O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti
Download 449.54 Kb. Pdf ko'rish
|
boshlangich sinf oquvchilarida nafosat tarbiyasini shakllantirish
San’at asarlari;
- musiqa; - ashula; - chiroyli surat orqali egallaydilar. Go’zallik to’g’risidagi bilim va tushunchalaridan o’quvchilar xatti- harakatlarini, kishilar faoliyatini va tabiat hodisalarini baholashda foydalanadilar. O’quvchilar ijodiy mehnatning turlariga ko’ra go’zalligini, mehnat sharoiti, mehnat maxsulini go’zalligini, mehnatdagi jasorat romantikasi orqali ko’tarinkilik kabi murakkab estetik san’at asarlari: she’r, ashula, musiqa asarlarining go’zalligini bilib oladilar. O’quvchilar voqyelikdagi hajv ya’ni asarlardagi voqyelikka doir kulguli rasmlarni tahlil qiladilar. Voqyelikdagi hajiv- bu o’ziga xos qoidadan chekinish, go’zallik, shakl va mazmun birligi qonunlarning buzilishi ekanligini; umri tugayotgan narsalar ustidan kulish estetik ideal, go’zallik uchun kurashning o’ziga xos shakli ekanligini; hajiv eskilik bilan yangilik o’rtasidagi ziddiyatlar aks ettirilishini; hayot va san’atda hajiv ko’pgina vositalar yordamida (so’z, surat) ifodalanishini, shuningdek, badiiy faoliyat va san’at, u qaysi turda bo’lishidan qat’iy nazar inson dunyoni estetik o’zlashtirganligining oliy ko’rinishi ekanligini bilib olishlari kerak. Pedagog o’quvchilarga san’at turlari haqidagi bilimlarni berish bilan birga ularning estetik hissiyotini bir joyga to’playdi, hamda mazmunli estetik mulohaza yuritishga o’rgatadi. O’quvchilar nafosat tarbiyasi jarayonida nafosatga oid malaka va ko’nikmalar ham egallashlari lozim. Musiqa faoliyatiga doir ijrochilik, qo’shiq, musiqaviy harakat qilish, musiqa asboblarini chalish kabilarni egallab olishlari ko’zda tutiladi.
41
Tasviriy san’at asarlarini diqqat bilan kuzata bilish, ularning mazmuni va ifoda vositalarini, tahlil qilish janrlarni bir- biridan farqlash malakalarini egallaydilar. Musiqa va rasm darslarida pedagog o’qituvchilarda mustaqil izlanish, ijod qilishga doir ko’nikmalarni rivojlantiradi. Estetik tarbiya vositalari – o’quvchilarnig estetik tarbiyalash maqsadida tevarak-atrofdagi tanlab olingan turmush, tabiat, san’at estetikasi va bolalarning badiiy ijodi hisoblanadi. Oila go’zallikning birinchi maktabi. Oila a’zolarining o’zaro munosabatlari, uyning jihozlari, ularning yagona birligi, uyg’unligi, tartibli joylashtirilishi, saranjom-sarishtalik, maktabning bezatilishi, maktabdagi yodgorlik va a’lochilar burchagi kabilarning barchasi bevosita bolalar estetikasiga ta’sir etadi. Turmush estetikasining asosini tozalik va tartiblilik tashkil etadi. Sinf xonalarida tozalikni saqlanishi, tabiat burchagini tashkil etilishi, o’quvchilar ijodiy ishlari ko’rgazmasi, a’lochilar taxtasi va boshqalar o’quvchilarning estetik didlarini tarbiyalaydi. Tabiat eng muhim estetik tarbiya vositasidir. Tabiat turlicha estetik kechinmalarning asosi bo’lib, tabiatdan ta’sirlanish, uni ko’ra bilishga, eshita olish qobiliyatiga bog’liqdir. O’quvchilarning tabiatga sayohatlari, turistik yurishlari, ular diqqatini tabiat go’zalligiga qaratish imkonini beradi. O’quvchilar yilning to’rt faslida tabiat o’ziga xos rang olishini, o’zgarishini bilib oladilar, tabiat hodisalariga qiziqish kuchayadi va tabiatni asrab-avaylash kerakligini chuqurroq anglab etishlariga yordam beradi. O’quvchilar tabiatshunoslik darslarida nafaqat tabiiy bilimlarni o’zlashtiradilar, balki tabitda go’zallikni yaratishni, maktab hovlisini ko’kalamzorlashtirish, gulzor yaratish, daraxt o’tqazish va parvarish qilish kabilar bolalar ruhiyatiga kuchli ta’sir etadi va estetik ko’nikma- malakalarini shakllantiradi. San’at turlari asosiy tarbiya vositalari bo’lib, san’atning xilma-xil ko’rinishlari va janrlari yordamida o’quvchilarning rang- tasvir, qalam tasvir haqidagi bilimlari, haykaltaroshlikka doir ko’nikma va malakalari, ijodiy qobiliyatlari shakllantirilib boriladi. Rasm darslari tasviriy, amaliy, arxitektura san’ati, o’zbek va chet yel san’at ustalarining ijodlari, asarlari bilan tanishtiradi, hamda asliga ko’ra, xotira va tasavvurlari asosida rasm chizish 42
malakalarini tarbiyalaydi. Darsdan tashqari suhbatlar, kechalar, ko’rgazmalar tashkil etish, muzey, rasmlar galereyasiga, san’at yodgorliklari, rassom va me’morlar, haykaltarosh ustaxonasiga sayohat amaliy san’at to’garagiga qatnashish, tanlovlar o’tkazishni tashkil etilishi bolalar tarbiyasida muhim vositadir. Estetik tarbiya berishda ashula va musiqaning roli benihoya kattadir. Musiqa va ashula o’quvchilarning musiqaviy qobiliyatlarini, musiqiy xotira, didini o’stiradi, Musiqadan nazariy ma’lumot beriladi, ular notalar, turli davralardagi musiqa asboblari, musiqashunoslarning ijodi, oqimlar, janrlar bilan tanishadilar. Bolalar birgalikda ashula aytishga, raqsga tushishga o’rganadilar. O’zbek xalq klassik musiqalari, ashulalarini ijro etishga harakat qiladilar.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling