O`zbеkistоn rеspublikasi


Programma magnitli lentadan quyidagicha o‘qiladi


Download 168.37 Kb.
bet5/6
Sana14.10.2023
Hajmi168.37 Kb.
#1701664
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
RDB kurs ishi (1)

Programma magnitli lentadan quyidagicha o‘qiladi: magnit yozuvli lenta magnit golovka yonidan o‘tadi va golovkada EYUK hosil bo‘ladi. Kuchaytirgich olingan signallarni ijrochi mexanizmlarga uzatadi. Lentaning magnit golovkasi yonidan o‘tayotgan lentaning tezligi yozilayotgan paytda tezlikka teng bo‘ladi.
Programmalarni magnit lentadan va qog'oz lentadan o‘qiydigan qurilma. Perfolatsiyalangan qog‘oz lentali programma bir necha yo‘lakchada ma'lum tartibda joylashgan teshiklar tarzida yoziladi. Programma polzunning tok o‘tkazuvchi shifti yordamida o‘qiladi. Polzun planka ustida u bo‘ylab suriladigan lenta bilan birga vertikal holga harakatlanadi. Teshiklar shtift tagidan o‘tayotganda shtift zanjirni plankaga tutashtiradi va tegishli komandalarni beradi.
Programma kod ko‘rinishida yozilishi mumkin. Bu hol programma ishlanadigan yuza koordinata nuqtalarining shifrlangan raqamli qiymatlari yonida beriladi. Programma deshifratorga keladi, o‘qiladi va signallar boshqaruvchi signallarni hosil qilish uchun hisoblash qurilmasiga uzatiladi.
Boshqarishning 2-tipi: berk va ochiq tiplari mavjud. Ijrochi organlar aniq suriladigan hollarda boshqarishning ochiq tipi qo‘llaniladi. Bunda boshqarilayotgan zvenoning surilishi boshqarish programmasining signallariga aniq mos kelishi lozim. Boshqarishning berk tipida teskari aloqa qo'llaniladi. Texnologik jarayon buzilganda komandaga tuzatish kiritiladi yoki bitta komanda tugagach, yangi komanda beriladi.
Uch koordinata bo'yicha programma yordamida boshqaradigan sistema ishlanadigan buyumning berilgan o‘lchamlar va shaklda chiqishni ta'minlaydi, shpindelning belgilangan aylanish chastotasini tanlaydi, supportni suradi, tezlashtirilgan siljitishlarni ulaydi, asbobni almashtiradi, sovitish sistemasini ishga tushiradi hamda qirindini yig‘ib oladi. Programma kodda sakkiz yo‘lli magnitli lentaga eziladi.
Sonli programma yordamida boshqarish sistemalarining bir necha avlodi o‘zgardi. 1968-1975 yillarda diskret yarim o‘tkazgichli elementar baza asosidagi sonli programma yordamida boshqarish vositalari ishlab chikilgan edi. Bu sistemalar birinchi avlodga mansubdir.
1972-yilda ularning o‘rnini integratsiya darajasi kichik bo‘lgan integral mikrosxemalar asosidagi vositalar egalladi. Bular sonli programmalar yordamida boshqarish sistemalarinig ikkinchi avlodi edi.
1980-yillarda katta integral sxemalar (KIS), mikroprotsessorlar (MP), va mikro-EXM asosida yaratilgan sonli programma yordamida boshkarish sistemalari joriy etila boshlandi. Bular sonli programma yordamida boshqarishning uchinchi avlodiga kiradi.
Stanokning sonli programma yordamida boshqarish sistemasini boshqarishning klassik sistemasi deb qarash mumkin. Uning tarkibiga boshqarish ob'ekti va tashqi muxit haqida axborot manbalari, ijrochi qurilmalar, xisoblash-boshqarish qurilmasi kiradi.
Programma asosida boshqarishning analogli sistemalarida informatsiya programma beruvchidan yoki teskari aloqa datchigidan taqqolovchi qurilmaga sonli kodda emas, balki o'zgartirilgan ko'rinishda boradi. Berilgan songa proporsional bulgan analogdan foydalaniladi.
Programma asosida boshqarishning kodli sistemalari maxsus kodli datchiglardan foydalanishga asoslangan. Xaqiqiy siljishning sonli koddagi ko'rsatgichlari datchikdan olinadi va perfolentadan xisoblanayotgan programmaga taqqoslanadi.
Programma asosida boshqarishning impulsli sistemalarida dastlabki programmadan tushadigan impulslar sonini xaqiqiy siljish kattaligiga muvofiq teskari aloqa datchigi ishlab chiqqan impulslar soniga taqqoslash prinsipidan foydalaniladi. Impulsning berilgan sonlari xamda teskari aloqa datchigi ishlab chiqqan sonlari mos kelganda yuritish dvegateli uzib qo'yiladi.
Programma asosida boshqarish sistemalari texnalogik vazifasiga ko'ra pozitsion va konturli turlarga bo'linadi. Odatda, stanok ish organlarining mustaqil siljishi uchun sonli dastur yordamida boshqarishning pozitsion sistemalari to'g‘ri burchakli kordinatalarda beriladi. Ulardan parmalash va koordinatali yunib kengaytirish stanoklarini avtomatlashtirish uchun foydalaniladi. Sonli dastur yordamida boshqarishning konturli sistemalari ish organlarining bir necha koordinatalar bo'yicha mos xolda siljishlari xisobiga murakkab shaklli detallarga ishlov berish uchun mo'ljallanadi.
Sonli programma asosida boshqarishning ikki koordinatali, uch koordinatali, to'rt koordinatali va xatto, besh koordinatali sistemalari qo'llaniladi. Keyingi vaqtda jixozning ishlamay qolishi bilan bog‘liq bo'lgan to'xtab qolishlar vaqtini qisqartirish maqsadida "dastgoh - sonli dastur yordamida boshqarish" sistemasiga diagnoz qo‘yish masalalariga katta axamiyat berilmoqda.
Boshqaruvchi programma bevosita ish o‘rnidagi klaviaturadan qo‘lda kiritiladigan sodda sistemalar keng qo‘llanilmoqda. Ular yakkalab va mayda seriyalab ishlab chiqarishda universal dastgoxlarni konturli boshqarish uchun mo‘ljallangan. Bunday sistemalardan foydalanish natijasida yuqori aniqlik saqlangani xolda dastgoxni qayta sozlash vaqti qisqaradi. Sistemani ixchamligi tufayli uni bevosita dastgoxga o‘rnatish mumkin.
Sonli dastur yordamida boshqarish qurilmalari bo‘lgan dastgohlarni guruxli boshqarish sistemalari (bir necha dastgohlarni boshqarish uchun) quyidagi funksiyalarni bajaradi

  • detallarga ishlov berish programmasi taqsimlaydi;

  • datsgohlar ishini kontrol qiladi va xatolarni aniqlaydi;

  • datsgohlarni boshqarish uchun zarur ma'lumotlar beradi;

  • datsgohlar xolatini baholaydi;

  • programmalarni ish o‘rnida tekshiradi hamda tuzatadi va hokazo.




Download 168.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling