O’zbekiston respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo’mitasi


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/25
Sana17.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1525567
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Bog'liq
Hisobot

 
 
 
Yog‘siz sutdan olinadigan mahsulotlar 
Sutni separator – qaymoq ajratgichlarda separatsiyalashda qaymoq va yog‘siz sut 
olinadi. Yog‘siz sutni chiqishi, separatsiyalanadigan sut massasini taxminan 90 % ni 
tashkil qiladi, yog‘siz sutdagi yog‘ miqdori 0,05 % dan oshmasligi lozim.
Yog‘siz sut toza, begona ta’mlarsiz, massasi bo‘yicha bir jinsli, ozroq ko‘kimtir 
tusdagi oq rangga, cho‘kma va parchalarsiz bir jinsli konsistensiyaga ega bo‘lishi kerak.
Yog‘siz sutni zichligi 1029-1031 kg/m
3
, kislotaligi 17-21 
0
T ni tashkil qiladi. 
Separatsiyalashda olingan yog‘siz sut 6-8
0
S gacha sovitilishi kerak.
Yog‘siz sutdan olinadigan mahsulotlar nomenklaturasi va tasnifiYog‘siz sutdan 
olinadigan sut maxsulotlarining asosiy turlari, o‘ndan ortiq ichimlik yog‘siz sutlar, 
yigirmadan ortiq sut-qatiq mahsulotlari, tvorogli mahsulotlar va pastasimon oqsilli 
mahsulotlar, sut konservalari, pishloqlar, muzqaymoqlar va boshqa mahsulotlar 
hisoblanadi.
Yog‘sizlantirilgan sut mahsulotlaridan tashqari, bevosita iste’mol uchun sut oqsilli 
konsentratlar ishlab chiqariladiki, ular asosan turli oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab 


chiqishda oqsilli qo‘shimchalar sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari, yog‘siz sut yosh 
qishloq xo‘jaligi xayvonlari uchun yog‘i olinmagan sut almashtiruvchilarini ishlab 
chiqarishda ham ishlatiladi.
Yog‘siz sutdan olinadigan yoki undan foydalanilib ishlab chiqariladigan sut 
maxsulotlarini asosiy ko‘rinishlari quyidagilar xisoblanadi.
Ichimlik yog‘siz sut: yog‘siz sut, vitaminlashtirilgan yog‘siz sut, kakaoli yog‘siz 
sut, kofeli yog‘siz sut, oqsilli sut, pishirilgan (toplenoe) yog‘siz sut. 
Sut-qatiq mahsulotlari: yog‘siz kefir, Tallin kefiri, sigir sutidan olinadigan yog‘li 
qimiz, qimiz uchun quruq sut aralashmasi, yog‘siz oddiy qatiq (prostokvasha), atsidofil 
ichimliklari, yogurt, “Molodost” sut-qatiq mahsuloti, “Moskovskiy” ichimligi
“Lyubitelskiy” ichimligi, “Snejok” ichimligi va boshqalar. 
Oqsilli sut-qatiq mahsulotlari: yog‘siz tvorog, yumshoq parxez tvorog, yog‘siz 
parhez, kislotaligi past tvorog, tvorogli mahsulotlar va boshqalar. 
Sut oqsilli pastalar: “Zdorove”sut oqsilli pasta, yog‘siz shirin atsidofil pastasi
“Qurt” sut-qatiq mahsuloti, sutli puding va boshqalar. 
Pishloqlar: parxez pishloq, litva parxez pishlog‘i, “Chechil” yog‘siz namakobli 
pishloq, yog‘siz namakobli pishloq va boshqalar. 
Sut konservalari: quyultirilgan yog‘siz sut, yog‘siz quyultirilgan shakarli sut
o‘simlik yog‘i va shakar bilan quyultirilgan sut, quruq yog‘siz sut, o‘simlik yog‘i bilan 
quruq sut.
Sut oqsilli konsentratlar: texnikaviy kazein, kislotali kazein xom ashyosi, kislotali 
oziqaviy kazein, oziqaviy kazeinatlar, oziqaviy sut oqsili, oziqaviy quruq sut oqsili.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling