O'zbekiston respublikasi


Download 245.85 Kb.
bet42/67
Sana05.01.2022
Hajmi245.85 Kb.
#229538
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   67
Bog'liq
O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi-fayllar.org

Bog'lovchi 

Ko'makchi ot yoki olmoshdan keyin kelsa, bog'lovchi har qanday so'zdan keyin kela oladi. 

Ko'makchi  tushirilsa,  gap  buziladi.  Ammo  bog'lovchini  tushirish  mumkin.  Bunda  gapning 

intonasiyasi o'zgaradi. 

 

 Ko'makchi bilan bog'lovchini taqqoslash 



 

 Men o'qishga trolleybus bilan boraman. 

 

 Olim bilan Komil keldi. 



Teng bog'lovchilar: ayiruv, zidlov, biriktiruv turlari. 

Ergashtiruv  bog'lovchilar  -shuning  uchun,  shu  sababli,  shu  tufayli,  chunki,  agar,  basharti, 

mabodo, garchi, go'yo, go'yoki  

Ayrim  teng  bog'lovchilar  takrorlanib  kela  oladi,  ammo  ergashtiruvchi  bog'lovchilar  bu 

xususiyatga ega emas. 

Teng  bog'lovchilar  va  erashtiruvchi  bog'lovchilar  ustida  ishlaganda  ko'proq  ularda 

qo'llanadigan tinish belgilariga e'tibor tortish kerak. 

 

Yuklama 

 Yuklama haqida umumiy ma'lumot beriladigan darsda uni ko'makchi va bog'lovchilar bilan 

taqqoslash kerak. 

Yuklama  gapning  biror  bo'lagini  yoki  butun  gapga  qo'shimcha  ma'no  berish  uchun  xizmat 

qiladi. 2 ta gap yozib ma'nosini izohlanadi: 

 

 Tinchlik uchun kurashish kerak. 



 

 Tinchlik uchun kurashish kerak-da. 

Ishchi zavodga keldi. Ma'no farqini va yozilishini 

Ish-chi? 

 

  


tushuntirish kerak. 

1. So'roq va taajjub yuklamalari -mi, -chi, -a, -ya 

2. Ta'kid va kuchaytiruv yuklamalari -axir, nahot, hatto, -oq, -yoki. 

3. Inkor yuklamasi -na, na 

4. Ayiruv va chegaralovchi yuklama -gina, faqat 

5. Gumon yuklamasi -dir 

Ta'kid yuklamasi -gina, otlarga ham, sifatlarga ham qo'shilib, turli ma'nolarni beradi. 

 

Undov 




 

42 


Undovlar  mustaqil  so'zlardan  ham,  yordamchi  so'zlardan  ajralib  turadi.  Ular  alohida 

turkumni tashkil qiladi. 

Undovlarni to'g'ri o'qishda punktuasiyaning o'rni muhimdir. 

Undovlarning  hayajon  bildiruvchi  (o,  oh,  e,  iye,  ux-ux,  voy,  dod,  faryod)  va  buyruq-xitob 

bildiruvchi turlariga to'xtalinadi-xoy, hey, ey, pisht, kisht, tu-tu, beh-beh, allo, xayr, salom, raxmat, 

marhamat, tashakkur, xormang, balli, ofarin. 

 

Taqlid so'zlar 

Tovushga taqlid so'zlar: xah-xah, xi-xi, inga-inga, kult-kult, miyov-miyov. 

Holatga taqlid so'zlar: yalt-yult, lip-lip, milt-milt. 

 

Modal so'zlar 

Gapda ifodalangan fikrga turli ma'no beruvchi so'zlardir. 

Aniqlikni tasdiqlovchi so'zlar: albatta, shubhasiz, shaksiz, so'zsiz, haqiqatdan, darhaqiqat. 

Taxmin-gumon bildiruvchi so'zlar: ehtimol, chamasi, shekilli, aftidan, chog'i, balki. 

Afsuslanishni bildiruvchi so'zlar: afsus, attang, esiz, afsuski 

Ajablanishni bildiruvchi so'zlar: ajabo 

Fikr tartibini: avvalo, dastlab 

Fikr xulosani: xullas, demak, umuman 

Fikrni ta'kidlash, ajratib ko'rsatish: masalan, jumladan, xususan, chunonchi 

 



Download 245.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling