O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini


Download 3.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/146
Sana01.11.2023
Hajmi3.39 Mb.
#1737376
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   146
Bog'liq
Конференция Авлоний 2021

 Adabiyotlar: 
1. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Ta’lim-tarbiya tizimini 
yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-son Qarori. 
2. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 25-yanvardagi “Xalq ta’limi 
sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish 
tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ - 4963- son Qarori. 
3. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-dekabrdagi “O‘zbekiston 
Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlarini 
joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5598-son Farmoni. 
4. 
B.S.Axrarov. Axborot xavfsizligi bo‘yicha amaliyot. O‘quv qo‘llanma. 2009-y. 
5. 
A.Djaylavov. Ta’lim sohasida interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish texnologiyalari 
(malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun uslubiy qo‘llanma) – A.Avloniy nomidagi 
XTXQTMOMI, 2016 y. 
6. 
S.Eshqobilov. Ta’lim muassasalarini boshqarishda axborot tizimlarini joriy qilish. 
Metodik qo‘llanma, A.Avloniy nomidagi XTTRMXQTMOI, 2018-y. 
 
 
XALQ TA’LIMI XODIMLARIDA ZAMONAVIY AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARI IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH 
MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH 
 
J.R.Bobolov – Qashqadaryo viloyat Kasbi tuman XTB Ta’lim sifati monitoring bosh 
inspektor metodisti 
 
Annotatsiya. Maqolada ta’limda axborot texnologiyalarini joriy etishning 
nazariy asosini yaratish va amaliyotga tatbiq etish zaruriyati, masofaviy o‘qish 
turlari keng yoritilgan. Pedagogik ta’lim jarayonini zamonaviy axborot 
texnologiyalari asosida samarali tashkil etish tamoyillari ijtimoiy-pedagogik 
jihatdan asoslab berilgan. 
O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri, bu 
ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish 


- 173 - 
bo‘lib, bunday vazifalarni bajarish “xalq ta’limi xodimlarini kasbiy rivojlantirishning 
zamonaviy turlari va shakllarini keng joriy etish” orqali amalga oshirilib, uning 
kelajakdagi istiqboli “uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasini ishlab 
chiqish va amaliyotga joriy etish”, o‘quv jarayonini texnologiyalashtirish bilan uzviy 
bog‘liqdir [1]. Ilmiy texnikaviy taraqqiyot ishlab chiqarishning ko‘p sonli tarmoqlari 
bilan bir qatorda ta’lim sohasiga ham zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy 
etishni taqozo etmoqda. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 
25 yanvardagi “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab quvvatlash 
hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi PQ-4963-son qarorida “xalq ta’limi xodimlarining zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari va xorijiy tillar bo‘yicha savodxonligini oshirishga 
xizmat qiluvchi media kurslar yaratish va joriy etish” zaruriyati e’tirof etildi [1].
Nima uchun bugungi kunda ta’limda axborot texnologiyalarini joriy etishning 
nazariy asosini yaratish va amaliyotga tatbiq etish zaruriyati paydo bo‘ldi?
Birinchidan, o‘qituvchini o‘quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki 
bilimlarni egallash manbalaridan biriga aylanib qolayotganligini ta’kidlash mumkin.
Ikkinchidan, 
ilmiy-texnik 
taraqqiyotning 
rivojlanayotgan 
bosqichida 
axborotlarning keskin ortib borayotganligi va ulardan o‘qitish jarayonida foydalanish 
uchun vaqtning chegaralanganligi, shuningdek, o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga 
mukammal tayyorlash talablari ta’lim tizimiga zamonaviy texnologiyalarni joriy 
etishni taqozo etmoqda.
Ta’limni modernizatsiyalash sharoitida uzluksiz pedagogik ta’lim tizimida 
o‘qituvchi kadrlarning metodik tayyorgarligini takomillashtirish, uzluksiz kasbiy 
rivojlantirishga qo‘yiladigan talablar ortib bormoqda. O‘qituvchi zamonaviy axborot 
texnologiyalari asosida o‘z-o‘zini takomillashtirishida masofaviy kurslarning 
ahamiyati katta bo‘lib, bu vaqtni tejash, o‘qitish samaradorligini oshirish, “axborot 
madaniyati”ni shakllantirish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga, zamonaviy axborot 
resurslari o‘qituvchiga o‘zining kasbiy mahoratini oshirishga yordam beradi. 
O‘qituvchining “axborot madaniyati” quyidagi mezonlar asosida shakllanib boradi: 
- o‘z kasbiy faoliyatiga tegishli axborotlarni olish, uni qayta ishlash va 
foydalanish metodlari va usullarini o‘zlashtirishi;
- atrof olamdagi axborot jarayonlari haqida bilimlar va tasavvurlarni aks 
ettiruvchi o‘qituvchining pedagogik mahoratini takomillashtiruvchi sifatlar 
yig‘indisi, axborot vositalariga ega bo‘lish, axborot madaniyati bilan bog‘liq axloqiy-
etik va kasbiy mahorat meyorlari tizimini o‘zlashtirish, shuningdek, kompyuter 
savodxonligiga ega bo‘lishi;
- kompyuter savodxonligi va axborotni izlash malakasi, axborotdan foydalanish 
hamda baholash, kompyuter kommunikatsiyasi texnologiyalariga ega bo‘lish, 
pedagogik faoliyatning barcha sohalarida axborot texnologiyalari imkoniyatlarini 
egallash va foydalanishdan iborat axborot omilkorligi. 
O‘quv jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash ta’lim 
metodlarining samaradorligini oshirishga, o‘qituvchilar mehnat faoliyatining 
o‘zgarishiga, ularning pedagogik mahoratini takomillashtirishga, pedagogik 


- 174 - 
tizimning tarkibiy o‘zgarishiga samarali ta’sir etadi. Bu esa pedagogik jarayonlarni 
axborotlashtirishni tashkil etish va boshqarishda o‘ziga xos vazifalarni qo‘yadi.
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, ta’lim tizimini isloh qilishning muhim 
yo‘nalishlaridan biri – axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’lim 
jarayonini tizimli integratsiyalash va uni boshqarish hisoblanadi. Islohotlar jarayonida 
bosh vazifa o‘quv jarayonini tashkil etish, uning mazmunini tubdan yangilash, 
kompyuterlashgan muhitda o‘qituvchining pedagogik faoliyati va o‘quvchilarning 
bilim olish jarayonini tashkil etish bilan belgilanadi. Hozirgi kunda an’anaviy ta’lim 
shakllari bilan birgalikda elektron o‘qitish texnologiyalari jadallik bilan keng joriy 
etilmoqda. 
Elektron o‘qitish — ma’lumotlar bazasida mavjud bo‘lgan va ta’lim dasturlarini 
amalga oshirishda foydalaniladigan axborot va unga ishlov beruvchi axborot 
texnologiyalari, texnik vositalar hamda ko‘rsatilgan axborotni aloqa liniyalari 
bo‘yicha uzatishni, ta’lim oluvchilar va pedagog xodimlarning o‘zaro faoliyatini 
ta’minlaydigan axborot-telekommunikatsion tarmoqlarni qo‘llab ta’lim faoliyatini 
tashkil qilishdan iborat [3; 114-b]. Elektron o‘qitish muayyan elektron axborot-ta’lim 
muhitida o‘qish va o‘qitish faoliyatini, ta’limning barcha jarayonini nazarda tutadi. 
Elektron o‘qitish bilimlar bazasi mavjud bo‘lishini taqozo qiladi. Elektron o‘qitishni 
amalga oshirish uchun elektron ta’lim resurslariga kirishni va ta’lim oluvchilarning 
pedagog xodim bilan birgalikdagi faoliyatini tashkil qilishga yordam ko‘rsatuvchi 
virtual muhit yaratilishi lozim.
Bunday texnologiyalarni amalga oshirish o‘quv jarayonini samarali tashkil 
qilish, butun jamoa va har bir ishtirokchining o‘quv jarayonidagi faoliyati natijalarini 
tahlil qilish, axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga tatbiq etish samaradorligi 
darajasini aniqlash imkoniyatini beradi. Ta’lim muassasasi darajasidagi faoliyatlar 
ta’lim muassasasini axborotlashtirish dasturi asosida tashkil etilishi kerak. Axborot 
texnologiyalarini faol tatbiq qilish orqali ta’lim sifatini oshirish bunday dasturning 
maqsadi hisoblanadi.
Quyidagi masalalarni hal qilish orqali bu maqsadga erishish mumkin:
• metodik ishlar samaradorligini oshirish maqsadida muassasaning yagona 
axborot muhitini yaratish, o‘qituvchilar ehtiyojlarini bajarish va ilmiy-metodik 
hujjatlarda axborot oqimini aniq boshqarish;
• uzluksiz kasbiy ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanish va o‘quv 
jarayonini faollashtirish;
• ta’lim beruvchilar va ta’lim oluvchilarda axborot madaniyatini shakllantirish 
uchun sharoit yaratish.
Xulosa shuki, o‘qituvchilarning kasb mahoratini oshirish, yangi bilim va 
ko‘nikmalarni egallashi, bu orqali umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini 
oshirishga xalq ta’limi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimida malaka 
oshirishning zamonaviy turlari va shakllarini hamda “lifelong learning” tamoyili 
asosida uzluksiz malaka oshirish tizimini joriy etish orqali erishish mumkin. Shunga 
muvofiq ta’lim tizimini isloh qilishda xorijiy tajribalarga asoslangan va xalqaro 
standartlarga mos keluvchi o‘quv dasturlari asosida malaka oshirish kursi 
tinglovchilarining kasbiy malakasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish, shu 


- 175 - 
bilan birga malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning ijodiy faolligini oshirish, 
mustaqil ta’limini tashkil etishning samarali shakllarini ishlab chiqish ko‘zlangan 
natijaga erishish imkonini beradi.

Download 3.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling