O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti maktabgacha ta’lim nazariyasi va uslubiyati kafedrasi


Download 484.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/18
Sana07.11.2023
Hajmi484.64 Kb.
#1753499
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
f5791915-e469-4db2-827c-e46ba1649465

Mashg’ulotning borishi
I. 
Mashg’ulotni tashkil etish. 
II. 
O’rganilgan 
mavzuni 
mustahkamlash. 
O’rganilgan 
mavzuni 
mustahkamlash uchun turli didaktik o’yinlar, topishmoqli o’yinlar, 
o’yinchoqlar, geometrik shakllar, idish-tovoqlar, o’quv qurollaridan 
foydalaniladi. Masalan, “Aksini top” tarbiyachi oldida desa, bola 
orqasida deyishi kerak, tarbiyachi o’ngda desa, bola chapda deyishi 
kerak. Hamda, choynakning oldida nima bor? Piyolaning orqasida 
nima bor? Likopchaning yonida nima turibdi? – savollariga javob olish 
orqali mavzu mustahkamlanib boriladi.
III. 
Yangi mavzu ustida ishlash. Bolalar e’tiborini kun qismlari 
tasvirlangan rasmlarga qaratiladi. Tarbiyachi bolalardan bular 


57 
kunning 
qaysi 
qismi 
ekanligini 
birma-bir 
so’raydi. Bolalar ertalab, kunduzi, kechqurun deb aytadilar. So’ngra 
ularning bir-birlaridan farqlari qaysi jihatlari bilan ajralib turishiga 
e’tibor beriladi.
IV. 
Daftar bilan ishlash. Berilgan shakl doskaga chizib ko’rsatiladi. 
Geometrik shakllardan kvadrat, to’g’ri to’rtburchaklar qanday 
joylashtirilgan, degan savollar orqali suhbat o’tkaziladi. Bu shakl 
boshqa shakllarga qaraganda murakkabroq ekanligiga bolalar diqqati 
jalb qilinadi. Ruchka ushlash qoidasini eslatib, daftarga bo’yash 
mashq qilinadi. Bolalarga ertalab, kechqurun, kecha, ertaga, oldin, 
keyin kabi vaqt tushunchalari haqida ma’lumot berish uchun rasmga 
qarab suhbat o’tkaziladi. Rasmdagi bolaga Begod deb ism qo’yib: 
“Ertalab soat nechsda turadi? Keyin u nima qildi? Yuz-qo’lini 
yuvganidan keyin nima qildi? Maktabdan qachon qaytdi? Keyin u 
nima ish bilan shug’ullandi? Sizning kun tartibingiz qanday?” – degan 
savollarga 3 – 4 bola javob beradi. 
Shundan so’ng dam olish daqiqasi o’tkaziladi: 
Derazamni ochaman, 
Toza havo kirsin deb. 
Badantarbiya qilaman, 
Tanam kuchga to’lsin deb. 
V. 
Rasm daftar bilan ishlash. O’quvchining kundalik faoliyatini bayon 
qilish bilan birga daftarda berilgan tarixiy obidalar sur’ati, O’zbekiston 
milliy bog’idagi Alisher Navoiy haykali va paxta terimi to’g’risida 
tarbiyaviy suhbat o’tkaziladi hamda bolalarning daftardagi bo’yash 
mashqlarini bajarishi nazorat qilib boriladi.


58 
VI. 

Download 484.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling