O`zbekiston respublikasi


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/72
Sana05.01.2022
Hajmi1.03 Mb.
#217199
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   72
Bog'liq
til tarixi

Xorazmda adabiy til qipchoq-o`g`uz tili elementlari asosida rivojlandi. 


 
45 
Xorazm orqali Oltin O`rdaning Movarounnahrga ta`siri kuchaydi. Natijada 
XIV asrga kelib O`rta Osiyoning markaziy qismi bilan Qashkar o`rtasidagi siyosiy 
va iqtisodiy aloqalar uziladi. 
O`zbek  tilining  taraqkiyotiga  o`troq  hayot  kechiruvchi  va  ko`chmanchi 
qabilalar munosabati ta`sir etmasdan qolmadi. 
Ko`chmanchi  o`zbeklar  O`zbekxon  boshchiligida  XIV  asr  boshlarida 
Movarounnahrga  bir  necha  bor  yurish  qildi.  Bu  yurishlar  Abulxayrxon  va 
SHayboniyxon davrida yana xam kuchaydi. 
Ko`chmanchi  o`zbeklar  ta`sirida        «d»  dialekti  o`rnida  «y»  lashgan 
dialektga o`tish jarayon kuchaydi. Demak, qipchoq elementlari sezilarli o`rin egallay 
boshladi.  
SHuningdek,  Movarounnahrning  g`arbi,  shimoliy  g`arbiga  va  janubiy 
Xorazmga  o`g`uz  kabilalarining  ta`siri  kuchaya  boshladi.  O`g`uzlar  ham 
«y»lashgan dialektda gaplashar edilar. 
Ana  shu  tarixiy  jarayon  natijasida  qadimgi  turkiy  tilda  mavjud  bo`lgan, 
X-XII  asr  yodgorliklarida  aks  etgan,  XII-XIV  asr  kitob  tili  tradiniyasiga  aylanib 
ketgan «d» lashish XIV asr g`arbiy adabiy til (Xorazm) ana`nasi ta`sirida «y» lasha 
boshladi.  Bu  holat  «O`g`uznoma»  va  Oltin  O`rda  tsikliga  kiruvchi  boshqa  asarlar 
tilida  xam  uchraydi.  Aksincha,  karluq-chigil-uyg`ur  tili  g`arbiy  turkiy  tillarga 
ta`siri  ham  bo`lgan.  Bu  ta`sir  mo`g`ullargacha  kuchli  yuz  bergan  bo`lib,  sharqiy 
adabiy  tilning  susayish  bilan  g`arbiy  adabiy  til,  yoki  N.A.Baskakov  termini  bilan 
aytganda qarluq-xorazm adabiy tilining taraqqiyoti boshlandi. 
N.A.Baskakov  fikricha,  qarluq-xorazm  adabiy  tili  keyinchalik  eski 
o`zbek adabiy tilining yaratilishiga zamin bo`lgan. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling