O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini


Download 3.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/146
Sana01.11.2023
Hajmi3.39 Mb.
#1737376
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   146
Bog'liq
Конференция Авлоний 2021

 
 
PEDAGOGNING INDIVIDUAL KASBIY RIVOJLANISH 
TRAYEKTORIYASI TUZILMASI 
A.Ibragimov – Samarqand viloyati XTXQTMOHM direktori. Pedagogika fanlari 
boʻyicha falsafa doktori, dotsent 
Annotatsiya: Mazkur maqolada pedagogning individual kasbiy rivojlanish 
trayektoriyasining oʻziga xos xususiyatlari, tuzilmaviy jihatdan tarkibiy 
komponentlarining mazmuni bayon etilgan. 
Pedagoglar malakasini oshirish tizimi oldida turgan muhim vazifalardan biri 
ularni sust obyektdan faol, mustaqil, maqsadga intiluvchan, raqobatbardosh, ya’ni 
pedagogik faoliyatidan koʻzlagan maqsad va vazifalarini tushunadigan, qanday va 
qay darajada kasbiy mahoratga ega boʻlishi lozimligi, oʻzining imkoniyatlari va 
qobiliyatlarini biladigan subyektga aylantirishdir. Demak, pedagogni faol hayotiy va 
kasbiy pozitsiyasini shakllantirish, dunyoqarashini oʻzgartirish va kasbiy 
rivojlanishining individual trayektoriyasini tuzish orqali kasbiy mahoratini oshirishga 
yoʻnaltirish zarur boʻladi. 
Individual ta’lim trayektoriyasi koʻplab olimlarning 1; 2; 3; 4; 5; 6 diqqat 
markazida boʻlib turlicha talqinlarga ega. Jumladan, A.V.Xutorskoy individual ta’lim 
trayektoriyasini oʻqitish jarayonida har bir oʻquvchini shaxsiy salohiyatini roʻyobga 
chiqarishning alohida oʻziga xos yoʻli sifatida talqin qiladi hamda “...oʻz ta’limining: 
mazmuni, maqsadi, vazifalari, sur’ati, oʻqish shakli, metodlari, natijalarni baholash, 
nazorat tizimi kabi asosiy komponentlarini pedagog bilan oʻzaro kelishilgan va 
anglangan holda tanlash” imkoniyatiga ega boʻlishi lozimligini ta’kidlaydi [5; 99-
155-b.]. 
Pedagogning individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasini tuzish undan kasbiy 
ehtiyojlari darajasini anglash va baholay olish, loyihalash va rivojlanish nuqtalarini 
oldindan koʻra olish kabi koʻnikmalarga ega boʻlishini talab qiladi. Malaka oshirish 
kurslari tinglovchilari bilan oʻtkazilgan soʻrovnomalar natijalari pedagoglar 
individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasini tuzish va amalga oshirishga ijobiy 
qarashlari va unga ehtiyojlari borligini, biroq bu jarayonni loyihalashda 
qiyinchiliklarga duch kelishlarini koʻrsatdi. Bu esa pedagoglarning malaka oshirish 


- 60 - 
shakli, usullari va vositalari haqida yetarlicha ma’lumotga ega emasliklari hamda 
individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasini tuzish va amalga oshirish jarayoniga 
ilmiy-metodik kuzatuvni uyushtirish, shuningdek, malaka oshirish ta’lim muassasasi 
va pedagogning yaqin oʻzaro ta’sirda boʻlishi lozimligini tasdiqlaydi 
Pedagogning individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasini tuzilmaviy jihatdan 
mazmunga doir, korreksion-tahliliy va tashkiliy komponentlarga ajratish mumkin.
Individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasining mazmunga doir komponenti 
malaka oshirish ta’limi mazmunini belgilaydi. Uning tayanch qismi Davlat talablarida 
belgilangan va ta’lim-tarbiya sifati hamda oʻqituvchi kompetentligini koʻtarishga 
qaratilgan modullarni oʻzlashtirishni, variativ qismi esa pedagogning kasbiy 
ehtiyojlari tashxisi natijalari va shaxsiy qiziqishlariga koʻra tanlovi asosida 
belgilanadigan modullarni oʻzlashtirishni nazarda tutadi. Bu modullar pedagogning 
individual kasbiy rivojlanish oʻz ifodasini topadi. 
Korreksion-tahliliy komponent pedagogning kasbiy qiyinchiliklari va ehtiyojlari 
tashxisi, faoliyat davomida doimiy tahlil, oʻz-oʻzini tahlil hamda natijalarga koʻra 
individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasiga oʻzgartirishlar kiritishni belgilaydi
shuningdek tashkiliy komponentni moslashtirishga yoʻnaltiriladi. Shu oʻrinda 
pedagogga individual kasbiy rivojlanish dasturini tuzish va yoʻnalishini belgilashda 
ilmiy-metodik kuzatuv amalga oshiriladi. Chunki individual kasbiy rivojlanish 
trayektoriyasini loyihalash va amalga oshirish jarayonida malaka oshirish ta’limi 
muassasasi oʻqituvchisi va metodistlarining funksional vazifalari oʻzgarib, oʻzaro 
ta’sir funksiyasi maslahatchi, tahlilchi, tashkilotchi, muvofiqlashtiruvchiga oʻzgaradi. 
Tashkiliy komponent belgilangan oʻquv mazmunini oʻzlashtirishning metodik va 
texnologik usullari yigʻindisini, pedagogning ta’lim faoliyati shakli, metodlari, 
vositalari va qoʻllab-quvvatlovchi instrumentlari kabi metodik tizimni ifodalaydi. 
Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasi 
pedagogga kasbiy kompetentliligini takomillashtirishga faol intilish, tezkor refleksiv 
rostlash, ilmiy-metodik kuzatuv asosida kasbiy va shaxsiy individualligini koʻrsatish 
yoki isbotlash, qadriyatli-anglangan dunyoqarashi va e’tiqodini yuksaltirish, ilgʻor 
tajribalarini namoyon qilish va ommalashtirish, alohida oʻziga xos boʻlgan kasbiy 
mahoratini 
oʻstirishga sharoit yaratadi. 

Download 3.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling