O’zbekiston respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo’mitasi


Ikkilamchi sut xom ashyolari aterogen xususiyatlarga ega bo‘lmagan mahsulotlar


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/25
Sana17.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1525567
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Hisobot

Ikkilamchi sut xom ashyolari aterogen xususiyatlarga ega bo‘lmagan mahsulotlar 
Odam salomatligi uchun minimal energetik qiymatida, eng ko‘p miqdorda biologik 
aktiv moddalar va kam miqdorda yuklama beruvchi aterogen moddalarga (yog‘, shakar 
va boshqalar) ega bo‘lgan mahsulotlar katta axamiyat kasb qiladi. Sut mahsulotlaridan 
bunday xususiyatlarga ega bo‘lgan mahsulotlar ikkilamchi sut xom ashyolari hisoblanadi.
Yog‘siz sut nafaqat ko‘p miqdorda oqsil miqdoriga, shuningdek u yog‘i olinmagan 
sutga nisbatan yuqori biologik qiymatli oqsilga ega bo‘lib, ushbu oqsillar parchalanganda 
bevosita ichakdan qonga so‘riladi. Yog‘siz sut ko‘p miqdorda lipotrop antisklerotik
modda – xolinga ega bo‘ladi.
Ayron unchalik yuqori bo‘lmagan energetik qiymati va lipidlarni past darajasiga 
ega bo‘lgan holda, unda fosfolipidlar deb nomlanadigan antiaterosklerotik moddalar 
kompleksiga ega. Fosfolipidlar yog‘ va xolesterin almashinuvini normallashtirishda 


muxim rol o‘ynaydi. Fosfolipidlarga bo‘lgan kunlik extiyoj 5g ni tashkil qiladi. 
Fosfolipidlardan eng axamiyatlisi lesitin xisoblanib, u yadro xujayralarini nukleinli 
strukturalarini yaratishda ishtirok qiladi, qon plazmasida xolesterin darajasini 
me’yorlaydi. 
Sut zardobi asosan laktoza manbai hisoblanib, uning miqdori quruq moddalarni 
70% dan ko‘pini tashkil qiladi. Ichakda laktoza gidrolizini sekin kechishi sababli bijg‘ish 
jarayonlari chegaralanadi va foydali ichak mikroflorasini hayot faoliyati me’yorlanadi. 
Natijada, chirish jarayonlari, gaz xosil bo‘lishi va toksik chirish mahsulotlarini so‘rilishi 
(autointoksikatsiya) sekinlashadi. Zardob oqsillarini o‘ziga xos xususiyati, unda 
oltingugurt saqlovchi va boshqa muhim xayotiy zarur aminokislotalarni optimal to‘plami 
va ballanslanganligi bo‘lib, bu jigar oqsillari, qon gemoglobini va plazmasini tiklash 
uchun eng yaxshi regenerativ imkoniyatlarni ta’minlaydi. Sut zardobida kam miqdorda 
yog‘ bo‘lishiga qaramasdan, ushbu yog‘ni “sifati” antiaterosklerotik yo‘nalganligi nuqtai 
nazaridan yuqoridir.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling