O’zbekiston respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo’mitasi
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Hisobot
Yog‘siz sut. Yog‘i olinmagan sutni separatsiyalashda uni yog‘siz sut (yog‘siz
qismi) va qaymoqga (yog‘li qism) ajralishi sodir bo‘ladi. Yog‘siz sut yog‘i olinmagan sutdan yuqori miqdordagi yog‘sizlantirilgan quruq sut qoldig‘ini (YoQSQ) mavjud bo‘lishi bilan farqlanadi va uning zichligi 1030-1035 kg/m 3 ni tashkil qiladi. Ayron. Ayron, sariyog‘ ishlab chiqarish, qaymoqni kuvlash bosqichlarida yoki separatsiyalashda xosil bo‘ladi va qaymoqni kuvlanmaydigan suyuq qismini tashkil qiladi. Ayronda sut yog‘i yaxshi dispergirlangan xolatda bo‘lib, yog‘ shariklarining ko‘p qismi 1 mkm dan mayda o‘lchamga ega. Ayron oqsilida yog‘i olinmagan sut oqsillarining deyarli barcha fraksiyalari mavjud bo‘lib, jumladan almashinmaydigan aminokislotalar to‘plamiga ega. Ayronni zichligi 1030-1033 kg/m 3 ni tashkil qiladi. Quyidagi ayron turlari farqlanadi: - sariyog‘ni, davriy (I) va uzluksiz (II) sariyog‘ ajratgichlarda qaymoqni kuvlash (QK) usulida ishlab chiqarishda olingan ayron; - sariyog‘ni, yuqori yog‘li qaymoqni o‘zgartirish (YuYoQO‘) usulida (III) ishlab chiqarishda olingan ayron Komponentlar Ayron I II III Quruq moddalar 9,1 9,1 8,8 jumladan: Oqsil 3,2 3,2 2,9 Sut yog‘i 0,5 0,7 0,5 Laktoza 4,7 4,7 4,8 Mineral moddalar 0,7 0,7 0,6 Sut zardobi. Sut zardobi pishloq, tvorog va kazein ishlab chiqarishdagi qo‘shimcha mahsulot hisoblanadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turiga bog‘liq holda pishloq osti, tvorog va kazein zardobi olinadi. Pishloq, tvorog va kazein ishlab chiqarish jarayonida sut zardobiga sutning 50 % quruq moddalari o‘tadi. Sut asosiy komponentlarining sut zardobiga o‘tish darajasi asosan ularni zarrachalari o‘lchami bilan belgilanadi Komponentlar Zarrachalar o‘lchami, nm Sut komponentlarini zardobga o‘tish darajasi, % Sut yog‘i 1000-5000 6,3-12,4 Oqsil: Kazein 100-200 21,4-25,1 Albumin 15-50 91-100 Globulin 25-50 90-100 Laktoza 1-1,5 88-99,3 Mineral tuzlar 0,2-2 61,8-88,5 Quruq moddalar - 49,2-50,7 Sut zardobini tarkibi va xususiyatlari asosiy mahsulot ko‘rinishi va uni olish texnologiyasi xususiyatlari bilan belgilanadi Ko‘rsatkichlar Sut zardobi Pishloq osti tvorogli kazeinli Quruq moddalar miqdori, % 4,5-7,2 4,2-7,4 4,5-7,5 Jumladan: Laktoza 3,9-4,9 3,2-5,1 3,5-5,2 azotli moddalar 0,5-1,1 0,5-1,4 0,5-1,5 mineral moddalar 0,3-0,8 0,5-0,8 0,3-0,9 Sut yog‘i 0,2-0,5 0,05-0,4 0,02-0,1 Kislotaligi, 0 T 15-25 50-85 50-120 Sut zardobi quruq moddalarini asosiy komponenti laktoza hisoblanib, 70 % dan ko‘proq miqdorda mavjud. Sut zardobining oqsilli azotli birikmalari tarkibi jadvalda keltirilgan Oqsillar fraksiyalari Miqdori, % Izoelektrik nuqta, rN Denaturatsiya harorati, 0 S Laktoalbuminli 0,4-0,5 v-laktoglobulin A 5,2 75-110 v- laktoglobulin V 5,1 60-95 v-laktoglobulin (A+V) 5,3 60-95 v- laktoglobulin S 5,33 60-90 Zardob albumini 4,7 60-95 Laktoglobulinli 0,06-0,08 Evglobulin 6 75-90 Psevdoglobulin 5,6 75-90 Proteozopentonlar 0,06-0,18 5,3 70-100 Zardob oqsillari arginin, gistidin, metionin, lizin, treonin, triptofan va leysinning qo‘shimcha manbalari xisoblanadi. Bu esa ularni organizm tomonidan strukturaviy almashinuv, asosan jigar oqsillarini regeneratsiya qilish, qon gemoglobini va plazmasini xosil bo‘lishida foydalaniladigan to‘laqonli oqsillarga tegishli deb asoslashga imkon beradi. Tuzli pishloq osti zardobda osh tuzi miqdori 0,5-2,3 % ni tashkil qiladi. Sut zardobini zichligi 1022-1027 kg/m 3 . Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling