Oromiy Yozuvi asosida yana Xorazm Yozuvi kelib chiqqan. Bu YOzuvning mil.avv. I-IV asrlarga oidlari Oybuyrqal’adan topilgan. Mil.avv. IV-III asrlarga oidlari Qo’yqirilganqal’adan topilgan.
So’g’d Yozuvi va Xorazm Yozuvlari asosida 25 harfdan iborat Toxariston Yozuvi shakllangan,bu Yozuv ko’ndalangiga chapdan o’ngga qarab bitilgan.
So’g’d Yozuvi asosida Turk Yozuvi shakllangan,bu Yozuv fanda ko’k turk yoki Runik bitiglari deyiladi, XVII asrdan o’rganila boshlangan. Sibir, Mo’g’iliston (Tunyuquq,Kultegin, Bilga Xoqon,Ongin bitiglari),Oltoy,O’rta Osiyo (Farg’ona, Ettisuv,Zarafshon vodiysi) dan topilgan. 38-40 harfdan iborat bo’lgan.
Oromiy Yozuvi asosida yana Kushon (bu Yozuv burchakli, to’trburchakli va aylana shaklda bo’lgan) – Baqtriya Yozuvi shakllangan, bu YOzuv qoldiqlari qadimgi Termiz shahridan topilgan.
Oromiy Yozuvi asosida yana Baqtriya Yozuvi, Baqtriya Yozuvidan esa Eftaliylar Yozuvi (25 harfli) shakllangan.
So’g’d Yozuvi va Xorazm Yozuvlari asosida yana bir Yozuv Uyg’ur Yozuvi kelib chiqqan, Uyg’ur Yozuvidan Manjur hamda Mo’g’ul Yozuvlari shakllangan.
Hozirgi kunda er yuzida 5 ta Yozuv asosida tuzilgan Yozuv sistemalari tarqalgan :
1.Lotin Yozuvi grafikasidan – dunyo aholisining – 30 % ga yaqini foydalanadi.
2. Fonetik Arab Yozuvi grafikasidan – dunyo aholisining –10 % ga yaqini foydalanadi.
3.Slovyan – Krill Yozuvi grafikasidan – dunyo aholisining – 10 % ga yaqini foydalanadi.
4.Grafik – Xitoy Yozuvi grafikasidan – dunyo aholisining – 25 % ga yaqini foydalanadi.
5.Bo’g’inli – Hind Yozuvi grafikasidan – dunyo aholisining – 20 % ga yaqini foydalanadi.
Epigrafika Ynoncha epi va grafika so’zlaridan olingan bo’lib, “buyumga yozilgan” degan ma’noni bildiradi. Epigrafika fani asosan tosh, sopol, metall, va boshqa qattiq buyumlarga bilgan qadimgi va o’rta asr Yozuvlarini urganuvchi fandir. Uyg’onish davrida Qadimiylikka, chunonchi Qadimgi sharq va qisman qadimgi “Bibliya” ga qiziqish kuchaygan paytda paydo bo’lgan. Epigrafika fani dastlab Italiya, Yunoniston, Shimoliy Afrika va Falastindan topilgan oltin, Yunon, etrusk, qadimgi yaxudiy, finikiya puni yodgorliklarigagina ega edi. XIX asrning o’rtalaridan Epigrafika ayniqsa tez rivojlana boshladi.
Epigrafika fani qattiq buyumlarga yozilgan YOzuvlarni o’rganadi. Qo’lyozmalarni esa poligrafiya fani o’rganadi.
Qadimgi davrda qog’oz taqchil bo’lgan paytda qattiq materiallardan Yozuv vositasi sifatida foydalanish juda keng tarqalgan. Yozuv uchun yumshoq materiallar teri, papirus, va pergamentlardan ham foydalanganlar. Lekin bu yumshoq materiallar vaqt o’tishi bilan chirigan yoki yaxshi saqlanmagan shuning uchun qadimgi dunyo tarixini o’rganishda asosiy manbaa bo’lib Epigrafik yodgorliklar maydonga chiqadi.
Deshifrovka noma’lum YOzuv bitilgan matnni o’qish demakdir. Buning uchun tatqiq etilgan yozvuvdagi belgilarni o’sha belgilar bilan yozilgan tildagi so’zlarga o’xshatish, matnlashtirishdir.
“Deshifrovka” tushunchasi keng ma’noda aytilganda odatda yozma yodorliklar ustida ijtimoiy olib boriladigan uch xil ishni o’z ichiga oladi.
- Birinchi, variantda tatqiqotchi noma’lum tilda, biroq ma’lum YOzuvda bitilgan xat yoki xujjatni tushunib olishi va o’qishi kerak. Masalan, xett mixxtida yozilgan matn va etrusk tilini yoki bizga yanada tanishroq misol – Portugaliyada lotin alifbosidan foydalanishni olaylik. Agar portugal lug’ati va grammatikasi bo’lmasa, portugalcha matnni qanday qilib o’qish mumkin? Buning uchun tatqiqotchi so’zlarning ma’nosini tushunishi va gramatik formalarini bilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |