O`zbekiston respublikasi
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
til tarixi
ңg`a - xizmating`a, tobing`a (184) kabi ko`rinishga ega bo`lgan
o`rinlarga ham duch kelish mumkin. Bu ko`rsatkich arab alifbosida ham nunu kofu alif, nunu g`aynu alif bilan berilgan. Bunda ikki xil fikr yurtish lozim buladi: 1. Bu so`zlardagi n undoshini oralik (interkalyar) tovush deb tushunish mumkin, chunki bu tovush hozirgi o`zbek tilida ham qo`llanib kelmokda. 2. eski o`zbek yozuvida ham hozirgi o`zbek yozuvida ham shunday nokulayliklar mavjudki, jonli tiliga xos bo`lgan barcha imkoniyatlarni berish qiyin. (Bunday qiyichilik dunyodagi deyarli barcha yozuvlarda mavjud.) Buni ma`lum darajada transkriptsion belgilar bilangina amalga oshirish mumkin. SHu munosabat bilan qadimgi turkiy tilda ham bo`lgan, mazkur doston tilida ham davom etgan jo`nalish kelishigining –nә-na variantlarini arab yozuvida ham, xozirgi o`zbek yozuvida ham o`quvchiga etkazish qiyin, ya`ni –ңә -ng`a ( ) shaklida yozuvida 61 namoyon bo`lishi kutilgan natijani bermaydi. Afsuski, kotiblarning —nә -na qo`shimchasini nunu kofu alif hamda g`aynu hoyi havvaz bilan berishdan boshqa iloji ham yo`q edi. Tartib sonning qadimgi turkiy til xos bo`lgan -nch qo`shimchasi bilan hosil qilingan varianti qayd qilinadi: Ikinch elgә alib ul teshәsini, Yana bashlar uzaqi peshәsini. (239) Ortirma darajasi sifati kәd, yavlaq, asru, asri (juda) ravishlari bilan ham hosil qilingan: Fәlәk astinda kezdim muncha afak, Ajayib kӛrdүm ichrә yavlaq. (143) Bu o`rinda yavlaq so`zi ajayib sifatiga aloqador. Qamug` barcha shahdin alur mālu xirajin, Agar bermәsә tushrur bashda taj’yu. Yana ush bizgә davlat yari keldi, Ne kim saqindi o`z bash’āa keldi. (213) Fe`lning amaliy shakllarida hozirgi davrda mavjud bo`lgan qo`shimchalar bilan birga qadimgi turkiy tilga xos bo`lgan qo`shimchalar ham qo`llangan: -ig`li /—igli sifatdosh qo`shimchasi: Qayu majlisdakim sӛzlәsә ul ay, Oqig`lilar qilur erdi tәlim vay. (227) -u —u, -yu -yu ravishdosh qo`shimchasi: Bu yaңlig` sӛzlәr aytu, yig`lag`u zār, Yuzin surat oңinda yergә surtar.(239) -madin ravishdosh qo`shimchasi: 62 Axir ush ikkimizdin ӛzge kim bar, Saq’nmadin saqinmaq nedin, ey yār. (195) SHart maylning 11 shaxs birligida -naң –nәң qo`shimchasining qo`llanishi ham doston tilining o`ziga xosligidir: Agar kert-u musulmān ersәnәen bir, Nedin qilmazsen ul āvāzi tәkbir. (260) Ush andin aydi: «Ey farzāna Farhād, Kerәkkim qilsaңan emdi meni shād». (288) Buyruq-istak mayli feg’lining 111 shaxsida -su -sү qo`shimchasi katnashgan. Buyurdi kelsү teb barbatchini shāh, Achiq bolsun tedi kelginchә dargāh. (215) Kishi kirmәs bag`chilar bag`ina, Tavar sүmәesүnlәr ham terlanlarina. (138) Lekin -sun -sүn qo`shimchasi ham qo`llanganligi yuqorodagi misollardan ko`rinib turibdi. So`z shakllarida o`g`uz guruhi tillarining fonetik xususiyatlari saqlanadi: a) bo`lishsizlik shaklidan so`ng kelasi zamon sifatdoshi -z qo`shimchasi bilan hosil qiluradi: Qamug`din ozrub ul xidmat jahānniң, Kechүrmәz erdi xidmatsiz zamāniң. (138) b) hozirgi-kelasi zamon fe`li bo`lishsizi -man -men qo`shimchasi bilan qo`llangan: Melikmәn yazuqni bilmәn tedi hech, Ayittlar kechә kim qaldi ul kech. (139) 63 Forsiy mofologik unsurlardan ham, ya`ni «yoye ishorat» shaklidan ham foydalanilgan: Xanim birlә mәlikә atina bir Kitabe qil ka qil tedi tadbir. (135) Agar uchtmāxda hure ersә mashhur Ul el uchtmāx erүr ul fitnalar hur. (145) Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling