O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vaziriligi qo’qon davlat pedagogika instituti tabiiyot va geografiya fakulteti
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Xulosalar.
1. Neft azotli asoslarini tadqiq etish bo’yicha ilmiy manbalar o’rganildi va ularning tarkibi, tuzilishini o’rganish tizimi ishlab chiqildi. 2. Farg’ona tovar neftining yuqori xaroratda qaynovchi fraktsiyasidan azotli asoslar kislotali ekstraktsiya usulida ajratib olinib, uning elementar tarkibi aniqlandi va erituvchilarning elyuatrop qatoridan foydalanib kichik faraktsiyalarga ajratildi. 3. Azotli asoslarning kichik faraktsiyalari tarkibi murakkab aromatik va geteroorganik aralashmalardan iboratligi sababli ularning analizida yupqa qatlam xromotografiyasidan foydalanish maqsadida model birikmalarning tabiati alyuminiy oksidning yupqa qatlamida tadqiq etildi. 4. Erituvchi-xarakatlanuvchi fazaning tabiatiga bog’liq xolda analiz qilinayotgan azotli asoslar ajralish tartibi o’zgarishi mumkinligi aniqlandi. Analiz o’tkazilgan sharoitda aromatik uglevodorodlar, sulьfidlar va tiofenlarning ajralish tartibida ham o’zgarish kuzatildi. 5. Tadqiqotlar natijasida quyidagilar aniqlandi: metilen xlorid xarakatlanuvchi fazaga faol qo’shimcha sifatida qo’shilganda analiz qilinayotgan birikmalar aromatik xalqaning ortib borish tartibida elyuirlanadi; dioksan qo’llanilganda esa moddalarning ajralishi bog’lanmagan elektron juftlarning adsorbent bilan ta’sirlashishi va fazoviy xolatiga bog’liq xolda sodir bo’ladi. 6. 0,5 % titan (III)-oksidi qo’shilgan zaharlangan Al-Co-Mo katalizatori xinolinlarga nisbatan tanlab ta’sir etish xossasini namoyon qildi. 230ºS da Ar–N bog’ning uzilishi hosil bo’lgan moddalarga ko’ra dastlabki moddaning tuzilishini aniqlash mumkinligi asoslandi. 7. Olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida yupqa qatlam xromotografiyasini geteroorganik birikmalar uchun preparativ variantda qo’llash, undan neft azotli asoslarini o’rganishda foydalanish, azotli asoslar guruxlari tarkibini va tuzilishini o’rganish tartibi bo’yicha tavsiyalar berildi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling