O`zbekiston respublikasi
«QISSASUL ANBIYO» ASARINING TIL XUSUSIYATLARI
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
til tarixi
«QISSASUL ANBIYO» ASARINING TIL XUSUSIYATLARI.
Mo`g`ullar istilosi ma`lum darajada diniy reaktsiyaning kuchayishiga olib keddi. Bu holat badiiy adabiyotga ham ta`sir qildi. Aksariyat adiblar diniy qonunlarni xalqqa tushunarli tilda yoritishga xarakat qildilar. Bunda ular qissa janridan foydalandilar. Qissalarda esa so`zlashuv tiliga ko`plab murojaat qila boshladilar. Natijada xalq tiliga xos elementlar ayrim diniy afsonaviy syujet asosida yozilgan asarlar uslubiga kirib keddi. SHu jihatdan Rabg`uziyning «Qissasul 20 anbiyo» asari xarakterlidir. Rabg`uziy XII asrning oxiri va XIV asrning boshlarida yashagan. Uning «Kissasul-anbiyo» asari shu davr tilini o`rganishda muhim manbadir. Bu asar 72 qissani o`z ichiga olib, unda «Qur`on» va boshqa diniy kitoblarladi syujet saqlangandir. Rabg`uziy islom dinini targ`ib qilish maqsadida xalqqa tushunarli bo`lsin uchun xalq so`zlashuv tiliga murojaat qiladi. Asarda xalq og`zaki ijodida mavjud bo`lgan qissa va latifalar stili ustun darajada o`z ifodasini topgan. Bu esa kitobiy til bilan xalq tilini bir-biriga yaqinlashtirish imkonini tug`dirar edi. Rabg`uziy bayon etish uslubini juda soddalashtirgan va asarida xalq ertaklari uslubini tanlab, «Qissadan xissa» chiqarib boradi. Xalq maqollaridan ham ustalik bilan foydalangan. «Qissai anbiyo» asari fonetik jihatidan d-lashishning kamayib, y- lashish hodisasidan kengrok qo`llangan davriga to`g`ri keladi. Ba`zi o`rinlarda har ikkalasi parallel qo`llangan: idi-izi (janob-xudo), qaygu, qayguluq va h.o. Morfologik xususiyatlariga nazar tashlaganda quyidagilar qo`rinadi: qaratqich kelishigi -niң//-ң//-nuң//-i-i/-/in affiks variantlariga ega: Arabnuң adabi bar. Ul eliң әvlәri. 47 jo`nalish kelishigi -g`aru//-g`әrү affiks variantiga ega; tashqaru, qayg`aru, ungaru (oldinga) Asarda kishilik olmoshlariga kelishik qo`shimchalari ikki marta qo`shilishi mumkin: Bizindin qachtin. Sizindin kedim. Jamlik son -әgu affiksi bilan hosil qilingan: ikәgү, үchәgү. Tartib son-inch: birinch, ikinch. Ravishdoshning -madin (matin) affiksi bilan hosil qilingan varianti: Atam sөzin tutmadin. SHart fe`liiing I shaxs ko`pligida -uz (vuz). SHaxs son qo`shimchasi qo`llangan: Bu uch nәsinә aңa arguman apparsauz gәrek erdi va h.o. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling