O`zbekiston respublikasi
NAVOIY ASARLARIDA O`ZBEK TILI LEKSIK VA
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
til tarixi
NAVOIY ASARLARIDA O`ZBEK TILI LEKSIK VA
GRAMMATIK ME`YORLARINING BELGILANISHI 83 Alisher Navoiy ilmiy asarlar arab tilida va badiiy asarlar fors-tojik tilida yozish traditsiyaga aylangan bir davrda o`zbek tilining ham badiiy, ham ilmiy asarlar yaratish uchun boy imkoniyatlarga ega ekanligini ko`rsata bildi. Fors-tojik tilining qaysi janr va uslubida asarlar yaratilgan bo`lsa, Navoiy ham o`sha janr uslubda asarlar yaratib, bu masalada fors-tojik shoir va yozuvchilari bilan ijodiy musobaqalashdi. «Mezon-ul- avzon» asarida shunday yozadi: «Ajam shuarosi va furs fusahosi (chiroyli so`zlovchilar) har qaysi uslubdakim, so`z arusiga (keliniga) jilva va namoyish berib edilarkim, ma`ni abkorig`a (klzlariga) ziynat va oroyish ko`rguzub erdilar, chig`atoy lafzi bilan raqam urdum». O`z asarlarida Navoiy o`zbek tilining leksik jihatdan fors-tojik tili kabi boy ekanligini ta`kidlaydi va uning misoli sifatida bir necha sinonim qatorlarni keltiradi. Bu haqda «Muhokamat-ul-lug`atayn» asarida «Bu gaz lafzdurki, g`arib maqosida (maqsadlar) adosida (bayonida) ta`yin qilibturlarki, hech qaysi uchun sort tilida lafz yasamaydurlar». YA`ni bu asarda keltirilgan 100 ta fe’lning noaniq formasi haqida gap boradiki, ularning har qaysisi o`zining sinonimik qatoriga ega ekanligi bu kabi xususiyat forsiy tilda uchramasligi qayd qilingan. Masalan, ichmoq fe`liga sipqarmoq, tomshimoq kabi fe`llarning sinonim bo`lishini uqtiradi: Sāqiyo tut bādakim, bir lahza ӛzүmdin baray SHart bu kim, har nechә tutsang labālab sipqaray. YOki: Soqiyo, chү ichib, mengә turar qosh, Tamshiy-tamshiy ani qilay no`sh. SHuningdek, yig`lamaq so`zining ham bohsamaq, iңramaq, siңramaq, siqtamaq, үnүrmәk, inichkirmәk kabi sinonimlarini keltiradi. Navoiy o`z ijodiyotida tildagi omonimlardan ham turli stilistik maqsadlarda foydalangan. Jush-tush (son), yarim kun, tāmān. 84 Yan-yanmaq, yanbash; Yaq-yaqmaq, tāmān, yag`. Navoiy o`z asarlarida faqat omonim, sinonim so`zlarni emas, balki fors tilida bo`lmagan so`zlardan foydalandi. Masalan, cho`kur (jiyda), qabaq, meң, ildirin (yaxshi), chaqin (yaxshi). Bashlarig`a gүl sachsang, alardin yүzүңә tikān sachilur, Agar ul gүl sachmag`an bas qilsaң, bag`riңg`a chokur toqilur. (Maqbubul-qulub) YOki: Firaqiң ichrә ulus ӛrtәmәkkә, ey māhim CHoain durur damimu, ildirim durur āhim. (Maxbubul-kulub). Bunay so`zlarni leksik norma sifatida adabiy tilda qo`lladi: Navoiy leksik normalarni belgilashda hayotning turli sohalariga tegishli bir qancha turkiy so`zlarni o`z asarlariga singdirdi. Ular quyidagilar: 1. Oziq-ovqat nomlari: qaymaq, qatlama, bulamiq, qurut, ulaba, mantu, quymaq, o`rkamach, qimiz, suzma, boza, umach, komach. 2. CHorvachilikka oid so`zlar: tubuchak, arg`umaq, yaqa, yabu, taju, toy, g`uana, tulan, chirg`a, lang`a, jabildir, xāna, toqum, chilvir. 3. Kiyim-bosh nomlari: dastār, qalpaq, navro`zi, tөppi, shirdaq, jalak, dakla, qur, terlik. 4. Ov hayvonlari nomlari: kiyik, tong`uz, huna, qilchaqchi, suykun, bug`u, maral, āhu, gavazi, xuk,guraz va boqshalar. SHuni ta`kidlab o`tish lozimki, Alisher Navoiy o`zbek tili leksik boyliklari bilan birga fors-tojik, arab tili leksik boyliklaridan ham o`z o`rnida foydalandi. Ayrim tushunchalarni (adabiy) belgilashda ajnabiy til leksik boyliklaridan 85 foydalanishni shart deb bildi, chunki adabiy janr va uslub fors-tojik va arabcha so`zlardan foydalanishni shart qilib qo`yar edi. A.Navoiy adabiy tilning grammatik normalarini beyagilashda ham samarali ishlar qildi. Buni quyidagi hollarda ko`ramiz. 1.Tushum kelishigi bilan qaratqich kelishigi affikslari o`z o`rnida qo`llangan. Ma`lumki, Navoiyga zamondosh bo`lgan shoirlar ijodida qaratqich o`rnida tushum kelishigi ko`rsatkichi qo`llangan o`rinlari ham bo`lgan Masalan, Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling