O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini
Download 3.39 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция Авлоний 2021
Адабиётлар: 1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 25-январдаги “Халқ таълими соҳасидаги илмий-тадқиқот фаолиятини қўллаб қувватлаш ҳамда узлуксиз касбий ривожлантириш тизимини жорий қилиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-4963-сон Қарори. 2. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 25-январдаги “Халқ таълими соҳасидаги илмий-тадқиқот фаолиятини қўллаб қувватлаш ҳамда узлуксиз касбий ривожлантириш тизимини жорий қилиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-4963-сон Қарори. 3. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018-йил 13-декабрдаги “Ўзбекистон Республикаси давлат бошқарувига рақамли иқтисодиёт, электрон ҳукумат ҳамда ахборот тизимларини жорий этиш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги ПФ-5598-сон Фармони. 4. Б.С.Ахраров. Ахборот хавфсизлиги бўйича амалиёт. Ўқув қўлланма. 2009-й. 5. А.Джайлавов. Таълим соҳасида интерактив давлат хизматларидан фойдаланиш технологиялари (малака ошириш курслари тингловчилари учун услубий қўлланма) – А.Авлоний номидаги ХТХҚТМОМИ, 2016 й. 6. С.Эшқобилов. Таълим муассасаларини бошқаришда ахборот тизимларини жорий қилиш. Методик қўлланма, А.Авлоний номидаги ХТТРМХҚТМОИ, 2018-й. 7. https://www.coursera.org, 8. http://www.udacity.com 9. https://www.onlinedu.uz - 180 - MASOFAVIY MALAKA OSHIRISHDA O‘QUV-USLUBIY TA’MINOTNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI G.V.Yeldasheva – Toshkent shahri XTXQTMOXM, Pedagogika fanlari nomzodi Annotatsiya. Ushbu maqolada malaka oshirish tizimida masofaviy ta’limni qo‘llash muammolari hamda masofaviy malaka oshirishda foydalaniladigan o‘quv- uslubiy ta’minotning o‘ziga xos xususiyatlari yoritib berilgan. Ta’lim tizimining bugungi vazifasi tinglovchilarni axborotlar oqimining ko‘payib ketayotgan hozirgi sharoitida mustaqil faoliyat ko‘rsatishga, muttasil ravishda o‘z malakasini oshirib borishga imkoniyat yaratishdan iboratdir. Ayniqsa, hozirgi koronavirus pandemiyasi sharoitida masofaviy ta’limni umumiy o‘rta ta’limdan boshlab, kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash ta’limigacha qo‘llash dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Lekin, masofaviy ta’limning mohiyatiga ko‘ra, uni kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashda qo‘llash juda qo‘l keladi. Zero bunda, katta yoshdagi “o‘quvchilar” bo‘lmish o‘qituvchilarni “o‘zini o‘zi boshqara oladigan individ sifatida his qilishlari”, “hayotiy va kasbiy tajribaga egaliklari”, “o‘qish orqali o‘zining muhim hayotiy muammolarini hal qilishga va ma’lum maqsadlarga erishishga intilishlari”, “o‘qish davomida egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini kechiktirmasdan amaliyotga tatbiq qilishga shaylanganliklari” kabi motiv va omillar masofadan malaka oshirish va qayta tayyorlashning samarali bo‘lishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Malaka oshirish tizimida masofadan o‘qitish kurslari tashkil etilsa, har bir o‘qituvchi o‘z ish joyida ehtiyoji bo‘yicha kerakli axborotlarni katta hajmda qabul qilib, ularni ta’lim jarayonining samarasini oshirishda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lar edi. Masofaviy ta’limni tashkil etishning asosiy masalalaridan biri – bu masofaviy malaka oshirish kurslarining o‘quv-uslubiy ta’minotini yaratish masalasidir. Masofaviy ta’limning o‘quv-uslubiy ta’minoti deganda, o‘quv maqsadlariga erishish maqsadida mustaqil ravishda o‘rganish uchun o‘quv-meyoriy hujjatlar va zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan o‘quv-uslubiy vositalar majmuasi tushuniladi. Masofaviy malaka oshirish bo‘yicha o‘quv-uslubiy ta’minotning o‘ziga xos xususiyatlari deb quyidagilarni belgilash mumkin: 1. Mustaqil o‘rganish imkoniyatlarining yaratilishi. Tinglovchiga o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirishi uchun turli yo‘riqnomalar va tavsiyalar beriladi. Kurs yo‘riqnomasida materialni o‘zlashtirish davomida nimalarga e’tiborni qaratish va qanday vazifalarni bajarish kerakligi aniq bayon qilinadi. Bundan tashqari, tinglovchiga o‘zlashtirgan materialni amalda qo‘llash bo‘yicha kerakli maslahat va tavsiyalar beriladi. 2. Yetarli darajadagi ma’lumotlarning mavjudligi. O‘quv vositalaridagi materiallar imkon darajada to‘liq beriladi va matnda havola etilgan qo‘shimcha adabiyotlardan ko‘chirmalar ilovalarda keltiriladi. - 181 - 3. Turli sezgi a’zolari orqali ma’lumotlarning o‘zlashtirilishi. Masofaviy ta’limda tinglovchilar o‘quv qo‘llanmalarni o‘qishi va undagi rasm, chizmalarni ko‘rishi, multimediali elektron qo‘llanmalar orqali esa o‘qishi, ko‘rishi, eshitishi, hattoki bajarib ko‘rishi orqali ma’lumotlarni turli sezgi a’zolari orqali o‘zlashtirish imkoniyati yaratiladi. 4. Yuqori darajada vizuallikning ta’minlanishi. Masofaviy malaka oshirish o‘quv-uslubiy ta’minoti vositalarida vizuallik yuqori darajadagi ko‘rinishda bo‘ladi. Bunday vositalarda ko‘rgazmalilik tamoyiliga amal qilgan holda, matnlar turli rasm, fotosurat, grafik va chizmalar bilan boyitilgan bo‘ladi. Bundan tashqari, elektron qo‘llanmalarda ishlab chiqarish jarayoni, texnologik jarayonlar, ko‘z bilan ko‘rish imkoniyati bo‘lmaydigan jarayonlarni ham kuzatish mumkin bo‘ladi. 5. Interfaollikning ta’minlanishi. Tinglovchi o‘zlashtirish mobaynida o‘quv materiali bilan faol muloqotda bo‘lishi uchun kerakli shart-sharoitlar yaratiladi. Buning uchun o‘quv materialida tinglovchi o‘z tajribasi orqali ega bo‘lgan, mavzuga tegishli bilimni aniqlashga undovchi “Aqliy hujum” metodidan, mavzu yuzasidan berilgan muammolarni yechish bo‘yicha “Muammoli vaziyat” metodidan va boshqa shu kabi interfaol metodlardan unumli foydalaniladi. 6. O‘z-o‘zini nazorat qilish tizimining mavjudligi. Tinglovchi butun o‘zlashtirish davrida o‘z-o‘zini nazorat qilib borishi uchun har bir moduldan so‘ng o‘quv maqsadlariga muvofiq ravishda nazorat savollari va topshiriqlar berilib boriladi. 7. Axborot va telekommunikatsion texnologiyalardan foydalanilishi. Axborot va telekommunikatsion texnologiyalari asosida masofaviy malaka oshirish o‘quv- uslubiy ta’minotining elektron vositalarini ishlab chiqishda foydalaniladi. Masofaviy ta’limga asoslangan malaka oshirish kurslarining o‘quv-metodik ta’minoti alohida talablarga javob bergan holda, yuqori darajada sifatli ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim. Masofaviy malaka oshirish asosida o‘rganish uchun o‘qituvchi nafaqat axborot texnologiyalaridan foydalanish malakasiga ega bo‘lishi, balki, o‘quv-metodik materiallardan unumli foydalanish, ayni paytda mustaqil ta’lim olish madaniyatini shakllantira olishi lozim. Download 3.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling