O`ZBEK ADABIY TILI TARAQQIYOTIDA SHOIR GADOIYNING TUTGAN O`RNI XV asrdagi o`zbek she`riyati namoyandalaridan biri shoir Gadoiydir.
Navoiy «Majolisun nafois» tazkirasida yozadi: Mavlono Gadoiy - turkigo`ydur, balki
mashohirindur. Bobir mirzo zamonida she`ri shuhrat tutti. Tazkiradan ma`lum
bo`lishicha, Gadoiy 806 (1403-1404) yilda dunyoga kelgan. SHoirning qaerda va
kanday ta`lim olgani, ijod qilgani haqida hech qanday ma`lumot yo`k,
SHoir o`z she`rlarini sodda va ravon tilda yozgan. U aslo uslubiy
jimjimadorlikka intilmagan. Uning she`rlarida yuksak samimiyat va so`z san`atining
alohida jozibadorligini ta`min etuvchi musiqiy ohang yaqqol sezilib turadi. Gadioiy
she`rlaridagi til soddaligi va qofiya erkinligi xalq poetik me`yorlari bilan yaqindan
aloqadorligi seziladi.
Gadoiy dostoni tilida quyidagi xususiyatlarni ko`rishimiz mumkin.
Jo`nalish kelishigi qushimchasi -ga (-gә, -kә) -qa affikslari bilan birga -a shaklida xam uchraydi: kimә, jāna, farqina kabi.
Gadoiy asarlarida bilan ko`makchisining birlә, ilә, bilә, -lә kabi muqobillari
bor.
Zamāne subhidam andesha birlә hamnishin boldum.
Ki, muddatlar aniң-lә bolmish erdim har qayan hamrāh.
79
SHuningdek, Gadoiy asarlarida fors, arabiy til elementlaridan unumli
foydalangan:
Ey g`amzasi fitna, kӛzi fattān, ӛzi āfat, rahm ayla bu jāna,
Xatm o`ldi sәңә saltanati mulki latāfat, ey shāhi yagāna.
YOki,
Vasli nigāru fasli bahāru sharābu nāb,
Har kimgә dast bersә, zihi, baxti kamyāb.