O`zbekiston respublikasi
«O`G`UZNOMA» ASARINING TIL XUSUSIYATLARI
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
til tarixi
«O`G`UZNOMA» ASARINING TIL XUSUSIYATLARI
O`rta Osiyo turkiy xalqlari - o`g`uz va qarluq-uyg`ur dialektining qadimgi yodgorligi hisoblangan «O`g`uznoma»ning qachon va qaerda ko`chirilganligi xaqida 48 hozirgacha aniq ma`lumot yo`q. N.M.Mallaev bu asarni XIII- XIV asrlarda, A.M.Sherbak XV asrda kitobat qilgan deb ma`lumot beradilar. Nemis olimi V.Bang «O`g`uznoma»ning til xususiyatlarini taxlil qilish asosida afsonaning tilini shartli ravishda yangi sharqiy turkiy til deb ataydi va P.Pellioning fikriga ancha yaqin mulohazani ilgari suradi. A.M.Shcherbak «O`g`uznoma»ning turli qo`lyozmalarini o`rganish, uning tilini boqsha asarlar bilan qiyoslash asosida shunday xulosaga keladi: asl nusxa ko`lyozmaning tili «y»lovchi shevada yozilgan, so`z negizining fonetik shakllanishida lablashmagan tovushlar ko`proq ishtirok etadi. Asar XIII asr oxiri XIV asr boshlarida Turfon (Qashqar)da yozilgan. Qabila ittifoqlarining birlashishi tamoyilining kuchayishi, buning natijasida ancha qat`iylashgan qarluq, uyg`ur, o`g`uz tili xususiyatlaridan tashqari, keyinroq kirib qolgan qipchoq unsurlari ham asar tilida aks etgan. Bu dialektlarning hammasi esa birgalikda eski o`zbek tilining negizini tashkil qiladi. Asarda qadim zamonlarda yaratilgan mifologik afsonalar bilan birga dahshatli istilo va urushlar tasviri berilgan. Bu, ehtimol, Chingiz istilosining in`ikosi bo`lishi mumkin. Asar tilidagi mo`g`ul elementlari ham shundan dalolat beradi. Asar tilida qarluq-uyg`ur, o`g`uz qabila ittifoqi xususiyatlarini uchratamiz. Afsona tilida yuqori-tor unlilardan so`ngi til orqa unlilarning qo`llanishini ko`ramiz: adug, tirig, tag` va x.o. Darhaqiqat, «O`g`uznoma» tilida nisbatan yangi fonetik, leksik va fammatik xususiyatlar anchagina uchraydi. Masalan, so`zda d, dz ga nisbatan y tovushining ustunligi hodisasini ko`rish mumkin: adg`ir, qon o`rnida ayg`ir, qoy ishlatiladi. Ammo bu holat hali qat`iy bo`lmay, ularning muvoziy qo`llanishi ham uchraydi: ayg`ir, adug (ayiq) kabi. Unlilar uyg`unligi to`la saqlangan: urungudun son qalmqlari (eshik) tzmurdun erdilar. Undoshlarda jarangsizlanish hodisasi kuchli: atni keldurdi. Tan erte boddukta. So`z oxirida tor va keng unlilardan keyin tilrrqa g`, g tovushlari saqlanadi: tirig, olug, tag`, adug`. Kishilik olmoshlarining I shaxsida b undoshi m shaklida keladi: baluqni (shahar) benga saqlab kelgil. Menge atam bu baluqn’! Berub turur. Qaratqich kelishigining -n’ң, -nuң turlari ko`proq uchraydi: 49 bәshin өgulm, og`uz qag`anniң ati, anuң bashi, qagannuң chәrigi kabi. Asarda tushum kelishigining qadimgi -ig`,—ig affiksli shakli, -i/-n,-/-i/-n affiksi orqali yasalgan shakli qo`llanmaydi. Asarda -duk, -dүk, -g`u, -gү affiksli sifatdoshlar uchrab turadi: yibarguda erdi. Urushg`udun son. Og`uz kөrdүktә өzi kәtti kabi. Tartib sonlarning ikkinchi (ikinchi o`rnida), үchүnchү, үchүnchi (үchүnch o`rnida» shakllari qo`llangan. SHart fe`li asosan -sa (-sar o`rnida) affiksi bilan keladi: birinchisiga Kun at qoyd’shar, ikkinchisige Ay at qayd’shar..., kulsm, yshlasa kabi. Bu yodgorlikda leksik jihatdan tapuq (xizmat), tәlim (ko`p), tug` (bayroq), baluq (shahar), bәrgu, qapug`, uqg`ulug`, chәrig, muran (daryo), achqich (kalit), toqush, koruklug kabi eski turkiy, mo`g`ulcha so`zlar uchraydi. Bu faktlar asarda qarluq-uyg`ur tili xususiyatlarining ustun ekanligini ko`rsatadi. Asar tilida uchraydigan bir qator mo`gulcha so`zlar esa o`sha davrlarda turkiy tillarga kirib o`zlashib qolgan yangi leksik qatlamni tashkil qiladi. «O`g`uznoma» asarining tili faqat ba`zi bir xususiyatlari bilangina eski o`zbek adabiy tilidan farq qiladi, u ko`proq qarluq- uyg`ur tili an`analariga yaqin turadi. Demak, «O`g`uznoma» asarining til materiallari orqali eski o`zbek adabiy tilining qarluq-chigil-uyg`ur til birligi bilan yaqin munosabatda, uzviy aloqador ekanligi aniqlanadi. So`z o`rtasida d-y tovushlari almashadi; adug-ayug` Jamlik son: - egu, uch egu, ik egu, besh egu. Harakat nomi: -ish//-ish/-/sh affikslari va h.o. Afsona tilida X- XII asr yodgorligida uchrovchi tushum kelishigining - ig`//ig I qurol vosita kelishigining -in/-/n affikslari bilan h.k. formalari uchraydi. YUqoridagi faktlar «O`g`uznoma» asarining XIII- XIV asr yodgorligi shu davr adabiy tilining namunasi deb karashga to`la imkoniyat beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling