II BOB. BOSHLANG’ICH SINFNING ATROFIMIZDAGI OLAM
DARSLARIDA
NAFOSAT TARBIYASINI SINGDIRISH
TEXNOLOGIYALARI
2.1. Nafosat tarbiyasini shakllantirishda sinf raxbari faoliyati va nafosat
tarbiya vositalari
Respublikada qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi qonun (1997) va
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (1997) da sinfdan va maktabdan tashqari
tarbiyaviy ishlarning yosh avlod tarbiyasida o’rni maslasida alohida e’tibor
qaratilgan. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar shaxs kamoloti
bosqichlarini belgilashga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Sinfdan va maktabdan
tashqari tarbiyaviy ishlar o’quvchilarning darsdan bo’sh vaqtlaridagi o’quv
jarayonini to’ldiradi va kengaytiradi, o’quvchilarning bilim olishlari, ijodiy
qobiliyatlarini, tashabbuskorligini ko’rsatishga imkoniyat yaratadi. Sinfdan
tashqari tashkil etilgan jumladan turli ko’rinishlardagi to’garaklarda fan o’z faniga
qiziqqan o’quvchilar bilan mashg’ulot o’quvchilarning qiziqishlarini o’stiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |