joriy etish amaliy ekologiyaning kundalik vazifalaridandir. Baliqchilikni rivojlantirishda baliqlarning rivojlanishi, o’sishi va davriy ko’chishlarini o’rganish, suv havzalari va ayniqsa, hovuz baliqchiligi mahsuldorligini oshirishning ekologik echimini topish va amaliyotga tadbiq etish zarur. Ovchilikni xo’jalik sohasiga o’tish, ovlanadigan hayvonlarning tabiiy zahiralarini o’rganish, miqdor zichliklaridagi mavsumiy va yillik o’zgarishlarni aniqlash asosida, rejali ovlashga oid ekologik qoidalarni ishlab chiqish hamda, ularni amalga oshirish taqozo etiladi. Biologik xilma-xillikni saqlash va boyitish maqsadida ayrim turlarni iqlimlashtirish masalalarini hal etish zarur.
Tibbiyot va veterinariya zoologiyasi (ekologiyasi) oldida turli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi hayvonlarni o’rganish va ularga qarshi samarali kurash usullarini ishlab chiqish vazifasi turadi. Keyingi yillarda atrof-muhitning texnogen va geokimyoviy ifloslanishi 24 darajasini bioindikatsiyasiga alohida e’tibor berilmoqda. Unga muvofiq atrofmuhit ifloslanishiga o’ta sezgir hayvon turlarini aniqlash, ularda ro’y bergan morfologik, fiziologik va ekologik o’zgarishlar asosida ifloslanish darajasini tahlil etish, bashorat qilish qonuniyatlarini ishlab chiqish hozirgi kunning eng dolzarb muammolari sirasiga kiradi. Yangi erlarni o’zlashtirish antropogen ta’sir natijasida faunaning o’zgarishi, agrotsenozlarni tiklanishi va shakllanishi xususiyatlarini tadqiq etish asosida ushbu masalalarning nazariy va amaliy echimlarini topish taqozo etiladi.



Download 370.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling