O’zbekiston respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo’mitasi


MAHSULOTLAR VA XIZMATLARNI SERTIFIKATLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/25
Sana17.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1525567
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Hisobot

MAHSULOTLAR VA XIZMATLARNI SERTIFIKATLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA 
 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasida mahsulotlar, xizmatlar va boshqa ob’yektlarni shu 
jumladan ishlab chiqarish jarayonlarini, menejment tizimlarini, muvofiqlikni baholash sohasida 
xodimlar sifatida ishtirok etishga talabgor mutaxassislarni (matnda bundan keyin «mahsulotlar» deb 
yuritiladi) 
sertifikatlashtirishning 
huquqiy, 
iqtisodiy 
va 
tashkiliy 
asoslarini, 
shuningdek 
sertifikatlashtirish ishtirokchilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilab beradi. 
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 11 dekabrdagi O‘RQ-381-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2014 y., 50-son, 588-modda)
 
I BOB. UMUMIY QOIDALAR 
 
Mazkur Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar ishlatilmoqda: 
«sertifikatlashtirish milliy tizimi» — davlat miqyosida amal qiladigan, sertifikatlashtirish 
o‘tkazishda o‘z tartib va boshqaruv qoidalariga ega bo‘lgan tizim; 
«mahsulotlarni sertifikatlashtirish» (matnda bundan keyin «sertifikatlashtirish» deb yuritiladi) 
— mahsulotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlashga oid faoliyat; 
«muvofiqlik sertifikati» — sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini 
tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga binoan berilgan hujjat; 
«muvofiqlik belgisi» — muayyan mahsulot yoxud xizmat aniq standartga yoki boshqa normativ 
hujjatga mos ekanligini ko‘rsatish uchun mahsulotga yoxud ko‘rsatilgan xizmatga doir hujjatga 
qo‘yiladigan, belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan belgi; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
«mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) sertifikatlashtirish tizimi» — ayni bir xil standartlar va 
qoidalar qo‘llaniladigan muayyan mahsulotlar, ishlar yoki xizmatlarga taalluqli sertifikatlashtirish 
tizimi; 
(1-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 11 dekabrdagi O‘RQ-
381-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2014 y., 50-son, 588-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
«sifat bo‘yicha ekspert-auditor» — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda attestatsiyadan 
o‘tkazilgan, muvofiqlikni baholash sohasidagi ishlarni olib borish uchun tegishli malakaga ega bo‘lgan 
mutaxassis; 
«sertifikatlashtirish bo‘yicha inspektsiya organi» — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
akkreditatsiya qilingan, sertifikatlashtirilgan mahsulotlar ustidan sertifikatlashtirish organlarining 
topshirig‘iga ko‘ra inspektsiya nazoratini amalga oshiruvchi yuridik shaxs; 
«sertifikatlashtirilgan mahsulotlar ustidan inspektsiya nazorati» — sertifikatlashtirilgan 
mahsulotlarning sertifikatlashtirilayotganda belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida 
amalga oshiriladigan sertifikatlashtirilgan mahsulotlarni davriy takroriy baholash tartib-taomili. 


 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling