Oʻzbekiston respublikasi


Cheklovchi omillar qoidasi


Download 370.07 Kb.
bet48/66
Sana25.07.2023
Hajmi370.07 Kb.
#1662474
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   66
Bog'liq
Hayvonlar ekologiyasi majmua 2022-2023 y

Cheklovchi omillar qoidasi. Muhit omillari hayvonlar uchun qulay sharoitni yaratish bilan birga, ularning yashashini cheklab ham qo’yish mumkin. Turning ekologik spektridagi birgina omilni kritik chegaradan chiqishi uni nobud qiladi. Cheklovchi omillar turning arealini belgilaydi. Turlarning shimolga tomon siljishiga past harorat ta’sir etsa, qurg’oqchil va cho’l mintaqalarida esa namlik va yuqori haroratning ta’siri cheklovchi hisoblanadi. Sebarganing changlanishi va urug’ berishi paxmoq arilarga bog’liq bo’ladi. Dengiz suvi tarkibidagi fosfatlar miqdori ham cheklovchi 30 ahamiyatga ega. Uni me’yorida bo’lishi planktonlarning mo’lligi va mahsuldorligini belgilaydi.
6-Amaliy mashg`ulot.
Mavzu: Ekologik omillarni hayvonlarning turli funktsiyalariga bir xil ta’sir etmasligi qoidasi.
Har bir omil hayvonlarning u yoki bu funktsiyalariga turlicha ta’sir etadi. Muayyan bir hayotiy jarayon uchun optimum bo’lgan omil kuchi boshqasi uchun pessimum bo’lishi mumkin. Masalan, Q40-450S li harorat sovuqqonli hayvonlardagi modda almashinuvi jarayonini tezlashtirsada, lekin ulardagi faollikni keskin pasaytiradi. Bunda hayvonlar tinim holatiga o’tadi. Baliqlar tuxumlarini (uvildirig’ini) etilishi uchun muvofiq bo’lgan harorat uni tashlash uchun etarli bo’lmasligi mumkin.
Hayvonlarning tashqi va ichki tuzilishi, instinktlari, xatti-harakati xayot sharoitiga moslashib borishi bilan xarakterlanadi. Bir muhitning o‘zida har xil hayvonlar turlicha moslashgan bo‘ladi. Krot oyoqlari bilan yerni kovlaydi, ko‘rsichqon esa boshi va kuchli kurak tishlari bilan yer tagidan yo‘l ochadi. Tyulen kurak oyoqlari, delfin esa dum suzgich kanotlari yordamida suzadi. Har xil moslamalari borligi uchun o‘simliklar chetdan ham changlanadi. Hujayra shirasida konsentrlangan qand eritmasi borligi tufayli qarg‘atuyoq bilan ko‘k pereleskaning bahorgi nozik nihollari noldan past temperaturaga ham chidaydi. Daraxt va butalarning past bo‘yli va mayda bargli bo‘lishi, ildizlarining yuza joylashishi, bahor bilan yozda o‘simliklarning juda tez rivojlanishi, bularning hammasida tundrada hayot kechirishga moslashishning ta’siri bor. Ko‘payish intensivligining har xil bo‘lishi tur, uning populyasiyalari sakllanishiga xizmat qiladigan muhim moslanishdir.
Nasli ko‘plab nobud bo‘ladigan turlar (parazit chuvalchanglar, baliqlarning ko‘p turlari) eng ko‘p sonli nasl bersa, nasl uchun qayg‘urish instinkti rivojlangan turlar kam sonli nasl beradigan bo‘ladi. Kolyushka degan mayda baliq erkagi quradigan uyasiga atigi 120-150 dona uvildiriq tashlaydi, urug‘langan uvildiriq va undan chiqqan chavaq baliqlarni erkagi qo‘riqlaydi. Treska degan baliq esa 4 mln ga yakin uvildiriq tashlaydi, lekin naslini qo‘riqlamaydi.

Download 370.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling