Kirish.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
FARMONI
MAMLAKATNING OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI YANADA TA’MINLASH CHORA-
TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mamlakatda eksport-import operatsiyalarini tartibga solish va soddalashtirish,
talab yuqori
bo‘lgan oziq-ovqat tovarlarini import qilishda to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, tashqi iqtisodiy
faoliyat sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha izchil chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu
bilan birga, nosog‘lom raqobat, oziq-ovqat mahsulotlari importining ayrim xo‘jalik
yurituvchi sub’yektlar tomonidan monopollashtirilishi, sun’iy taqchillikni yuzaga keltirish va ba’zi
tovarlar uchun narx-navoning asossiz oshirilishi, oqibatda, bu asosda qo‘shimcha
foyda olish uchun
shart-sharoitlar yaratuvchi jiddiy tizimli muammolar saqlanib qolmoqda.
Bozorda ayrim import qiluvchilarning ustun mavqega ega bo‘lishiga ular uchun individual
imtiyoz va preferentsiyalarning taqdim qilinganligi, ularning faoliyati uchun eksklyuziv sharoitlar
yaratilganligi ko‘maklashgan, bu esa boshqa tadbirkorlik sub’yektlarining bozorga kirish imkoniyatini
cheklashga olib kelmoqda.
Mazkur sohada yuzaga kelgan vaziyat ishchanlik faolligini va O‘zbekistonning investitsiyaviy
jozibadorligini pasaytiradi, xalqaro maydonda mamlakatning obro‘siga jiddiy ziyon yetkazadi.
Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash,
bozorni sifatli, xavfsiz va arzon
oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish, aholining xarid imkoniyatlarini mustahkamlash, tashqi iqtisodiy
faoliyatni liberallashtirish va sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish, shuningdek,
mazkur sohadagi
mavjud tizimli muammolarga barham berish maqsadida:
1. 2018 yil 1 fevraldan boshlab O‘zbekiston Respublikasiga
oziq-ovqat tovarlarini import