O`zbekiston respublikasi
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
til tarixi
ATOIYNING TUTGAN O`RNI
«Nazm dengizining tubiga sho`ng`ib, she`riy durlar» yaratishiga intilgan Atoiy o`zbek dunyoviy adabiyotining Navoiyga qadar etishgan atokli namoyandalaridandir. Atoiy adabiy merosi bilan tanishar ekanmiz, uning xalq og`zaki ijodini yaxshi bilganligi va ulardan ijodiy foydanlanganligini sezamiz. Atoiy xalq qo`shiqlarining tili soddaligi, ravonligi va musiqiyligidan xam ilhomlanadi va uni o`rganadi. U o`zining 260 ta g`azalidan 109 tasini xalq qo`shiklari avznida yaratgan. Bu narsa uning xalq, tili boyliklaridan bahramand bo`lib, ijod etganligini ko`rsatadi. Atoiy xalq maqollari va ta`birlariga katta e`tibor beradi. U xalq makollaridan foydalanish bilan o`z g`azallarining mazmunini ham, tili badiyligani ham boyitdi. Atoiy xalq maqollarini aynan keltiradi va ularning mazmunini she`riy misralarga singdyradi: Boldi bag`rim suv g`amingdin, yaxshiliq, sal sug`a, Axir, ey gүl, xirmānni, albatta, Zar ekkәn orar, Vasl noshi dunyāda bolmas, Ataiy, nishsiz. Bundan tashqari, Atoiy xalq tiliga xos hazil-mutoyiba tarzida aytilgan misralardan, kontrast usulidan foydalandi. Lekin u engil kulgiga jiddiy tus 74 beradi. «Yүzigә kӛp tikә baqsam, maңa kүlib aytur», «Ataiy, ne Kuzi toymas gadā emishtuksen?» Atoiy xalq tili boyliklaridan ustalik bilan foydalanib, original o`xshatish, kinoya, mubolag`a, tajoxuli orifona, lof kabi badiiy tasvir vositalarini yaratadi. SHoir omonim so`zlar va turli birikmalar vositasi bilan chiroyli so`z o`yinlari yasaydi va go`zal mumtoz tuyuklar namunasini yaratdi. Desangkim: «Jān sipar qilg`’l Atayim». Turubmen ushmunaq ӛldүr, at ayim... Yүzingai, ey malāhat xann, bir ach, Toya kӛrsүn seni bu mustāxiq ach. Atoiy asarlarining tili Oltin O`rda yodgorliklarining tilidan farq qiladi. CHunki Atoiyda qipchoq tili unsurlari ustun darajada edi. Atoiy g`azallarida quyidagi til xusisiyatlarini uchratish mumkin. Jo`nalish kelishigi qo`shimchasi -ga (-gә, -kә) —qa affikslari bilan birga -a shaklida ham uchraydi: kөnlүmә, yүzimә, yүzinә, bizә, sizә, kabi. Mim ag`zi bila zulfi qaddi lam – alifdan Ey vay, netәy xasta kӛngӛl qaldi alamg`a Jo`nalish kelishigining -a, -na, -ma kabi qo`shimchalari hozirgi j- lovchi o`zbek shevalarida ham uchraydi. Lekin bu shakl aslida o`g`uz tiliga xos xususiyatdir. O`rin - payt va chiqish kelishigi qo`shimchalaridan oldin bir n tovushi ortgiriladi. Garchi āhuyi Xotandir bexatā bilman nedin, CHinu Māchin lālazārinda qilur sayrān kӛziң. Ul sanamkim sүv yaqasinda paritek olturur, G`āyati nāzuklikindin sүv bilә yүtsә bolur. Sifatdosh yasovchi qo`shimcha -gan shaklida ham, -an shaklida 75 ham uchraydi. Masalan: qilan — qilg`an, alan - alg`an kabi. Buyruq fe`lining birnchi shaxs ko`pligi fe`l negizlariga -aling affiksini qo`shish orqali yasaladi: boraling, kelaling, alaling kabi. Bu holat «Muhabbatnoma» da ham uchraydi. Atoiy g`azallarida leksik jihatdan quyidagi so`zlarni uchratish mumkin: ukush -ko`p, ariq - toza, baqmaq-qaramoq, meң-xolning kattasi, qamuq-hamma, asruk-mast, dudoq-lab, ajun-dunyo, neң-narsa, iydgāh-sayilgoh kabilar. Umuman, Atoiy g`azallari tilida XV asr boshidagi o`zbek adabiy tiliga xos xususiyatlar uchravdi. SHoir o`z asarlari bilan XV asr o`zbek dunyoviy adabiyotigagina emas, balki o`zbek adabiy tili tarakxiyotigagina ham munosib hissa qo`shdi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling