O’zbekiston respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo’mitasi


Mahsulotlar sifatining standart talablari


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/25
Sana17.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1525567
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
Bog'liq
Hisobot

Mahsulotlar sifatining standart talablari 
Standart - standartlash bo’yicha me’yoriy-texnik hujjat bo’lib, standartlash 
obyektiga nisbatan me’yorlar, qoidalar, talablar kompleksini aniqlaydi. Standartning 
turlari: davlat standartlari (ГОСТ), Respublika standartlari (РСТ), tarmoq standartlari 
(ТСТ), korxonalar standartlari (KСТ), shuningdek, Respublika texnik shartlari (РТШ) va 
texnik shartlar (ТШ). 


Standartlar tuzilish, kirish qismi (maqsadi, amal qilish sohasi) va bo’limlar — 1 
sifatga talablar; 2 — qabul qilish qoidalari; 3 — sifatni belgilash uslublari; 4 — qadoqlash, 
tamg’alash, tashish va saqlashni o’z ichiga oladi. 
Qoramol suti sifatiga qo’yiladigan umumiy talablar 
Mol suti standartida uning sifatiga umumiy talablar berilgan. Sut tabiiy bo’lishi 
kerak. Zichligi 1027 kg/m
3

Sog’ilgandan so’ng 24 soat ichida u filtrlanishi va sovutilishi kerak. Sutning harorati 
+10°С dan oshmasligi va qabul punktiga topshirilayotganda esa +6°С dan ortiq 
bo’lmasligi lozim. Sutni muzlatish mumkin emas. Harorati +10°С dan yuqori bo’lgan sut 
sovutilmagan hisoblanib, narxi kamaytirilib qabul qilinadi. Sut tarkibidagi mishyak, 
temir, pestisid qoldiqlari hujjatlarda ko’rsatilgan me’yordan oshmasligi kerak. 
Xom sut standart bo’yicha «Sigir suti» deb belgilangan. «Sotib olish talablari» 3 
navga bo’linadi: oliy, birinchi va ikkinchi. Oliy nav sutdagi kislota miqdori 16-18%, 
tozalik darajasi 1-guruh, bakterial urug’lanishi 300 ming/sm
3
dan oshmasligi kerak. 
Birinchi navda bu ko’rsatkich 500 ming/sm
3
ni tashkil etadi. 
Ikkinchi navli sutda ozgina yem-xashakka oid hid va ta’m bo’lishi mumkin. Kislota 
miqdori 16-20%, bakterial urug’lanishi 500 dan 4000 ming/sm
3
gacha bo’lishi mumkin. 
Termik ishlov berilgan sut navsizdir. 
Bolalar iste’moli va pishloq mahsulotlari ishlab chiqarish uchun oliy va birinchi 
navlardan foydalaniladi. 
Ikkinchi nav talablariga javob bermaydigan, yopiq zonalardan keltirilgan sut 
standartda iste’mol maqsadi uchun, yaramasligi belgilangan. 
Hozirgi kunda sut ishlab chiqarishdagi texnik vositalarga (sog’ish qurilmalari, 
vaakum nasoslar, tranporterlar va yem-xashak tarqatgichlar) bo’lgan standart talablarini 
qayta ko’rib chiqish rejalashtirilmoqda. 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling