O`zbekiston respublikasi
-MAVZU O`zbek xalqi va uning nomlanish tarixi
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
til tarixi
5-MAVZU
O`zbek xalqi va uning nomlanish tarixi Reja: 1. O`zbek xalqi va tilining turli xil nomlanishining sabablari. 2. O`zbek adabiy tilining davrlashtirish masalasi. 3. O`zbek adabiy tilini davrlashtirishda olimlarning tasniflari va tamoyillari. 4. O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari: a) ilk davr (XI-XIV) asrlar va eski o`zbek tili. 5. eski o`zbek tilining tayanch dialekti masalasi. 6. eski o`zbek tilida fors-tojik va arab tili unsurlarining yanada kuchayib ketishi. 65 O`zbek xalqi va o`z tilining nomlanishi. O`zbek xalqi, millati nomini olgan xalq juda qadimiy tarixga ega bo`lgandek, ular tilining nomlanishi ham har xil davrlarda turlicha bo`lgan. «O`zbek» degan nomning mazkur millatga va uning tiliga nisbatan qo`llanishi Oktyabr’ inqilobidan keyin boshlandi. Ungacha Evropa turkshunoslari O`zbekistonning o`troq aholisiga nisbatan sart so`zini qo`llaganlar. «Sart» so`zining lug`aviy ma`nosi hali munozaralidir. M.Qoshg`ariy uni «Savdogar» ma`nosida qo`llanganligani bildiradi. U.Tursunov va B.O`rinboevlar sanskritcha sartavan (karvonboshi) so`zidan olinganligini aytadilar. Sart so`zi har holda etnik nom emas. Bu nom shahar aholisiga ko`chmanchilar va sahroyilar tomonidan qo`yilgandir. SHuning uchun sart Navoiy va Bobur sart atamasini tojik-forslarga nisbatan qo`llaganlar. Umuman, XVI asrgacha O`rta Osiyo shaharlarida yashovchi tojik aholini sart deyilgan. SHayboniyxon istilosidan keyin bu erlardagi o`troq turkiy aholi ham ko`chmanchi o`zbeklar tomonidan sart deb yuritilgani ma`lum. SHuningdek, o`zbek tili hamda o`zbek adabiy tili tarixda davriga qarab turk, turkiy, turkcha, turkistoncha chig`atoy, O`rta Osiyo turkiysi kabi nomlar bilan atalib kelgan. Mahalliy xalqlar o`zbek deb ataluvchi xalqni «turk» va uning tilini «turkiy» deb yuritganlar. Alisher Navoiyning «Muhokamatul-lug`aytayn» asarida o`zbek xalqini , turk va uning tilini turk tili deb ataydi. Masalan: «... mening ta’bim turk lafziga muloyim tushgan uchun ta`rifida mubolag`a izhor qilurmen. Bu garib ma`ni adosida turkchada bu matla` borkim» «Turk» nomi M.Qoshg`ariyning «Devonu lug`atit turk» asaridayoq keng ma`noda hamma turkiy xalqlarga nisbatan va tor ma`noda SHarqiy turklarga nisbatan qo`llangan. «O`zbek» nomi esa hozirgi o`zbek xalqining bir kismini tashkil etuvchi qipchoq urug`iga mansub bo`lgan qabilalarga nisbatan ishlatilgan. Turk nomi O`rta Osiyo, Krzog`iston, Kavkaz, Volga bo`yi xalqlariga nisbatan ham qo`llanganligidan, o`zbek tilini ulardan farqlash uchun turkistoncha, chig`atoycha, O`rta Osiyo turkchasi deb nomlaganlar. 66 CHig`atoy atamasi mo`gullar istilosilan keyin paydo bo`lgan. CHingizxon vafotidan oldinroq bosib olgan o`lkalarni o`g`il va nabiralari o`rtasida taksimlagan. SHunda O`rta Osiyo va SHimoliy Afg`oniston o`rtancha farzandi CHig`atoyga berilgan. CHig`atoyxon tasarrufiga qaraydigan erlar CHig`atoy yurti, eli; elatlar esa CHig`atoy ulusi; bu hududda yaratilgan adabiy, tarixiy asarlar asta sekin, davrlar o`tishi bilan chig`atoy adabiyoti, uning tili sun`iy ravishda chig`atoy tili nomi bilan yuritiladigan bo`lgan. Demak, CHig`atoy atamasi hukmdor nomi bilan bog`langan atamadir. Navoiy «CHor devon»ida CHig`atoy, Jo`ji atamalari urug`, qabila nomlarini bildirgani haqida ma`lumot berilgan: «Turk krvmlari Jo`jidur, Inoq, CHig`atoy». Adabiyotshunoslikda chig`atoy adabiyoti va chig`atoy tili, chig`atoy turkiysi atamalari uchraydi. Bunda, ya`ni chig`atoy adabiyoti atamasi qo`llansa, o`zbek mumtoz adabiyoti deb tushunmoq kerak. CHig`atoy tili, chig`atoy turkiysi atamasi uchrab kolsa, uning eski o`zbek adabiy tili o`rnida ishlatilaganini anglaymiz. O`zbek xalqining kelib chiqishi tarixi, uning nomlanish tarixi xususida S. P. Tolstov, A.YU. YAkubovskiy, YA. G`. G`ulomov, L.V. Oshanin, M. Vahobov, A.Asqarov, B.Ahmedov, I. Jabborov kabi olimlarning har xil tarzdagi tadqiqotlari mavjud. O`zbek atamasi garchi «o`zi-bek» -o`ziga bek, mustaqil beglik kabi ma`nolarni bildirgan so`z deb yuritila boshlagan bo`lsa ham, qadim bu so`z nimani anglatgani aniq emas. O`zbek so`zining kelib chikishi va qo`llanishi haqida hozircha eng so`nggi ma`lumot professor X.Doniyorov maqolasida ancha batafsil beriladi. Maqolada biz uchun yangi fikr muallifning o`zbek atamasining XI asrda ham ishlatilgani haqidagi aniq manbalarga suyanib keltirgan mulohazasidir. SHuningdek, bu nom bilan ataluvchi qavmlarning hozirgi O`zbekiston, O`rta Osiyo va hatto arab mamlakatlari xududida ham ancha ilgaridan beri yashab kelayotganligiga quyidagi misollar juda yorqin dalil bo`la oladi. Masalan, XI asrda Suriyada yashagan arab tarixchisi Isoma ibn Munqizning «Kitob-al e`tibor» («Ibratli kitob») degan asarida yozilishicha, 67 «o`zbek» qavmiga mansub bo`lgan kishilar o`sha vaqtdayoq Arabistonda ancha mavke egallaganlar va evropaliklarning salb yurishlarida musulmonlar tomonida turib jang qilganlar. Navoiydan keyin XVI asr boshlarida o`zbek xalqi va uning tili o`zbek nomi bilan ham yuritilgan. Buni Muhammad Solixning «SHayboniynoma»sidan keltirilgan quyidagi baytdan ham bilish mumkin: Holi aning eri Turkistondur O`zbak eliga muazzam xondur. SHayboniy Dashti qipchoqdan bostirib kirgandan so`ng ko`chmanchilar bilan erli qabilalar aralashib ketadilar. SHu tufayli o`zbek degan nom keyinchalik keng qo`llana boshlagan. O`zbek xalqi va uning tili qaysi nom bilan atalmasin, shu xalqning birdan-bir aloqa vositasi bo`lib keldi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling