O`zbekiston respublikasi
Partavedur ul tabassumdinki jān derlar ani
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
til tarixi
Partavedur ul tabassumdinki jān derlar ani, Soyai sarving durur hamki ravān derlar ani. YOki: Mahvashim, bir nazar etsәng, ne nimaң ӛksүgүsi, Banda sari guzar etsәng, ne nimәng ӛksүgүsi va h.o. Lutfiy asarlari leksikasida asosiy o`rinni turkiy so`zlar tashkil etadi. Ma`lumki, o`zbek klassik adabiyoti asarlari leksikasida fors-tojik va arabcha so`zlar umumleksikaning aksariyat qismini tashkil qiladi. Lekin Lugfiy ijodida buning aksi ko`rinadi. Masalan, «Tā jamāliңdin tushubturmen», «Ӛltүrүur hijrān meni» jumlalari bilan boshlanuvchi g`azallarida 191 leksema katnashgan bo`lib (ayrim so`zlarning takrori ham hisobga olingan), shundan 104 tasi turkiydir. Ma`lum bo`ladiki, Lutfiy ijodida turkiy so`zlar 55 va undan ortiqroq protsentni tashkil etadi. Lutfiy asarlarining dialektal negizi masalasi ham ancha chigal masalalardan biridir. Lutfiy ijodini ma`lum bir shevaga keskin ravishda bog`lab bo`lmasa-da, unga singarmonizmli shevalar asos bo`lganligini aniqlaymiz. Uning she`rlarida lab va palatal singarmonizmga ko`plab misol keltirish mumkin: Masalan, til oldi lablangan unlilar uyushib keladi; Kӛңүl tā āraziңg`a boldi mushtāq, Kӛzүmdә gāh qizil gүldүr, gāhi aq (128-bet). Til orqa lablangan unlilar uyushib keladi. Meni kӛrdүrgәli ul kӛzi otluk (o`tluk) Kӛngүlni tash etәr, g`amzani chaqmaq (128). 72 Qog`ul (qoyg`ul) xatā yolni dag` mushk izdama sabā, CHin sachidek chү mushk Xitād Xotanda yoq. Aksariyat so`z va so`z formalarida palatol garmoniya saqlanadi. Bashimg`a sāya sal, ey sarvi chalāk (kelishgan) Ki gүldektur yaqam hajr ilkidin chāk. Lutfiy asarlarida qadimgi turkiy qamda o`g`uz gruppa tillarga xos leksik morfologik xususiyatlar aks etgan. qadimgi turkiy tilga oid dudoq (110) qamuq, irin, qaroq, yozuq, o`gun (Yүzigә sachtin үchүn tegmәsүn parishānlik), yovutmak. O`g`uz gruppa tillar va shevalarga oid grammatik formalar: jo`nalish kelishigining -ә (a) affiksi bilan ifodalanishi. Qorqarki, rahmi kelzә kӛgum tungi yashina, Yashtek sorar meni barur olsam chү qashina. YOki: Aqiqiңni sorayin desam, aytur: «Yaman andishalikni fikrina baq». Qadimgi turkiy tilga oid vosita kelishigi elementlari ham uchraydi: Sensizin qilmay tahammul nāla qilsam, qilma ayb, Gar bu yuk yuklansa taqqa, kelgәy avdin yuz sadā. YOki: Nigārā, sensizin mandin (har kimdin) ne hāsil? Agar jān bolmasa tandin ne hāsil ? Kelasi zamon fe`lining g`arbiy tillarga xos formasi Lutfiy ijodida ko`plab qo`llangan: Qaram ak ham vafāsizlar bikin Bolmag`aysan ichi kufri tashidin. (314-bet) 73 YOki: Tapqamen deb vaslidin bir kun davā Tartaram dāim firāqiң dardini. (310-bet) Ma`lum bo`ladiki, Lutfiy asarlari tili eski o`zbek tili xususiyatlarini boshlab beruvchi vosita bo`lib xizmat qilsa, asarlarining soddaligi xalq og`zaki ijodidan unumli foydalanishi asar tilining qam sodda va xalqqa tushunarli bo`lishini ta`minlagan. Lutfiyning til imkoniyatlaridan foydalanish mahorati haqida, «O`zbek adabiyoti tarixi» asari mukammal ma`lumot beradi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling