O’zbekiston respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo’mitasi


Sut va sut maxsulotlarini xavfsizligi bo`yicha qo`shimcha talablar


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/25
Sana17.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1525567
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Bog'liq
Hisobot

 


Sut va sut maxsulotlarini xavfsizligi bo`yicha qo`shimcha talablar.Sut va sut 
mahsulotlarini xavfsizligi bo`yicha qo`shimcha talablar quyidagilardan iborat: 
- sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarishda ishlab chiqarishda foydalaniladigan 
xom ashyo va yordamchi materiallar ularni kelib chiqishini tasdiqlovchi jo`natish 
xujjatlariga ega bo`lishi lozim. Xavfsizlik ko`rsatkichlari bo`yicha ular texnik tartibga 
solish soxasidagi me’yoriy xujjatlar bilan belgilangan talablarga javob berishi lozim;
- sut asosidagi bolalar ovqatlanishi mahsulotlari va xom ashyo ionizatsiyalovchi 
nurlanish bilan ishlov berilmasligi lozim; 
- foydalanishga tayyor ivitqilar va probiotik mikroorganizmlar boshqalaridan 
xududiy ajratilgan, izolyatsiyalangan ishlab chiqarish xonalarida ishlab chiqarilgan 
bo`lishi kerak; 
- sut mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan fermentli preparatlar aniq 
texnologik jarayon uchun zarur bo`ladigan aktivlik va tanlanma xususiyatlarga ega 
bo`lishi lozim; 
- sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan texnologik jixozlar, 
quvurlar, saqlash va jo`natish idishlari va inventarь texnik reglament talablariga javob 
beradigan mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan, ularni yuvish, tozalash va 
dezinfektsiyalash imkonini beradigan, oziq-ovqat bilan kontaktda bo`lishi ruxsat etilgan 
materialdan tayyorlangan, sut va sut mahsulotlari bilan kontaktda bo`ladigan ishchi 
yuzalari tekis va adsorbtsiya qilmaydigan materialdan tayyorlangan konstruktiv va 
ekspluatatsion tavfsiflarga ega bo`lishi kerak. 
Sut va sut maxsulotlarini jo`natish va saqlashga bo`lgan talablar.Xom sut va uni 
qayta ishlash maxsulotlarini tashish uchun tez buziluvchan yuklarni tashish qoidalariga 
mos keluvchi va ularni xavfsizligini ta’minlovchi maxsus transport vositalaridan 
(sovutiladigan kuzovlar, refrijeratorlar) foydalanilishi kerak.
Xom sut, sut va sut maxsulotlarini jo`natish ishlab chiqaruvchi tomonidan tashish 
sharoitlarini xisobga olgan holda texnologik xujjatlarda belgilangan saqlash sharoitlari 
va jo`natish usullariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Xom sutni tashishga mo`ljallangan transport vositalarini konstruktsiyasi 
ifloslanishidan asrashi, shuningdek ularni tozalash va yuvish imkoniyatini ta’minlashi 
lozim. 
Sut va sut maxsulotlarini barqaror (begona) xid va uning o`ramini ifloslantiradigan 
yuklar bilan birga tashilishiga yo`l qo`yilmaydi.
Jo`natish va saqlashda sut va sut maxsulotlari ularni kelib chiqishi, xavfsizligi
saqlash sharoitlari va saqlash muddatlarini tasdiqlovchi xujjatlar bilan birga uzatib 
borilishi kerak.
Sut va sut maxsulotlarini realizatsiya qilinishi jarayonida ishlab chiqaruvchi 
tomonidan belgilangan saqlash sharoitlariga rioya qilinishi kerak.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling