O’zbekiston respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo’mitasi


Ekologik xavfsizlikka bo`lgan talablar


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/25
Sana17.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1525567
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Bog'liq
Hisobot

Ekologik xavfsizlikka bo`lgan talablar. 
Ekologik xavfsizlikni ta’minlash quyidagilar vositasida ta’minlanadi: 


- shtatsiz (jumladan avariya xolatlarini ham) vaziyatlarni yuzaga kelishiga yo`l 
qo`ymaslikni, atrof muxitga salbiy ta’sir ko`rsatmaslikni ta’minlovchi konstruktiv 
tavfsifga ega bo`lgan mashin va jixozlar, shuningdek texnologik jarayonlardan 
foydalanish; 
- atrof muxitga salbiy ta’sir darajasini minimumga yetkazishga qaratilgan 
chiqindilarni, ifloslantiruvchi moddalarni tozalashning usul va texnologiyalaridan, xosil 
bo`layotgan chiqindilarni yo`qotish texnologiyalaridan foydalanish.
Sut va sut maxsulotlarini o‘ralishiga bo‘lgan talablar.Sut va sut mahsulotlarini 
o‘rash va markirovkalashga bo‘lgan talablar ularni o‘rash va markirovkalash talablari 
asosida shakllanadi. Sut va sut mahsulotlarini o‘ralishi mahsulotni barcha yarog‘lilik 
muddati davomida uni xavfsizligini va muomila jarayonida iste’mol xususiyatlarini 
ta’minlashi lozim. Sut maxsulotlari bilan kontaktda bo‘ladigan barcha turdagi o‘rash 
materiallari O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash Vazirligi tomonidan ruxsat 
etilgan bo‘lishi kerak. O‘ram germetik bo‘lishi kerak va xar qanday ifloslanish oldini 
olgan xolda, belgilangan kafolatli saqlash va/yoki yarog‘liligi muddatlari davomida 
jo‘natish, saqlash va sotishda maxsulot saqlanuvchanligini ta’minlashi lozim.
 
Sut va sut maxsulotlarini markirovkalashga bo‘lgan talablar.Sut va sut 
mahsulotlarini markirovkalashda ishlab chiqaruvchi iste’molchiga zaruriy va ishonchli 
axborotni taqdim etishi zarur. Markirovka texnik reglament, shuningdek texnik tartibga 
solish sohasidagi me’yoriy xujjatlar talablariga javob berishi kerak.
Quyidagilarni ko‘rsatgan holda transport tarasini tamg‘asi GOST 11826 bo‘yicha 
tarani yon tomonlarini biriga yuvilmaydigan buyoq bilan muxr, trafaret, yorliqni 
yelimlash yordamida qo‘yiladi yoki har tara birligiga suqma varaq solinishi yoki yorliq 
osilishi kerak:
-tayyorlovchi korxona nomi, mulkchilik shakllari, manzili va telefoni; 
-tayyorlovchini tovar belgisi (mavjud bo‘lganida); 
-maxsulot nomi; 
-yog‘ miqdori; 
-birlik iste’mol tarasidagi maxsulotni netto, g (sm
3
); 
-iste’mol taralarini soni; 
-OzDSt 5,8 bo‘yicha muvofiqlashtirish belgisi; 
-saqlash sharoiti; 
-yarog‘lilik muddati (kun, oy, yil); 
-ushbu standartni belgilanishi; 
-maxsulotni ichki bozorda sotilishida “O'zbekistonda ishlab chiqarilgan”, eksportga 
chiqarishda esa “Made in Uzbekistan” yozuvlari. 
Maxsulotni har bir qadoq birligiga GOST 11826 bo‘yicha yuvilmaydigan, xid 
taratmaydigan buyoq yordamida tipografiya, ofset muhri bilan quyidagi axborot belgilari 
ko‘rsatilgan holda tamg‘a qo‘yiladi (shisha taralarga axborot belgilarini bosish usuli 
qo‘yishga ruxsat beriladi): 


-tayyorlovchi korxona nomi, mulkchilik shakllari, manzili va telefoni; 
-tayyorlovchini tovar belgisi (mavjud bo‘lganida); 
-yog‘ miqdori; 
-massasi (xajmi), g (sm
3
); 
-100 g maxsulotni oziqaviy va energetik qiymati; 
-tarkibi; 
-saqlash sharoiti; 
-ishlab chiqarilgan sanasi (kun, oy, yil); 
-yarog‘lilik muddati (kun, oy, yil); 
-ushbu standartni belgilanishi; 
-OzDSt 5,8 bo‘yicha muvofiqlashtirish belgisi; 
-qayd raqami ko‘rsatilgan shtrix-kodi; 
-maxsulotni ichki bozorda sotilishida “O'zbekistonda ishlab chiqarilgan”, eksportga 
chiqarishda esa “Made in Uzbekistan” yozuvlari. 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling