O`zbekiston respublikasi
«XISRAV VA SHIRIN» DOSTONINING TIL
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
til tarixi
«XISRAV VA SHIRIN» DOSTONINING TIL
XUSUSIYATLARI A.M.SHcherbak asar tili Oltin O`rda turkumiga kiradigan «Muhabbatnoma» va «Tashshuqnoma» asarlari tilidan lug`aviy, fonetik va morfologik jihatdan farqlanishi, ayni zamonda qoraxoniylar davri yodgorliklari bo`lgan YUsuf Xos Hojibning «Qutadg`u bilig» va Ahmad YUgnakiyning «Hibatul haqoyiq» asarlari bilan bir qatorda turishini aytadi, lekin qayd etilgan asarlar tili bilan qiyoslangan faktlarni keltirmaydi, balki «Xusrav va SHirin» dostoni tiliga xos bo`lgan ayrim fonetik va morfologik xususiyatlarini sanab o`tadi, xolos. «Xusrav va SHirin» dostoni va umuman, XIV asr yodgorliklari ustida maxsus tadqiqot ishi olib borgan e.I.Fozilov ham asar tilining «Devonu lug`otit turk», «Qutadg`u bilig», «Hibatul haqoyiq»asarlari tilining xususiyatlari bilan ayrim umumiy tomonlarga ega ekanligani ko`rsatadi hamda o`sha xususiyatlarni sanab o`tadi. SHu bilan birga, e.I.Fozilov Xorazm yodgorliklarining dialektal asoslari to`g`risida fikr bildirib, unda o`g`uz, qipchoq, bulg`or, uyg`ur unsurlarining sinonimik qo`llanishini ta`kidlaydi hamda P.M.Melioranskiyning «dialektal rang-baranglik» haqidagi fikriga to`la qo`shiladi. SHu munosabat bilan ayrim mulohazalarni bildirish o`rinli bo`ladi. «Husrav va SHirin» asari ma`lum adabiy til an`anasi yuzaga-kelgan davrda yaratilgan. Bu davrda adabiy tilda endigina me`yorlar tizimi paydo bo`la boshlagan edi, ayni zamonda, qoraxoniylar davrida yaratilgan adabiy til an`anasining ta`siri kuchli edi, chunki o`sha davrda o`zini olim va fozil sanagan har bir kishi butun sharqqa mashxur bo`lgan «Qutadg`u bilig», «Hibatul haqoyiq» asarlarini o`rganmasdan, 53 undan bahra olmasdan qolmas edi. Ma`lumki, sanab o`tilgan asarlar tilida ham qarluq ham chigil dialektlarining xususiyatlari aks etgan, SHu jixdtdan ham «Xusrav va SHirin» dostoni tilida uyg`ur tili unsurlari bo`lgan. Aslida uyur tili unsurlari to`gridan-to`g`ri uyg`ur tili yoki uning dialekti ta`sirnda emas, balki mavjud adabiy til an`anasi tufayli yuzaga kelgan. Anglashiladiki,asar tili shevasi xususida gap borar ekan, «dialektlar rang-barangligi» haqida emas, balki o`g`uz-qipchoq shevasining qisman ta`siri haqida so`z yuritish mumkin bo`ladi. SHu munosabat bilan yana bir fiktga oydinlik kiritishni maqsadga muvofiq, deb bilamiz. O`zbek adabiy tili tarixiga nazar tashlasak, XSH-X1U asarlarda endigina eski turkiy adabiy tildan ajralib chiqa boshlagan eski o`zbek adabiy tilining «qarluq-xorazm adabiy tili «CHig`atoy ulusi adabiy tili», «Oltin O`rda adabiy tili» degan yorliqlar bilan yuritilganini ko`ramiz. Sirtdan qaraganda, o`zbek adabiy tili xususida deyarli gap bormayotgandek tuyuladi. Nima uchun bir adabiy tilni turlicha nomlash zarur bo`ladi? Aslida bunga hojat yo`q, chunki XSH- XIV asrlarda garchi ma`lum darajada dialektal farqlar mavjud bo`lsa-da, ularni turli- tuman adabiy til manbai sifatida karash mumkin emas.Bu kisqa davrdagi adabiy tilning turlicha nomlanishida, ayniqsa, «CHig`atoy», «Oltin O`rda« nomlari bilan yuritilishida ilmiy-lisoniy asos yo`q bo`lib, u ko`proq bosqinchilik siyosati bilan bog`langan edi. SHu tufayli XSH- XIV asrlarda yaratilgan va yuqoridagidek turlicha nomlanib kelingan asarlar tilini adabiy til nuqtai nazaridan umulashtirib o`rganish kerak, lekin o`ziga xos tomonlari bo`rttirib ko`rsatilishi lozim, deb hisoblaymiz. N.M. Mallaev «Xusrav va SHirin» dostoni XIV asr o`zbek adabiy tili va Xorazm dialektining muhim yodgorligi ekanligini ta`kidlaydi. Bu fikr ham izoh talab qiladi. Umuman olganda, har bir badiiy asarni ma`lum dialekt bilan bog`lab qo`yish mumkin emas, chunki avval ta`kidlaganimizdek, badiiy asar til an`anasi asosida yuzaga keladi, ya`ni ma`lum dialektning badiiy asari haqida so`z yuritib bo`lmaydi. SHu ma`noda «Xusrav va SHirin» dostonining tili Xorazm dialekti asosida yaratilgan deb aytish qiyin. Ikkinchi tomondan, har bir asar muallifi muayyan dialektning vakili bo`lganligi uchun ham asarida o`z dialekti unsurlaridan foydalanishi aniq. Bu esa badiiy asarni ma`lum dialekt bilangina bog`lab qo`yish uchun asos bo`la olmaydi. 54 N.M. Mallaevning yuqoridagi fikri adabiyotchilarga xos mubolag`a bilan aytilganini ta`kidlash o`rinli bo`ladi. Asar tilining fonetik jihatdan kaysi dialektga aloqadorligi masalasi ham e`tiborni tortadi. Bu masalada ham ixtilofli fikrlar mavjud. A.M.SHcherbak asar tilida qorishiq undoshining keng qo`llanishini ta`kidlaydi, lekin U. Tursunov va B.O`rinboevlar Oltin o`rda adabiy tilining dialektal o`ziga xosligini ko`rsatishda undoshining «y» undoshiga mos kelishi bilan izohlaydilar. Ularning bu fikri bevosita «Xusrav va SHirin» dostoniga ham tegishlidir. Bizningcha, bu masalaga e.Najib to`la aniqlik kiritgan edi. e.Najib ajoyib faktni keltiradi. Uning ko`rsatashicha, asarda 67 ta so`zda undoshi qayd qilingan. SHundan 29 tasi takrorlanmaydigan so`zlar (o`zaklar) bo`lib, 11 tasida «y» muqobillari, 2 tasida esa «z» muqobillari mavjud. Demak, 16 tasida «y» undoshiga o`tmagan, ya`ni muqobil bo`lmagan undoshli so`z qayd qilingan. Q.Mahmudov XP1- XIV asrlar yodgorliklari fonetikasini o`rganar ekan, «Xusrav va SHirin» dostonida /dz/ undoshi bilan yonma-yon qo`llanganini aytadi, lekin «y» undoshi bilan yonma-yon qo`llanganini aytadi, lekin «y» undoshi bilan almashgan o`rinlarga misol keltirmaydi, aksincha «d» undoshli so`zlarga — adaq, —qadg`u misollarini keltirish bilan chegaralanadi. Bundan shunday xulosa chiqadiki, asarda hamon dz — lashish saqlanadi. Misollarga murojat qilamiz: adz—ism, egarlamoq, әdzgarlamak— egarlamoq, әdzgulik — yaxshilik, udzimaq -uxlamoq umidz—umid, shadzliq— shodlik, qudzi - quyi, kүdzәkү —kuyov, pochcha va boshqalar. Matndan misollar keltiramiz. Adaqi yer yүzini barcha kezmish, Feyaek aniң ishin roy’shcha tүzmish. (138) Og`ul әdgү yaman che qilsa andin, Kӛrү ӛz og`li yandurg`ay jazasin. (141) Pәrilәr birlә yetti ersә ul hur, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling