1-boshlovchi: Bobur shoh va shoir bo’libgina qolmay buyuk sarkarda ham edi. U yurt tinchligi yo’lida harbiy ilmni mukammal egallagan.
2-boshlovchi: Bungi avlod ham ana shunday ajdodlariga munosib voris bo’lishga hamisha harakat qiladilar.
Sahnada Sultonali Rahmatovning “Assalom, O’zbekiston ” kuyi ostida o’g’il bolalar harbiy harakatlar namoyish qiladilar
1-boshlovchi: Hurmatli mehmonlar, aziz o‘quvchilar bugungi kechamizni Zahiriddin Muhammad Boburning so‘zlari bilan yakunlasak.
2-boshlovchi: Unda kishi umrini mazmunli, barakali, o‘zidan keyin dog‘ va malomat qoldirmasdan yashashi, bu zaminda yashashdan maqsad, odamlarni ezgulikka yetaklash garovi bor. Unga amal qilish hammamizga nasib etsin:
Bori elga yaxshilig’ qilg’inki mundin yaxshi yo’q,
Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig’.
6-7-sinf uchun Navoiyxonlik kechasi uchun tadbir ssenariysi
(Sahna bayramona bezatilgan, to’rida Navoiyning sur’ati. Suratning bir tomoniga “Odami ersang demagil odami, Onikim yo’q xalq g’amidin g’ami” bayti shior qilib qo’yilgan, bir tomonda esa I.Karimiovning Navoiy haqida “Inson qalbining quvonch-u qayg`usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi”-degan so’zlari yozilgan plakat .
Mayin musiqa sadosi ostida boshlovchilar sahnaga chiqib keladilar. )
1-boshlovchi: Ko’p jahongir ko’rgan, bu dunyo,
Hammasiga guvoh yer osti.
Lekin do’stlar she’r ahli aro,
Jahongiri kam bo’lar rosti.
2-boshlovchi: Besh asrki nazmiy saroyni,
Titratadi zanjiband she’r,
Temur tig’i yetmagan joyni,
Qalam bilan oldi Alisher.
1-boshlovchi: Assalomu alaykum, buyuk mutafakkir, g`azal mulkining sultoni - Mir Alisher Navoiy tavalludi tantanasiga yig`ilgan aziz mehmonlar!
2-boshlovchi: Assalomu alaykum, “Davron elining jismida jon bo`lg`on” mo’tabar ustozlar, qadrli o’quvchilar!
1-boshlovchi: Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasiga panja urmoq.
Kerak sher oldida sheri jangi,
Magar sher o’lmasa bori palangi.
2-boshlovchi: Darhaqiqat, Nizomiy panjasiga panja urib, o’zining turkiy tildagi birinchi “Xamsa”sini yaratgan lirik shoir, davlat arbobi, mutaffakir – Mir Alisher Navoiy o’zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyondasi sifatida adabiyot ixlosmandlari uchun chinakkam ulkan badiiy xazina meros qoldirib ketdi.
2-boshlovchi: Buyuk "Xamsa"ni yaratib, Nizomiy, Xisrav Dehlaviy, Jomiyga hamqadam bo`lib, buyuklar qatoridan joy olgan hazrat Navoiy o`z oldiga qo`ygan maqsadini sharaf bilan ado etdi.
1-boshlovchi: Zamonasining alloma shoiri, ustozi Jomiyning yuksak bahosiga musharraf bo`ldi. Husayn Boyqaro esa "Bu qalamga falakdin ofarinlar yog`ilsin" deya niyat bildirdi.
2-boshlovchi: Navoiy 60-yillik umri davomida xalqi, yurti uchun chin insoniylik burchini ham ado etdi. Do’sti Husayn Bayqaroning yonida turib yurtning farovonligi yo’lida qo’ldan kelgancha sa’y harakat qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |