O`zbekiston respublikasi


O`ZBEK ADABIY TILI TARAQQIYOTIDA SHOIR SAKKOKIYNING


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/72
Sana05.01.2022
Hajmi1.03 Mb.
#217199
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   72
Bog'liq
til tarixi

 
O`ZBEK ADABIY TILI TARAQQIYOTIDA SHOIR SAKKOKIYNING 
TUTGAN O`RNI 
Alisher  Navoiy  ta`biri  bilan  aytganda,  Movarounnahrda  shuhrat  topgan 
shoirlardan  biri  Sakkokiydir.  U  Ulug`bek  zamonida  yashab  ijod  etgan.  SHoir 
g`azallar va qasidalar bitgan. 
Sakkokiy  ham  Atoiy  kabi  xalq  tili  unsurlaridan  ustalik  bilan  foydalanib, 
original  tasviriy  vositalar  yaratishga  intiladi.  U  tazod,  tanosib,  jonlantirish,  laf  va 
nashr kabi usullardan foydalanadi, o`xshatish, mubolag`a, majoz va boshka turdagi 
tasviriy  vositalarga  murojaat  qiladi.  Natijada,  xalq  og`zaki  ijodiga  xos  bo`lgan  xalq, 
qo`shiqlari uslubida g`azallar yaratdi. 
Sakkokiy  tuyuq  janrida  asarlar  bitmagan  bo`lsa-da,  yozgan  g`azallaridan 
uning  so`z  o`yiniga  usta  shoirligi  ko`zga  tashlanadi.  U  xalq  maqollari  bilan  o`z 
g`azallarining mazmunini ham, tilini ham boyitdi. 
Sakkokiy  siyosiy  lirikaning  adabiy  janri  bo`lgan  qasida  yozish  sohasida 
ham  qalam  tebratdi.  Ma`lumki,  qasida  davlat  arboblariga,  siyosiy  va  harbiy 
voqealarga  bag`ishlab  yoziladi.  Ulug`bekka  atab  yozgan  qasidalarida  shoir  uning 
ilmiy va siyosiy faoliyatini maqtaydi. Ulurbekni «Sulaymāni zamān», «No`shiravān», 


 
76 
«Mutāsek»,  «SHubān»,  «Atādin  mehribān»,  «Xurshidi  zamān»  kabi  sifatlar  bilan 
ulug`laydi.  Qasidaga  xos  bunday  uslubni  Sakkokiydan  keyingi  shoirlar  ham  davom 
ettirdilar. 
Sakkokiy  asarlarida  qipchoq  tili  unsurlariga  nisbatan  o`g`uz  tili  yoki 
g`arbiy  adabiy  til  an`anasining  ta`siri  kuchlidir.  Bu  asarlarda  ayla,  qalma  kabi 
ko`makchi fe’llar uchraydi: 
Gүl yүzingni ārzulab yүz kӛzni gүlzār ayladi. 
SHuningdek,  o`tgan  zamon  sifatdoshi  fe`l  negiziga  -mish  affiksini  qo`shish  orqali 
yasalgan. 
Ma`lumki,  bu  qo`shimcha  urxun-enasoy  yozuvlarida  ham,  undan  keyingi 
yodnomalar  tilida  ham  keng  qo`llanadi.  Sakkokiydan  keyingi  shoirlarda  esa  bu 
qo`shimcha  siyrak  uchraydi.  Masalan,  «Tun  chaman  ichrә  niqābin  almish  ul  gүl 
yүzidәn». «Bol» fe`li va uning o`g`uz tillariga xos bo`lgan «ol» shakli shoir asarlarila 
parallel qo`llanadi: 
Adālat bag`i sabz oldi, chү No`shiravān keldi. 
Sakkokiy asarlarida keluvchi «bikin», «yaңlig`» so`zlari «kabi», «o`xshash» 
degan  ma`nolarni  ifodalaydi.  Bu  so`zlar  Alisher  Navoiygacha  bo`lgan  shoirlarning 
hammasida uchraydi. Sakkokiy  asarlarining  yana  o`ziga xos  tomoni shundaki,  Atoiy 
tiliga  nisbatan  unda  tojikcha-forscha  so`z  va  iboralar  ko`p  uchraydi.  Masalan: 
ko`hkan - tog` qo`poruvchi, jankan-jon oluvchi, garat-barbod, tura-koqil kabilar. 
Umuman,  Sakkokiy  ham  o`zbek  adabiy  tilini  rivojlantirishga  samarali 
xissa qo`shgan shoirlardan biridir. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling