O’zbekiston respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo’mitasi


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/25
Sana17.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1525567
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Hisobot

Sutni joylashtirish va saqlash 
Quyultirilgan sut konservalarini og‘irligi 400 g va bundan ortiq qilib, germetik 
tiqinlangan tunuka bankalarga joylanadi. Har qaysi bankada chiroyli qilib bezatilgan 
qog‘oz yorliq bo‘lib, unda vazirlikning va mahsulot tayyorlagan korxonaning nomi, 
mahsulotning nomi, sof og‘irligi, chakana narxi, standart nomeri va qisqa kimyoviy 


tarkibi ko‘rsatilishi kerak. 
Tunuka bankaning tubida va qopqog‘ida litografik usulda shifr (shartli belgilar) 
bo‘rttirib bosilishi kerak. Masalan, quyultirilgan qandli qaymoq bankasi qopqog‘idagi 
208V87 belgisi quyidagilarni bildiradi: 2-smena nomeri (zavod bir smenada ishlaydigan 
bo‘lsa bu raqam qo‘yilmaydi); 08 - mahsulot tayyorlangan kun; V - mahsulot 
tayyorlangan oy (harflar alfavit tarkibida qo‘yiladi: A - yanvar, B - fevral, V - mart, 3 
raqami bilan adashtirish mumkin bo‘lgani uchun Z harfi qo‘yilmaydi); 87 - qandli 
quyultirilgan qaymoqning assortiment nomeri (76 - qandli quyultirilgan sof sut; 77 - 
quyultirilgan sutli va qandli tabiiy kofe; 80 - sterilizatsiyalangan quyultirilgan sut). 
Bankaning tubidagi M232 belgisi shunda yoyib o‘qiladi: M - sut yoki go‘sht konserva (R 
- baliq, K - sabzavot, meva va h.k.); 23 - tayyorlagan zavod nomeri; 2 - konservaning 
chiqarilgan yili (shifrdagi so‘nggi belgi). 
Qandli quyultirilgan sut 1 dan 0
0
S gacha bo‘lgan harolratda 12 oy saqlanadi.
Hozirgi vaqtda quritilgan prostokvasha va quritilgan smetana ham chiqariladi. 
Quritilgan prostokvasha asidofil va bolgar tayoqchalardan (bakteriyalardan) hamda 
termofil streptokokdan iborrat tomizg‘i solib achitilgan sutni purkagich qurilmalarda 
quritib olinadi. 
Sut mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi Mamlakatimizni iqtisodiy va 
ijtimoiy rivojlanishi, xalqimiz farovonligini tobora oshirish, shuningdek, xalqimizni oziq-
ovqat turlariga va, ayniqsa, sut va sut mahsulotlariga bo‘lgan talabni to‘la qondirish eng 
muxim masalalardan hisoblanadi. 
Sut yetishtirishni jadallashtirish ko‘p jixatdan ishlab chiqarish jarayonlarini 
intensiv texnologiya asosida olib borishni taqozo etadi. Ayniqsa, mollarning biologik 
xususiyatlarini xisobga olgan xolda ulardan potensial yuksak darajada foydalana olish 
sigirlarni mashinalar yordamida sog‘ish tadbirlarini to‘g‘ri va talab asosida amalga 
oshirish, ularni servitaminli, to‘la qimmatli, to‘yimli yem-xashak bilan uzluksiz 
ta’minlash, toza va yorug‘ xonalarda saqlash, gigiena talablariga rioya qilish, buzoqlarni 
to‘g‘ri va muayyan maqsad uchun parvarishlash va semirtirish, suv ta’minotini har 
tomonlama yetarli xolda amalga oshirish va bu borada mexnat unumdorligini oshirish 
muxim axamiyat kasb etadi. 
Ayniqsa, sut yetishtirish sermashaqqatli va murakkab bo‘lgan xolda juda ko‘p va 
o‘ta nozik tadbirlarni amalga oshirilishini talab etadi Binobaarin, sut mahsulotlari 
(sariyog‘, qaymoq, pishloq, qatiq suzma va xokozo)larni to‘yimli va mazali xamda 
muattar xidli bo‘lishi ko‘p jixatdan sog‘ib olinadigan sutning sifatiga bog‘liqdir. Bu esa, 
birinchi galda, hayvonlarning yemishi va ularning turi, to‘yimliligi hamda salomatliligi 
bilan bog‘liq xolda bo‘ladi. Kasal sigirlardan xech qachon sifatli sut yetishtirib 
bo‘lmasligi xammaga ayon. Bunday sutlardan biror mahsulot yetishtirilmaydi va 
buzoqlarga ichirish xam man etiladi. 


Bulardan tashqari, sifatli sut yetishtirishda sanitariya va boshqa gigiena talablariga 
rioya qilish, ozodalikka aloxida e’tibor berish va ayniqsa, sog‘ib olingan sutning sanitar 
xolatiga bo‘lgan talab yuqori darajada bo‘lmog‘i lozim. 
O‘zbekiston xo‘jaliklarida sigir suti ishlab chiqarish yil sayin ortib bormoqda. Buni 
birinchi galda fermer xo‘jaliklari misolida ko‘rish mumkin. Ayniqsa, mahsulot sifatini 
oshirish, so‘ngra sigirlar naslini va parvarishini yaxshilash ishlari keng tus olgan. Lekin, 
zamonaviy sog‘ish apparatlari, kichik avtomat-mexanizmlar, maxsus asbob-uskunalarni 
topish va sotib olish ishlari xanuz oqsab kolmoqda. Ko‘plab xo‘jaliklarda va sutchilik 
fermalarida sut qabul qilish xonalarini va maxsus sut laboratoriyalarini tashkil qilish, 
sog‘ib olingan sutga dastlabki ishlov berish ishlari va bu borada zamonaviy sut 
sovutgichlar bilan ta’minlash ishlari o‘lda-jo‘lda davom etib kelmoqda. 
Barcha xo‘jaliklarda bu tadbirlarni amalga oshirish ko‘p jixatdan fermalarni 
zamonaviy asbob-uskunalar va mexanizmlar bilan ta’minlashda malakali xodimlar 
bo‘lishi lozim. 
Umuman, barcha sutchilik fermalarida olib boriladigan texnologik jarayonlar 
sigirlarda ko‘p va sifatli sut sog‘ib olish bilan bir qatorda uning sifatini pasaytirmagan 
xolda maxsus tashkilot (sut zavodi, sutchilik sexlari, sotish korxonalari va xokozo) larga 
yetkazib berishdan iboratdir. 
Barcha xo‘jaliklarda va sut-tovar fermalarida foydalaniladigan apparat va 
mexanizmlar me’yor darajada ishlash quvvatiga va imkoniga ega bo‘lish kerak. Ular 
uchun zaxira qismlar bo‘lishi kerak. Barcha asbob-uskuna, avtomat va mexanizmlarning 
uzoq vaqt uzluksiz ishlashini ta’minlash lozim. Bunda texnika xavfsizligiga aloxida 
e’tibor bergan xolda yuqori texnikaviy xamda iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish talab 
etiladi. Shuningdek, mexnat unumdorligining yuqori bo‘lishi, maxsulot tannarxining 
arzon bo‘lishi eng muxim ko‘rsatkichlardan biri xisoblanadi. 
Barcha fermalarda texnologik ish jarayonlarini sifatli va mas’uliyat bilan olib 
borishda fermerlar malakasining yuqori bo‘lishi, xar bir mashina, mexanizm va 
apparatning tuzilishi, ishlash prinsiplarini yaxshi bilishi va ulardan unumli foydalanish 
chora-tadbirlarini to‘g‘ri tushungan bo‘lishi lozim. Shundagina xar bir fermer va xar bir 
ferma katta va ijobiy natijalarga erisha oladi. Olingan sut sifatli va ko‘p bo‘ladi. O‘z 
oldiga qo‘ygan maqsadlarga erishish imkoni tezlashada. 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling