O`zbekiston respublikasi
O`ZBEK ADABIY TILI TARIXIDA ALISHER NAVOIY IJODINING
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
til tarixi
O`ZBEK ADABIY TILI TARIXIDA ALISHER NAVOIY IJODINING
ROLI Reja: 1. O`zbek adabiy tilining mumtoz davridagi tarixiy sharoit. 2. Alisher Navoiy o`zbek tilining asoschisi. 3. Alisher Navoiyning asarlarida o`zbek tili me`yorlarining belgilanishi. 4. Alisher Navoiyning asarlarida «turkiy», «turkcha» atamalarining qo`llanishi va ma`nolari. A.Navoiy zamonasidagi badiiy adabiyotning turli janrlarida ijod etgan va shu sohalarda original asarlar yaratgan buyuk so`z san`atkoridir. Navoiy o`z asarlari orqali sermazmun maktab yaratgan buyuk iste`dod egasidir. Navoiy Husayn Bayqaro saroyida ish ko`rgan adabiyot jamiyatining tashkilotchisi va ustozi edi. SHu jamiyatdan o`z atrofiga zamondosh shoir va yozuvchilarni to`plab ular bilan fors- tojik va turk-o`zbek shoirlarining ijodlari haqida, adabiyotning turli masalalari to`grisida, til va uslub haqida sermazmun va jozibali suhbatlar olib borar edi. Bu suhbatlar Navoiyning aytishicha, jonli munozaralarga aylanib ketar edi. Bundan esa Navoiy har choq xursand va mamnun bo`lgan. Navoiy zamondosh shoir, yozuvchilarning buyuk homiysi va ustozi edi. SHoir va yozuvchilarning shaxsiy munozaraviy suhbatlarida biror chigil masala tug`ilib qolgudek bo`lsa hamda o`rtada hal qilinmasa, shu masalani uzil-kesil hal qilish uchun suhbatdoshlar Alisher 81 Navoiyga murojaat kilardilar. Ular Navoiyning tiyran fikridan har doim o`zlariga kerakli fikrlarni topa olar edilar. Deyarli 40 yil davomida olib borilgan shu suhbatlar turk-o`zbek badiiy adabiyotida to`plangan boy tajriba, adabiyotning turli janrlarida to`plangan o`zining shaxsiy tajribalari keyinchalik «Xamsa», «Xazoyinul maoniy», «Mezon-ul avzon», «Majolis-un-nafois», «Muhokamat-ul-lug`atayin», kabi asarlarni yozish uchun Navoiyga asos bo`lgandir. SHu yuqorida ko`rsatilgan asarlarning yozilishi uchun bo`lgan boshqa sabablar Navoiy yashagan va ijod etgan davrdagi tarixiy sharoitlar bilan bog`likdir. Bir vaqtlar shuhrat qozongan va qo`shni davlatlarga ko`rqinch tug`dirib kelgan temuriylar davlati Navoiy ko`z oldida inqirozga yuz tuga boshladi. Temuriylar o`rtasidagi uzluksiz kurashlar davlatning harbiy- iqtisodiy qudratini zaiflashtirib yuborgan edi. Adabiyotda va adabiy tilda etakchilik xamon traditsion forsigo`y shoirlar ko`lida edi. Maktab va madrasalarda arab va fors tili o`rganilib, ular bilan birga fors poeziyasi haqida ma`lumot olinar edi. O`zbeklar orasidan chiqqan shoirlar o`zlarining dastlabki asarlarini ona tilida emas, balki fors tilida yozar edilar. Fors tili esa asrlar mobaynida fors tilida yozgan so`z ustalari tarafidan ishlanib, sayqal berib kelingan til edi. SHuning uchun ham fors poeziyasida tarbiyalangan turk-o`zbek shoirlari uchun o`z ona tilida yozishdan ko`ra badiiy jihatdan ishlangan fors tilida yozish oson edi. Bunga odatlanib qolgan ko`pgina turk-o`zbek shoirlari o`z asarlarini forsiy til bilan yozib kelgan. Alisher Navoiy «Majolis-un-nafois» asarida 459 ta shoir haqida ma`lumot berib, shundan 2- majlisda 91 shoirdan 16 ta shoirning turk-o`zbek tilida, 3-majlisda 175 ta shoirdan faqat 3 tasigina turkigo`y ekanligini aytadi. SHu keltirilgan ma`lumotdan ham ko`rinib turibdiki, o`zbeklar ichidan etishib chiqqan so`z ustalari o`z ona tilida asar yozishga kam e`tibor berganlar. Bu hol siyosiy jihatdan ham temuriylar davlatiga ma`lum darajada putur egkazar edi. SHunday sharoitda o`zbek tilini mensimas, uning burdini tushirishga, bu til avom tili, dag`al til, ilmiy va badiiy tushunchalarni ifoda qilish kudratiga ega bo`lmagan til, degan fikrlar ilgari surilar edi. SHularga qarshi Navoiy o`zbek tilining badiiy qudratini adabiyotning butun vositalari orqali isbot etdi. U yuksak badiiy ijodiyotning timsoli sifatida «Xazoyinul maoniy», «Xamsa» va shu kabi sharq poeziyasida shuhrat qozongan 82 mavzularda asar yozib, o`zbek tilining qudratini keng namoyish qildi va shuhratini yoydi. SHu asosda yozuv tilini umumxalq tiliga moslashtirdi. Bu haqda Navoiyning o`zi ham ko`p asarlarida ko`rsatib o`tgan O`zbek tilining qudratini oshirgani va xalq, tilini kitobiy til bilan yaqinlashtirgani haqida «Lison-ut-tayr»asarida shunday deydi. Tүrk nazmida chү tartib men alam, Ayladim ul mamlakatni yak qalam. Navoiy xalq madaniyatini ko`tara olishdagi qudratli vositalardan biri ona tili ekanini zamondoshlari orasida birinchi bo`lib tarixiy jihatdan tushundi va o`zining shu fikriga butun faoliyati sodiq qoldi. Navoiyning maqsadi badiiy jihatdan ishlanmagan xalq tilini badiiy ishlash va uni forsiy til darajasiga ko`tarish hamda shu asosda ona tilining shon-shuhratini keng yoyishdir. Navoiy deyarli har bir dostonida, til masalasiga alohida e`tibor bergan. Masalan: «Layli va Majnun»da shunday deyiladi: CHүn forsi erdi nuqta shavqi, Azraq erdi anda tүrk zavqin. Men tүrkchә bashlaban rivāyat, Qildi bu fasānani hikāyat. Kim shuhrat chүn jahāng`a bolg`ay Tүrkiy ilә dag`i bahra olg`ay. Navoiy badiiy adabiyotning butun sohasida ijod etib, xar sohada o`ziga xos originallik yaratgan va shu asosda o`zbek tilining badiiy kudratini imkoniyatini keng namoyish qildi. Navoiy o`zbek tilining himoyachisi va targ`ibotchisi sifatida ham nazariy ham praktik ishlarni amalga oshirdi, SHuning uchun buyuk turkolog N.I.Il’minskiy uni «Ona tili uchun kurashda yagona va bahodir jangchi edi»,-deb ta`riflagan edi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling