O’zbekiston respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo’mitasi


Texnik reglament talablariga javob bermaydigan sut va sut maxsulotlarini


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/25
Sana17.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1525567
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
Bog'liq
Hisobot

 
Texnik reglament talablariga javob bermaydigan sut va sut maxsulotlarini 
yo‘qotish (utilizatsiya).Aytish joizki, texnik reglament talablariga javob bermaydigan 
xom sut, sut va sut mahsulotlari O‘zbekiston Respublikasini “Oziq–ovqat mahsulotlarini 
sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonuni bilan belgilangan, oziq-ovqat mahsulotlari sifati 
va xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat 
nazorati organlari qarori bo‘yicha qayta ishlash yoki yo‘qotish yo‘li bilan yo‘qotiladi.
Yo‘qotilishi to‘g‘risida qaror qabul qilinguncha sut va sut maxsulotlarini saqlash 
aloxida, uning miqdorini ko‘rsatgan xolda va sut maxsulotidan foydalanishga yo‘l 
qo‘ymaydigan sharoitlarga rioya qilgan xolda amalga oshiriladi.
Sut va sut maxsulotlarini yo‘qotish usullari va shartlari uning egasi va tegishli davlat 
nazorati organlari bilan kelishiladi. 
Xom sut, sut va sut maxsulotlarini qayta ishlash yoki yo‘qotilishi uni egasi yoki 
egasi tomonidan ushbu ishlarni shartnoma bo‘yicha bajarilishi so‘ralayotgan tashkilot 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Sut va sut maxsulotlarini yo‘qotish tarkibiga joylardagi davlat xokimiyati organlari, 
davlat nazorati organlari, davlat soliq xizmati organlari va jamoatchilik vakillari kirgan 
komissiya ishtirokida, sut va sut maxsulotini yo‘qotilishi faktini tasdiqlovchi xujjatni 
rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi.
Egasi davlat nazorati organlariga sut va sut maxsulotini yo‘qotilishi faktini 
tasdiqlovchi xujjatni taqdim etadi.
Sut va sut maxsulotlari muvofiqligini baxolash.Sut va sut mahsulotlari 
muvofiqligini baholash identifikatsiyalash yo‘li bilan tayyorlovchi, sertifikatsiyalash 
bo‘yicha organ va davlat nazorati organi tomonidan amalga oshiriladi. Identifikatsiyalash 
deganda sut va sut mahsulotlarini ularni markirovkasi va jo‘natish xujjatlarida keltirilgan 
muhim belgilarga muvofiqligini farqli belgilarni vizual ko‘rikdan o‘tkazish yoki 


mahsulotni sinash natijalari bo‘yicha baholashni amalga oshirish maqsadida aynanligini 
belgilash tushuniladi. Xavfsizlik ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun namunalar olish 
tavfsiflarni texnik reglament talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida amalga 
oshiriladi va texnik tartibga solish sohasidagi me’yoriy xujjatlarga muvofiq o‘tkaziladi.
Texnik reglament talablariga muvofiqlikni tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi 
xududida muomilaga chiqariladigan barcha sut va sut mahsulotlari uchun tegishlidir. 
Texnik reglamentni kuchga kirguniga qadar sut va sut mahsulotlariga berilgan sanitariya-
epidemiologik xulosalar va muvofiqlik sertifikatlari ularni amal qilish muddati 
tugagunicha xaqiqiy hisoblanadi. 
Texnik reglament talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazorati O‘zbekiston 
Respublikasi sog‘liqni saqlash Vazirligi, O‘zbekiston Respublikasini qishloq va suv 
xo‘jaligi Vazirligi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatsiya agentligi 
va ularni xududiy organlari, shuningdek kompetentligi doirasida boshqa maxsus vakolatli
davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Texnik reglament talablarini buzilishida 
aybdor shaxslar qonunchilik bilan belgilangan tartibda javobgarlikga tortiladi.


4. Chorvachilik mahsulotlarini standartlash,metrologiya va

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling