O`zbekiston respublikasi
O`ZBEK ADABIY TILI TARAQQIYOTIDA SHOIR DURBEKNING TUTGAN
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
til tarixi
O`ZBEK ADABIY TILI TARAQQIYOTIDA SHOIR DURBEKNING TUTGAN
O`RNI Durbekning nomi XX asrning 20-yillarigacha ma`lum emas edi. Uning «YUsuf va Zulayho» dostonining dastlabki qo`lyozmasi topilgach, shoir adabiyotshunos va tilshunos olimlarning dikqatini jalb etadi. Doston 1409 yilda Balxda yozilgani haqida ma`lumotlar mavjud. 77 Durbek dostonda Balx shahrining qamal qilinishi, qamalda qolgan xalq bilan birga bo`lib yuz berayotgan voqealarning guvohi bo`lganligi haqida bayon qiladi. Dostonda tarixiy voqalar gavdalantirilishi bilan birga YUsuf va Zulayhoning sof ishqiy-romantik kechinmalari bayon qilinadi. Dostonning tili judda sodda, ravon. Xalq og`zaki ijodi namunalari va yozma adabiyot asarlarida bo`lgani kabi Durbekning mazkur asarida ham xalq tili elementlaridan foydalandi. Asar tili xalq tili bilan hamohangdir. Durbek dostoni tilida quyidagi xususiyatlarni ko`rishimiz mumkin. Jo`nalish kelishigi kushimchasi -ga (-gә, -kә) -qa affikslari bilan birga -a shaklida ham uchraydi: kөksinә, qolima kabi. Durbek o`zbek poetik tili taraqqiyoti uchun kurashgan shoirlardan biridir. U doston ustida ishlaganda tilning tushunarli va ravon bo`lishi uchun harakat qilgan. Doston o`zbek poetik tilining Navoiygacha bo`lgan takomilini o`rganishda alohida ahamiyat kasb etadi. Durbek xalq o`rtasida mavjud bo`lgan va adabiyotda kam qo`llanadigan so`zlarni poeziya olamiga olib kirgan. Jumladan, Durbekkacha bo`lgan o`zbek shoirlari poeziyasida uchramaydigan otogo so`zi asarda ishlatilgan. Bu so`z turk xalqlari tilida, shu jumladan, o`zbek shevalarida ham mavjud edi. Jam`i otog`ou onogoni ham, Kim edilar borchasi zosi haram. SHuningdek, shoir asarida sinonimlardan unumli foydalangan ko`r so`zi bilar bir qatorda basir so`zi ishlatilgan. Ājiz edi bedilu zāru zajir, Ko`z yashidin kӛzlәri edi basir. Dostonda arxaizmlarga aylanib borayotgan so`zlardan ham unumli foydalangan. Jumladan, bakovul, yasovul, cherik, ilik kabi so`zlar ham uchraydi. Bunday so`zlarning asarda ishlatilishi Durbekning xalq tiliga murojaat qilganligidan dalolat beradi. 78 Doston o`quvchilarga tushunarli tilda yozilgan bo`lishiga qaramay, unda arab, fors tillari elementlaridan foydalanilgani asar tili leksikasida ko`rinib turadi. Bir qizi bor erdi, maxl xovariy, Orazig`a shamsu qamar mushtariy. YUzi kuyosh erdi, vale bezavol. Barcha funun bobida sohib kamol. Hosili umri ul edi shohning, Oti ulayho edi ul moxling. SHuningdek, asarda «yaxshi emas oy bulutga nihon», «to`ti kibi erdi asiri qafas», «bulbuli bo`lgan asir dar qafas», «toza jarohat uza septi namak», «umidim gulidin tug`di xor» kabi misralarda xalq maqol va iboralarning ta`siri borligi sezilib turadi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling