O`zbekiston respublikasi
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
til tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oltin O`rda
4-MAVZU O`ZBEK ADABIY TILINING XII ASRDAN KEYINGI TAKOMILI Reja 1. Bu davrdagi tarixiy jarayon va adabiy til an`anasi. 2. Bu davrning tayanch dialekti masalasi. 3. «Qarluq-Xorazm» adabiy tili va uning manbalari 4. «Chig`atoy ulusi» adabiy tili va uning manbalari. 5. «Oltin O`rda» adabiy tili va uning manbalari. O`zbek adabiy tilining XII asrdan so`nggi takomilida XIII-XIV asrlardagi tarixiy vokealarning roli kattadir. 44 Ma`lumki, mo`g`ul qabilalarining faolligi X asrdanoq osha boradi. Ularning qabilalaridan bo`lgan qoraxitoylar va XII asrning o`rtalarida O`rta Osiyoga bostirib kiradilar. Bu erda ular ikki tomondan kurash olib borishga majbur bo`ladilar. Bir tomondan, Xorazmshoh davlati bilan, ikkinchi tomondan, mo`g`ul urug`laridan naymanlar bilan.Xorazmshohlar bu kurashda ko`chmanchi qipchoqlar, o`g`uzlardan foydalanadilar va qoraxoniylarni siqib chiqaradilar. Lekin ular O`rta Osiyo, xususan, o`zbek elati sostavida Xitoy deb nomlangan urug`ni qoldirib ketdilar. XIII asrning boshlarida esa O`rta Osiyoga mo`g`ullarning istilosi boshlanadi. V.Bartol’dning ta`kidlashicha, bu tarixiy voqea O`rta Osiyoda barpo bo`lgan davlatning tiliga ham ta`sir etdi va uning tili turkiy til bo`lib rasmiylashdi. Mo`g`ullar istilosi natijasida tuzilgan davlat CHig`atoy davlati deb yuritildi va XIV asrning oxirigacha Temuriylar imperiyasi tuzilguncha davom etdi. CHig`atoy davlati turkiy, eroniy til va madaniyatiga ega bo`lgan qabila va elatlar yashovchi territoriyada tashkil topdi va o`zining yozma adabiyot tilini yaratdiki, u Navoiy davridagi eski o`zbek adabiy tiliga baza bo`lib xizmat qildi. CHig`atoy tili deb atalgan adabiy til ilmiy adabiyotlarda qoraxoniylar davrida tashkil topgan qarluq-chigil-uyg`ur va g`arbiy xorazm (o`g`uz) tilining davomi hamda taraqqiy etishi natijasida yuzaga keldi, deb e`tirof qilinadi. XII-XIV asrlar adabiy tiliga qoraxoniylar davri tili negiz qilib olinganligi uchun ham, tildagi «d»lashishga aylana boradi. XIII asrda mo`g`ul qabilalarining ta`sirida Xorazm aholisining turkiy tilga o`tishi jarayoni tugallandi. XIII asr oxiri va XIV asr boshlarida turkiy tillarda so`zlovchi aholilar faqat qishloqlarda va cho`l rayonlarda emas, balki O`rta Osiyo, Qashqarning yirik shaharlarida ham oshib bordi. Bu esa badiiy adabiyotda kitobiy tilga nisbatan jonli xalq tiliga murojaat qilishni taqozo qila boshladi. SHu bilan birgalikda XIII- XIV asrlarda Xorazmni ham qo`shib olgan Oltin O`rda davlati tuziladi. Oltin O`rdaning bir qismi bo`lgan Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling