O`zbekiston respublikasi


-MAVZU  XIV ASRNING 2-YARMIDAN KEYINGI ADABIY JARAYON VA ADABIY TIL


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/72
Sana05.01.2022
Hajmi1.03 Mb.
#217199
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   72
Bog'liq
til tarixi

6-MAVZU 
XIV ASRNING 2-YARMIDAN KEYINGI ADABIY JARAYON VA ADABIY TIL 
                                                    Reja: 
1. Bu davrdagi ijtimoiy-madaniy hayot. 
2. eski o`zbek adabiy tilining bu davr manbalari va tili. 
Turkologiya  adabiyotlarida  o`zbek  adabiy  tilining  X1U-XU  asrlar  hatto 
XIX  asrning  P-yarmiga  qadar  bo`lgan  davrini  nomlash  va  talkin  qilishda  turli 
fikrlar  mavjud. Ma`lum  bo`ladiki, hozirgi  fanda  eski  o`zbek  tili  deb  atalib  kelgan 
adabiy  tilning  xronologik  doirasini  belgilash  masalasi  haligacha  hal  etilgan  emas. 
Ba`zi  turkologlar  eski  o`zbek  tilining  xronologik  doirasini  X1-X1X  asrning  II 
yarmiga  qadar  davr  bilan  belgilaydilar.  Bu  fikrni  Venger  turkologlaridan  G.Vamber 
maydonga tashlagan. Ayrimlari esa shu tilning xronologik doirasini X1U-XU asrlar 
bilan  chegaralaydilar.  SHuningdek,  shu  asrlar  tilini  maxsus  nom  bilan,  ya`ni 
CHig`atoy nomi bilan ataydilar. Bu fikr turkshunoslik adabiyotlarida ancha tarqalgan 
fikr  bo`lib,  bu  hozir  ham  ba`zi  turkologlar  tomonidan  qo`llanib  kelmokda. 


 
68 
CHig`atoy  nomi  CHig`atoy  usulidagi  adabiy  til  bilan  bog`langan  edi.  Ma`lumki, 
CHig`atoy  ulusining  tili  eski  o`zbek  tilining  vujudga  kelishida  muhim  rol’ 
o`ynagani haqidagi fikr bilan avval tanishib o`tgan edik. 
O`rta  Osiyo turkiy  tillaridagi  o`ziga xoslik  va  ajralish protsessi  Temur  va 
temuriylar davrida yanada sur`atlashgan edi. 
SHu  o`lkada  yangi  adabiy  til  traditsiyasi  shakllangan.  Bu  tarditsiya 
qoraxoniylar zamonidagi adabiy tarditsiyadan o`zining «y» lashish traditsiyasi bilan 
farq  qilgan,  ya`ni  bu  traditsiya  «y»  dialekti  zaminida  shakllangan  edi.  Mo`g`ul 
davlatining  siyosiy  jihatdan  zaiflashishi  va  hokimiyat  mahalliy  hukmdorlar  qo`liga 
o`tishi  bilan  bog`liq  ravishda  adabiy  tilga  maxalliy  dialektlarning  ta`siri  yanada 
kuchaydi.  SHu  ta`sirning  yorqin  namunasini  «Xisrav  va  SHirin»  asarida  ham 
ko`rgan bo`lsak, Xorazmiyning «Muhabbatnoma» asarida yanada yorqinroq ko`ramiz. 
«Xisrav  va  SHirin»  dostonida  qoraxoniylar  adabiy  tili  traditsiyasining 
ta`siri kuchliroq sezilsa, «Muhabbatnoma»  asarida fonetik va morfologik  formalarda 
shu traditsiya mag`lubiyatga uchraydi. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling