O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vaziriligi qo’qon davlat pedagogika instituti tabiiyot va geografiya fakulteti


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana13.12.2022
Hajmi0.69 Mb.
#1000686
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8


 
 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI 
VAZIRILIGI 
 
QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 
 
Tabiiyot va geografiya fakulteti
 
5110300 – Kimyo o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi talabasi 
Abdujalilova Azizaning
“Neftdan azotli asoslarni ajratish va tadqiq etish masalalari” mavzusidagi 
 
REFERAT ISHI 
 
 
Ilmiy rahbar: 
QDPI Kimyo kafedrasi katta o’qituvchisi A.M..Jumanov 
Qo’qon- 2014.
 
 
 



 
Mundarija 

Kirish ............................................................................................................... .2 
I Bob. Adabiyotlar taxlili.
Neftdan azotli asoslarni ajratish va tadqiq etish.................................... ..5 
1.1.Azotli asoslarni ajratib olish va analiz usullari............................. ............6 
1.2.Azotli asoslarni identifikatsiyalash masalalari................................ .......11 
1.3.Gidrogenoliz usulini geteroorganik birikmalarni 
identifikatsiyalashda qo’llanilishi......................................................... ..21 
 
 II Bob. Olingan natijalar tahlili. 
2.1. Neftning yuqori fraktsiyasidan azotli asoslarni ajratish.................. 27 
 
III Bob. Model aromatik va geteroorganik birikmalarning
yupqa qatlam xromotografiyasi (natijalar tahlili) ............................. .31 
3.1.1.Modifikatsiyalangan alyuminiy oksidni va elyuentlarni tayorlash..32 
3.1.2. Adsorbentning aktivligi................................................................. 33 
3.1.3. Erituvchining xromotografik aktivligi.......................................... 34 
3.1.4.Azotli asoslar model aradashmalarining yupqa 
qatlam xromotografiyasida ajralishi...........................................38 
3.1.4.1. Piridinlar analizi.........................................................................39 
3.1.4.2. Xinolinlar analizi.........................................................................40 
3.1.4.3. Tiazollar analizi............................................................................42 
3.2. Zaxarlangan alyuminokobalьtmolibden katalizatorlarini azotli asoslar 
mikrogidrogenolizida ishlatilishi.................................................. .................... 47 
Xulosa....................................................................................................... 51 
Foydalanilgan adabiyotlar ..........................................................................52 



Kirish
Neft eng muhim energetik manbalardan bo’lishi bilan birga sanoatning 
boshqa yo’nalishlari uchun undagi boy komponentlar muhim hom ashyo 
hisoblanadi. Bu komponentlarni tarkib jihatdan tadqiq etish va guruhlash hamda 
individual tarzda ajratib olish neft tarkibining o’ta murakkabligi bilan bog’liq 
bo’lib, tadqiqotchidan chuqur bilim, yuqori malaka va doimiy izlanishda bo’lish 
taqozo etiladi. SHu sababli neftni o’rganilmagan jihatlariga yosh mutahasislarning 
jalb etilishi bu sohaga qiziqish ortib borayotganligini tasdiqlaydi. 
O’zbekiston Respublikasida er usti va er osti boyliklaridan oqilona 
foydalanishga e’tibor kuchaytirilgan, lekin oqilona foydalanish to’la yo’lga 
qo’yilmayotgan hom ashyolardan biri neftning yuqori temperaturada qaynovchi 
fraktsiyalari bo’lib, ulardan asosan ikkilamchi maqsadlarda foydalanib 
kelinmoqda. Bunday fraktsiyalarni tadqiq etishning samaradorligini oshirish motor 
yoqilg’ilari, surkov moylari va neft ximiyaviy sintezi zahirasining oshishiga olib 
keladi. 
Bu masalalarni hal etish uchun qayta ishlashning ikkilamchi usullarini, ya’ni 
gidrokreking va gidrotozalashni takomillashtirishdan lozim. Neftning yuqori 
temperaturada qaynaydigan fraktsiyalarida geteroatomli birikmalar, smolasimon-
asfalьten moddalarning asosiy massasi to’plangan bo’ladi, bu moddalar qayta 
ishlash jarayoniga va mahsulot sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.[1,2] Ular katalitik 
zahar va havo bilan ta’sirlashishi natijasida tez smola hosil qiluvchi moddalar 
hosoblanadi. SHu bilan birga ular intsektitsid[3], fungitsid[4], o’sish 
stimulyatorlari, antioksidlovchi, oltin, platina, palladiy uchun selektiv ekstragen 
hossalariga ega. 
Bulardan tashqari geteroatomli, hususan azotli asoslarning tabiatini bilish 
ularning neftdagi uglevodorod komponentlari bilan munosabatini, tabiiy faktorlar 
ta’sirida tarkib va tuzilishning o’zgarish qonuniyatlarini aniqlash imkoniyatini 
beradi, bu esa neft genezisi muammolarini hal etishga olib keladi. 
Yuqorida bayon qilingan holatlar mavzuning dolzarb ekanligini tasdiqlaydi. 



Mavzuning o’rganilganlik darajasi. 
Yuqori fraktsiyalarda azotli asoslar tarkibining murakkabligi uni neftning 
quyi fraktsiyalarini o’rganishda qo’llanilayotgan usullar bilan tadqiq etishni 
qiyinlashtiradi. SHu sababli neftning yuqori temperaturada qaynovchi 
fraktsiyalaridagi azotli asoslarni tadqiq etishda guruhlarga to’plash va ularning 
tarkibini tekshirish bilan chegaralanmoqda. 
Farg’ona tovar neftining 320-400
o
C da qaynovchi yuqori fraktsiyasining 
azotli asoslari etarli darajada o’rganilmaganligi va undagi oltingugurt, azotli
birikmalar miqdoriga ko’ra tadqiqot ob’ekti sifatida olindi. Ushbu tadqiqotlardan 
maqsad neft azotli asoslarini tadqiq etishning kompleks tizimini ishlab chiqish 
hamda takomillashtirilgan kislotali ekstraktsiya usulida ularni ajratib olib kichik 
fraktsiyalarga 
bo’laklash, shuningdek azotli asoslarni yupqa qatlam 
hromatografiyasi usulida tadqiq etishning shart-sharoitlarini model birikmalarda 
yaratish va ularning tuzilishini gidrogenoliz jarayonlari yordamida o’rganishdan 
iborat. 
Ishning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
-adabiyotlar va ilmiy manbalarni o’rganish va tahlil etish natijasida neft 
yuqori fraktsiyalari azotli asoslarning tadqiq etish tizimini ishlab chiqildi; 
-o’tkazilgan tadqiqotlar natijasida neftdan azotli asoslarni kislotali 
ekstraktsiya usulida ajratib olish usuli takomillashtirildi va samarasi oshirildi. 
Ajratib olingan asoslarni kontsentratsiyalash va guruhlash ishlarida bufer 
eritmalardan va eritmalarning elyuatrop qatoridan foydalanildi; 
-azotli asoslar va ular bilan birga uchraydigan ba’zi aromatik 
uglevodorodlarning alyuminiy oksidda yupqa qatlam hromatografiyasi tadqiq 
etilib, har bir modda uchun ushlanish vaqtida aniqlandi. Model azotli asoslarning 
ushlanish vaqtiga asoslangan holda, neftdan ajratib olingan azotli kontsentratlarni 
tadqiq etish belgilandi; 
-zaharlangan Al-Co-Mo katalizatoriga titan (III)-oksidi qo’shish natijasida 
qayta tayyorlangan katalizator azotli asoslarning tuzilishini aniqlashda qo’llash 
mumkinligi asoslab berildi.



Ishning amaliy ahamiyati. 
Model 
azotli 
asoslarning 
yupqa 
qatlam 
xromatografiyasi 
va 
mikrogidrogenoliz usullari yuzasidan berilgan tavsiyalardan neftdan ajratib 
olingan asoslarning sifat va miqdor analizini o’tkazish hamda tarkibini, tuzilishini 
aniqlashda foydalanish mumkin. 
Referatda keltirilgan ilmiy natijalar neft azotli asoslarni tadqiq etishda 
tuzilishini aniqlashda foydalanilishi mumkin. Ajratib olingan azotli asoslarni keng 
ko’lamda o’rganishni davom ettirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling