O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti


Download 449.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/34
Sana05.01.2022
Hajmi449.54 Kb.
#205559
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34
Bog'liq
boshlangich sinf oquvchilarida nafosat tarbiyasini shakllantirish

Qadriyatlar  faqat  o’tmish  uchun  qadrli  bo’lmasdan,  balki  hozirda  ham 

kelajak  taraqqiyotida  ham  qadrli  bo’lib,  ular  jamiyat  taraqqiyotiga  ijobiy  ta’sir 

qiladi  hamda  kishilar  ongiga  singib  ijtimoiy  ahamiyat  kasb  etadigan  moddiy, 

ma’naviy, tabiiy, diniy, axloqiy, falsafiy va h.k.lar majmui tushuniladi.  

Qadriyat turlari quyidagilar: 

• 

 tabiiy qadriyatlar; 



• 

 moddiy qadriyatlar; 

• 

 ma’naviy qadriyatlar; 



• 

 estetik qadriyatlar; 

• 

 milliy qadriyatlar; 



• 

 umuminsoniy qadriyatlar. 

Bular o’z navbatida shajaraviy xususiyatga ega. 

Tabiiy qadriyatlar – insonning yashashi va rivojlanishi uchun zarur bo’lgan 

resurslar,  ya’ni  yer  va  yer  osti  boyliklari,  suv,  havo,  o’rmonlar,  o’simliklar, 

hayvonot dunyosi va boshqalar. 

Moddiy  qadriyatlar  –  insonlarning  moddiy  ehtiyojlarini  qondirishda  qadrli 

bo’lgan narsa (predmet, buyum)lardir. Ular: ishlab chiqarish vositalari va qurollari, 

mehnat  predmetlari,  moddiy  ne’matlar,  kishi  faoliyati  jarayonini  amalga 

oshirishdagi buyumlar. 



Ma’naviy  qadriyatlar  –  siyosiy,  huquqiy,  badiiy,  diniy,  estetik,  falsafiy, 

axloqiy, ma’rifiy, madaniy qadriyatlar majmuasidir. 



Estetik  qadriyatlar  –  barcha  ham  shaklan,  ham  mazmunan  go’zalliklardir 

(barcha tabiiy va ijtimoiy go’zalliklar).  




 

28 


Milliy  qadriyatlar  –  muayyan  xalq  va  millatlarning  uzoq  tarixiy  davrlar 

asosida  rivojlanib  kelgan  va  ma’lum  shakl  va  mazmunga  ega  bo’lgan  moddiy  va 

ma’naviy boyliklar majmuasidir.  

Umuminsoniy  qadriyatlar  –  umumbashariy  ahamiyatga  ega  bo’lgan  va  uning 

sivilizasiyasi  bilan  bog’liq  bo’lgan  moddiy  va  ma’naviy  qadriyatlar  majmuasidir. 

Umuminsoniy qadriyatlarning asosini kurrai zamindagi ilm-fanni taraqqiy ettirish, 

dunyo bo’yicha tinchlik va barqarorlikni saqlash, ekologik muammolar yechimini 

izlash,  yadroviy  qurollar  poygasini  to’xtatish,  turli  xalqaro  xavflarni  oldini  olish, 

turli  kasalliklarning  oldini  olish,  tabiatni  muhofaza  qilish,  qashshoqlik  va 

savodsizlikka barham berish, sanoat xom ashyosi, energiya manbalarini yaxshilash, 

koinot va jahon okeani resurslarini o’zlashtirish va shu kabilar bilan bog’liq 

Yuqorida  qayt  etilgan  barcha  omillar  boshlang’ich  sinf  o’quvchilarini 

go’zallik,  nafosat  tarbiyasi  bilan  oziqlantirishda  o’ziga  xos  ahamiyat  kasb  etadi. 

Biz  oila  tarbiyasigna  tayanch  holda  o’quvchilarni  nafis  qalb  egalari  qilib 

tarbiyalashga  harakat  qilamiz.  Oila  va  maktab  hamkorligi  o’quvchilarni  har 

tomonlama  yetuk  shaxs  qilib  tarbiyalashda  o’ziga  xos  integrativ  yondashuv 

hisoblanadi. 

Nafosat  tarbiya  -  o’quvchilarni  voqyelikdagi,  san’atdagi,  tabiatdagi, 

kishilarning  ijtimoiy  va  mehnat  munosabatlaridagi,  turmushdagi  go’zallikni  idrok 

qilish  hamda  to’g’ri  tushunishga  o’rgatish,  ularning  badiiy  didini  o’stirish, 

go’zallikka  muhabbat  uyg’otish  va  xayotiga  go’zallikni  olib  kirish  qobiliyatlarini 

tarbiyalashdir.  Tarbiya  nazariyasida  ikki  xil  tushuncha  mavjud: estetika va  badiiy 

tarbiya tushunchalari. 

 Nafosat  tarbiyasi    keng  ma’noga  ega  bo’lib,  tabiat  va  jamiyat,  mehnatdagi 

go’zalliklarni  ideal  nuqtai  nazardan  idrok  etishga,  shuningdek  estetik  faoliyatga, 

voqyelikni  go’zallik  qonun-qoidalari  asosida  o’zgartirishga  qodir  shaxsni 

tarbiyalashga qaratilgandir.  

 Nafosat tarbiyasini rivojlantirish- bu shaxsning estetik ongi, munosabatlari va 

estetik  faoliyatining vujudga kelishi  hamda  takomillashuvidan  iborat  uzoq  davom 

etadigan jarayondir. Bu jarayon yosh va ijtimoiy omillar bilan belgilanadigan turli 



 

29 


darajalariga  egadir.  U  shaxsning  jamiyat  estetik  madaniyatini  egallab  olishga 

bog’liq bo’lib, turli yo’llar va shakllar yordamida amalga oshiriladi. 

 U  jamiyat  estetik  madaniyatini  turli   ma’naviy   va  moddiy ko’rinishlarda 

tushunib olishni ta’minlaydi.  

 Jamiyat va ayrim shaxsning estetik madaniyati tushunchalari mavjud. 

Jamiyatning  estetik  madaniyati  deganda  insoniyat  butun  rivojlanish  tarixi 

jarayonida to’plangan moddiy    va    ma’naviy    qadriyatlari majmui  tushuniladi.  

O’quvchi  shaxsining  estetik  madaniyati     uning  madaniy  merosini  faol,  ijodiy 

o’zlashtirishi    natijasida  hosil  bo’ladi.  Shaxs  estetik  madaniyatining  asosiy 

tarkibiy qismlari estetik ong, ehtiyojlar, munosabatlar va estetik faoliyatlardir. 

Estetik ong, estetik idrok, bilim, mulohaza, baxs, estetik idealni qamrab oladi. 

Etetik  ehtiyojlar  va  munosabatlar  esa,  eng  avvalo  shaxsning  estetik 

qiziqishlari, didi, estetik xissiyotlarida ifodalanadi. 

Estetik  faoliyat  ko’nikma,  malaka,  ijodiy  qobiliyatlar  mavjudligi  bilan 

tasvirlanadi. 

Estetik ong ijtimoiy voqyelik, tabiat, san’at bilan bevosita muloqot jarayonida 

shakllanadigan  g’oyalar, nazariyalar, qarashlar, badiiy  ta’lim  va  tarbiya  natijasida 

shakllanadi, estetik ongning asosini estetik idrok tashkil qiladi. 

Estetik  idrok  bu  atrof  voqyelikdagi  buyumlar,  hodisalarning  estetik 

mohiyatini  butun  tarkibiy  qismlari  bilan  birgalikda  aks  ettirish,  idrok  etilgan 

narsalarni shaxsda mavjud bo’lgan xissiy va aqliy narsalarning o’zaro aloqasi bilan 

ifodalanadigan estetik mezonlar bilan qiyoslash jarayonidir. 

Estetik  idrok  go’zallik  bilan  uchrashganda  yuzaga  keladi  va  aniq  maqsadga 

qaratilganligi  bilan  izohlanadi.  To’laqonli  estetik  idrok  estetik  tushunchalar  va 

estetik mulohazalarni shakllantirish bilan birgalikda sodir bo’ladi. 

 Nafis mulohaza-shaxsning aniq bir estetik hodisaga munosabatini bildiruvchi 

aqliy  harakatida  ifodalanadi.  Shaxsning  estetik  mulohazasi  chuqurligi, 

takomillashganligi,  murakkabligi,  yuqori  yoki  pastligi  bilan  ajralib  turadi.  Estetik 

mulohaza  darajasi  shaxsning  xulq  atvori  va  bilim  saviyasiga,  estetik  tajribasiga 

bog’likdir. 




 

30 


Estetik  baho  deganda  bu  shaxsning  muayyan  hodisa  yoki  obrazga  insoniyat 

butun  tarixiy  rivojlanishi  jarayonida  hosil  qilgan  va  estetik  mulohazalarida 

ifodalangan  estetik  qoidalar,  g’oyalar  bilan  qiyoslash  asosida  baho  berish 

tushuniladi.  Estetik  baho  tevarak-atrof,  voqyea-hodisalarga,  san’at  asarlaridagi 

go’zallik yoki qabixlik, daxshatlilik yoki hazil -mutoyibaga moyillik, hazilkashlik 

kabi  kategoriyalarga  tayanib,  ularning  estetik  qimmati  obrazli  aks  ettirishning 

chuqurligi  va  yaxlitligi,  muallif  ijodiy  usulining  yorqinligi  va  ifodali  ekanligi 

haqidagi fikrlarni qamrab oladi. Estetik baho berishda shaxsning ijtimoiy  yashash 

tuzumi,  ijtimoiy  kelib  chiqishi  yaqol  ko’zga  tashlanadi,  chunki  go’zallik  va 

xunuklik  yoki  badbasharalik  kabi  turli  ijtimoiy  tuzumda  turlicha  baholanib 

kelingan.  

Estetik ideal bu shaxsning tabiat, jamiyat va san’atdagi maqsad tarzida idrok 

etadigan  takomillashgan  go’zallik  haqidagi  ijtimoiy  bahosining  aks  etishidir. 

Shunga ko’ra, estetik idealning muhim belgisi shaxsning dunyoqarash hususiyatiga 

ko’ra  aniqlanadi.  Estetik  ideal  uchun  estetik  madaniyat  hodisasi  sifatida  faqat 

uning o’lchovi tarzida emas, balki undovchi tarzidagi ham muhim hususiyat bo’lib 

qoladi.  

Estetik ehtiyoj deb, shaxsning voqyelikni estetik jihatdan bilib olishga badiiy 

faoliyatning  aniq  bir  turiga  yoki  uning  xilma-xil  turlariga  undovchi  subyektiv 

omillariga aytiladi. Estetik ehtiyojlar estetik axborotga ehtiyojni, go’zallik haqidagi 

fanning rivojlanish qonuniyatlarini chuqurrok bilishga, estetik zavq bergan narsani 

ko’prok  idrok  etishga  intilishda  beo’xshovlikka  murosasiz  bo’lish  va  uni  butkul 

yo’qotishga  harakat  qilishda,  aniq  bir  san’at  asari,  uning  muallifi  haqidagi 

yangiliklarni bilishga intilishda ifodalanadi.   

Estetik  qiziqish-shaxsni  estetik  faoliyatiga,  voqyelik  va  san’at  asarlarini 

estetik  jihatdan  ifodalashda  ko’rinadi.  Estetik  qiziqishning  asosiy  belgilari 

o’quvchida  estetik  faoliyatga  intilishi,  o’zi  yoqtirgan  san’at  asarlarini  yig’ib, 

to’plab borishi, ularni takror-takror o’qib, idrok etishi, ular haqida fikr bildirishga 

intilishi,  boshqalarning  shu  masalaga  doir  fikrini  bilishga  qiziqish,  muayyan 

san’atkor,  janr,  yunalish  kabilarni  afzal  ko’rishda  namoyon  bo’luvchi,  tanlash 




 

31 


hususiyatining  mavjudligi  bilan  ifodalanadi.  Masalan:  o’quvchilar  o’zlarini 

qiziqtirgan  san’at  ustasining  rasmlarini,  asarlarini  to’playdilar,  qayta-qayta  o’qib 

chiqadilar. 

O’quvchilar  estetik  qiziqishlarining  kengligi,  chuqurligi,  barqaror  yoki 

beqarorligi bilan ajralib turadilar. Bu ularning faolligi darajalarini va atrof hayotga 

estetik  hamda  amaliy  munosabatlarida  namoyon  bo’ladi.  O’quvchidagi  estetik 

qiziqish  darajasi  pedagogik  ta’sir  natijasida  yuqoriga  ko’tarilishi  yoki  susayishi 

ham  mumkin.  Estetik  qiziqishlar  o’quvchida  estetik  ehtiyojni  tug’ilishiga  sabab 

bo’ladi. 

Estetik  did  shaxsda  uning  shaxsiy  va  ijtimoiy  hususiyatlarining  qo’shilishi 

natijasida  hosil  bo’ladigan  murakkab  hodisadir.  Did  o’z  tabiatiga  ko’ra  faqat 

shaxsga  oid  ammo  shaxs  ijtimoiy  munosabatlar  majmui  bo’lganligi  uchun,  u 

estetik  baholash  mezoni  bo’lib  xizmat  qiluvchi  ham  subyektiv,  ham  obyektiv 

me’yorlarni  o’zida  birlashtiradi.  Estetik  did  obyektiv  estetik  o’lchovdir,  go’zallik 

va xunuklikka, ko’tarinkilik va tubanlikka baho berishni subyektiv egallaganlikda 

ifodalanadi.  Baho,  buyum  yoki  hodisaning  estetik  mohiyatini  egallash  jarayoniga 

taalluqli bo’lib, did esa shaxsning buyum yoki hodisaga nisbatan estetik munosabat 

bildirish turida ifodalanadi. Estetik did estetik axborotlar oqimi, estetik va ahloqiy 

normalar  yig’indisi  orqali  shakllanadi  va  shaxsning  buyum,  hodisalarga  estetik 

baho berishda yaqqol namoyon bo’ladi. 

Estetik  tuyg’u  bu  shaxsning  buyum  yoki  hodisaga  estetik  baho  berish 

munosabatini subyektiv boshdan kechirishdir. Estetik tuyg’u o’quvchining mazkur 

buyumning  shakli,  rangi  va  mazmunidan  ma’naviy  lazzatlanishda  yoki  aksincha 

nafratlanishda ifodalanadi. estetik xis-tuyg’u inson aql-zakovatiga ko’ra mazmunli, 

murakkab,  chuqur  va  xilma-xil  bo’ladi.  Estetik  xis-tuyg’u,  chuqur  va  barqaror 

estetik qiziqishlarni hosil qilishi mumkin. 

O’quvchida estetik idrok, bilim, mulohazalar, baho, ideal, xis-tuyg’u, qiziqish, 

ehtiyoj va estetik faoliyatga kirishadi, estetik did birligi, uni estetik faol bo’lishga, 

o’z faoliyatini namoyon qilishga tayyorlaydi. U asta-sekin tevarak-atrofni go’zallik 

qonunlari  asosida  o’zgartirishga,  go’zallik  yaratishga  harakat  qiladi,  chunki  inson 




 

32 


go’zallikni  nafaqat  mushohada  etadi,  balki  uni  yaratadi  ham.  Estetik  jihatdan 

tarbiyalangan odam hayotni go’zal qilishga intiladi, estetik tomondan faol bo’ladi. 

Uning  estetik  faolligi  hayotda  go’zallik  yaratishda  egallangan  estetik 

ko’nikmalarida:  chiroyli,  bejirim  kiyinishda,  madaniy  muomalasida,  o’zini  tuta 

bilishida, oila va ishda estetik muhitni yaratishda namoyon bo’ladi. 

"Estetik tarbiya" bilan bir qatorda "badiiy tarbiya tushunchasi" ham mavjud. 

Badiiy  tarbiya  deb  shaxsni  san’at  vositalari  yordamida  ya’ni  san’at 

asarlarining  mazmuni  va  shaklini  estetik  idrok  etishni  rivojlantirishga,  san’atning 

ma’lum turida qatnashish va ijodiy faoliyat uchun zarur bo’lgan badiiy did, hamda 

qobiliyatlarni  shakllantirishga  aytiladi.  San’at  turli  estetik  shaxsning  barcha 

tomonlariga xissiy-estetik ta’sir etadi va uni badiiy faoliyatning har xil turlari bilan 

tanishtiradi. 

O’quvchilarda  voqyelikka,  estetik  munosabat  hamda  badiiy  did  qanday 

mazmunda  shakllanishi  rivojlanayotgan  mustaqil  O’zbekiston  uchun  alohida 

ahamiyatga ega. Shu tufayli pedagoglar o’quvchilar uchun O’zbekiston hayotining 

muhim  hodisalarini  aks ettiradigan,  ularni g’oyaviy  tarbiyalaydigan  hamda  ularga 

estetik  ta’sir  ko’rsatadigan  san’at  asarlarini  tanlab  olishlari  va  bolalarning  estetik 

faoliyatini jamiyat taraqqiyoti, hayoti bilan bog’lashlari lozim. 

Boshlang’ich  sinf  o’quvchilarida  nafosat  tarbiyasini  izchillik  bilan  davom 

ettirishda   o’quvchining     estetik  madaniyati,  nafosatlilikni  ilg’ay  olishi, 

go’zallikni  sevish  nafosat  tarbiyaning  boshqa  tarbiya  va  turlari  bilan  aloqada 

bo’lishini taqozo qiladi. 

O’quvchilarda  nafislik  san’atiga  nisbatan  hurmat  va  ehtiyotkorlik  bilan 

munosabatda  bo’lishni  tarbiyalash  hamda  tarbiya  jarayonida  ularni  atrof  muhitga 

go’zal xulq bilan munosabatda bo’liga o’rgatib borish zarur. 

Ta’lim  –  tarbiya  jarayonida  yoshlarni  har  tomonlama  yetuk  shaxs  qilib 

tarbiyalashda nafosat tarbiyasi o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Nafosat tarbiyasi 

boshlang’ich  sinf  o’quvchilarida  eng  go’zal  munosabatlarni  shakllantirib  xulq-

atvor  pragrammasini  uzluksiz  va  izchil  yo’lga  solib  turadi.  Uni  amalga  oshirish 

yo’llari to’g’risida keyingi bobda batafsil to’xtalib o’tamiz. 




 

33 



Download 449.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling