O`zbekiston respublikasi


XORAZMIYNING «MUHABBATNOMA» ASARI TILI


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/72
Sana05.01.2022
Hajmi1.03 Mb.
#217199
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   72
Bog'liq
til tarixi

XORAZMIYNING «MUHABBATNOMA» ASARI TILI 
Xorazmiy o`zbek adabiyotida nomachilik janriga asos solgan san`atkordir. 
Ayni vaqtda she`riyatda ikki tillilikka ham asos solgan so`z ustasidir. U Jonibekning 
mahalliy  beklaridan  bo`lgan  Muhammad  Xojabekning  iltimosiga  ko`ra  dajriy  754, 
melodiy 1353 yilda mashhur «Muhabbatnoma» asarini yozgan. Ma`lum kirish kism, 
asarning  yozilish  tarixi,  «Muhammad  Xojabek  madhiyasi»,  ulardan  keyin  esa 
nomalar  yozilgan.  Nomalarning  tuzilishi  ham  eski  traditsion  tartibda:  oldin  noma, 
keyin g`azal, undan keyin masnaviylar berilgan va har qaysi noma: 
Saburdin yaxshi yo`qtur pesha qilsam, 
Bu yo`lda sabr yo`q andesha qilsam 
-  degan  baytli  naqorat  bilan 
xotima  qilingan.  «Muhabbatnoma»  3  nomasi  fors-tojik  tilida  yozilgan.  Bu  asar 
dastlabki  reja  bo`yicha  10  nomadan  iborat  edi,  lekin  noma  tugatilgach,  muallif 
qo`shimcha sifatida yana bir noma yozib, asarni 11 nomadan iborat qiladi. 


 
69 
Xorazmiy  asarning  xalqqa  tushunarli  bo`lishi  uchun  o`sha  davr  o`zbek 
tili  imkoniyatlaridan  unumli  foydalangan.  SHe`r  yor  vasli  oshiq  kechinmalarini 
tasvirlashda xilma-xil badiiy til vositalaridan mohirlik bilan foydalanadi. 
SHoir xalq tiliga xos  o`xshatishni,  metofora  va  jonlantirish bilan  bog`lab 
bera olgandir: 
SHakkarmu әrniңiz yo qand, yo jān,  
Uyalur la`lingizdin ābu hayvān. 
O`zbek  tili  boyliklaridan  yaxshi  foydalangan  shoir  omonim  so`zlar 
vositasida orginal so`z o`yinlari hosil qiladi: 
Ashar yeldin sening yelgәndә atiң, 
 Quyash yangliq jahānim tutti atiң. 
 Boyung sarvu sanubartek beling qil, 
 Vafā qilg`an kishilәrgә vafā kil. 
«Muhabbatnoma»  XIV  asr  adabiy  tilining  yodgorligi  bo`lib,  unda 
g`arbiy va janubiy tillarga xos xususiyatlar uchraydi. 
Jo`nalish  kelishigi  qo`shimchasi  -ә//nә,  -a//na,  tarzida:  әllinә  (qo`liga)
gavharina (gavhariga), nurinә (nuriga), bu tәnә (bu tanga). 
Tushum kelishigi affiksi -i variantida: kөnglүmi, өzimi. Ravishdoshning   -
gәch//-g`ach,   buyruq-istak   mayli   fe`li   -әli//ali   (barali, ketәli) shart fe`li -sar/sәr 
(solisar, bolsar) affikslari bilan shakllanadi. 
Hozirgi  kelasi  zamon  fe`lining  bo`lishsizligi  qisqargan  holda  keladi: 
yavutman (yaqinlashtirmaydi), unutman (unutmayman). 
Sifatning (kelasi-zamon) - yүr//yur affiksi bilan yasalgan turi ham uchraydi: 
sayrayur, yasanlaytur-siginar. 
Asar  leksikasida  o`ziga  xos  xususiyatlar  ko`zga  tashlanadi:  SHunqar-
burgut,  boyla-shunday  qilib,  yuban-ikqilanmoq,  ukush-ko`k,  asru-juda,  yaqtu-yoru. 
Yavut-yaqinlashmoq,  uram-kucha,  taqn-jumladan,  dudaq-lab.  YUqoridagi  til 


 
70 
hodisalarining ayrimlari uyg`ur tiliga ham xosdir. 
YUqoridagilardan  ko`rinib  turibdiki,  «Muhabbatnoma»  asarida  ham  XIV 
asrning oxiri va XV asrning boshlarida Xorazm va Muvaraunnahrda hukm surgan 
kitobiy-poetik til traditsiyasi davom ettirilgan. SHuning uchun unda qipchoq-o`g`uz 
va  qisman  uyg`ur  tili  xususiyatlarini  uchratamiz.  «Muhabbatnoma»  XIV  asr 
o`zbek  adabiy  tiliga  katta  xissa  bo`lib  qo`shildi  va  ayni  zamonda  eski  o`zbek 
tilining keyingi taraqqiyotida muhim rol’ o`ynadi. 
Buyuk  Alisher  Navoiy  «Muhokamat-ul  lug`atayn»da  o`zbek  tilida 
katta 
holni 
ifodalovchi 
maxsus 
«meng» 
so`zi 
borligini 
aytib, 
«Muhabbatnoma»dan quyidagi baytni keltiradi: 
Aning kim el enganda meң yaratti, 
 
Boyi birlә sachina teң yaratti. 
Ko`rinadiki,   Navoiy   tomonidan   «Muhokamatul-lug`atayin» asarida   shu   
misralarning keltirilishi shu davrda asarning til jihatdan boy ekanligidan dalolat beradi. 
«Muhabbatnoma»  eski  o`zbek  adabiy  tilini  boshlab  beruvchi  asar 
sifatidagina emas, balki ayni zamonda o`zbek adabiyoti tarixiga, ayniqsa, nomachilik 
janri  tarakqiyotiga  kuchli  ta`sir  ko`rsatgan  asardir.  Uning  bevosita  ta`sirida  Said 
Ahmadning  «Taashshuqnoma»  (XV  asr),  Xo`jandiyning  «Latofatnoma»  (X1U-XU 
asr), Amiriyning «Dahnoma» (XV asr) kabi asarlar yaratilgan. 
Demak,  Xorazmiy  o`zbek  adabiyotida  nomachilik  janriga  asos  solgan 
shoirdir. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling