O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti


Download 440.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana27.11.2017
Hajmi440.43 Kb.
#20997
1   2   3   4   5

1.  Rag`batlantiruvchi  asos  –  shaxsga  yunaltirilgan  muammoli  vaziyatni  yaratishda 

o`qituvchining  individual  ijodkorligi  katta  rol  o`ynaydi.  Rasm,  xotira  eki  muayyan  bir  so`z 

asosida  shakllantirilgan,  o`quvchini  jalb  etadigan,  ko`tilmagan,  uta  sirli  va  albatta,  shaxsga 

yunaltirilgan mashgulotlar–tajriba ishlari, fotosuratlar, kartinalar namoyishi kabilar bunga misol 

bo`la oladi. 

2.  Monokonstruktsiya  –  topshiriq  asosida  individual  ishlash  (masalan,  matn,  tovush, 

model,  buyoq,  she`r,  loyiha,  rasm  kabilar)  natijasida  muammoni  ko`rish,  gipoteza  yaratish, 



echimni  (muayyan  yo`lni  hamda  hal  etish  usulini  mustaqil  tanlay  olish,  hato  qilish  huquqiga 

egalik kabilar) topishdan iborat. 



3.  Sotsiokonstruktsiya  –  kichik  guruxlarda  ishlash.  Unga  ko`ra  jamoa  negizida  alohida 

juftlik  kichik  guruhlar  bilan  almashinadi  (bolalar  o`zlar  hoxlab  juftlikka  birlashadilar, 

o`qituvchining  istagiga  ko`ra  eki  stixiyali  tarzda  guruh  tarkibida  ishlaydilar.  Bunda  o`qituvchi 

o`quvchilarga  hos  psixologik  hususiyatlarni  hisobga  olishi  ham  muximdir:  masalan,  ekstro–

introvertlik, tafakkur yuritish tiplari, liderlik sifatlari va h.k.). 

4. Ijtimoiylashuv. Mustaqil ta`lim olish jarayonida o`quvchining bevosita ijtimoiylashishi 

ham  yuzaga  keladi,  bu  holat  o`z  navbatida  guruhni  ijodiy  izlanishga  ilhomlantiradi.  U  faol 

hamkorlikda  faoliyat  yuritish,  shuningdek,  individuallikni  namoyon  etish  uchun  qulay  muxitni 

vujudga keltiradi. 



  

5.  Ma`lumotlarni  bilishga  intilish  bevosita  o`quvchilar  etarli  bilim  va  ko`nikmalarga 

ega  bo`lmagan  sharoitda  yuzaga  keladi.  O`quvchida  darslik,  lug`at,  ma`lumotnoma  va  boshqa 

manbalar  bilan  ishlash  ehtiyoji  tug`iladi.  Ulardan  mustaqil  foydalanish,  tinimsiz  fikrlash  va 

izlanishga  bo`lgan  rag`batning  uyg`onishi  ko`zatiladi.  An`anaviy  ta`limga  ko`ra  ko`p  hollarda 

o`quvchining  o`zi  bilimlarni  xoxlab  emas,  balki  majburan  o`rganadi.  Ijodiy  izlanish, 

hamkorlikda  ishlash,  fikr  almashish  kabilar  o`quvchida  bilimlarni  o`z  xoxishi  va  extiyojidan 

kelib chiqqan holda o`zlashtirishga imkon beradi. 

6.  Reflektsiya  (so`nggi  bosqich)  -  o`quvchining  shaxsiy  hayotiy  yondashuvi, 

kechinmalari va tafakkurida kechayotgan o`zgarishlarni tahlil qilish, o`zining tafakkur qobiliyati, 

erishayotgan  yutuqlari,  shuningdek,  mag`lubiyatlarining  sabablarini  bilishga  intilishdir. 

O`quvchi  ular  to`g`risida  muayyan  hulosalarga  ega  bulsa,  ularni  tan  olsa,  o`qituvchi 

o`quvchining fikri asosida faoliyat yuritish va yangi bilimlarga yullashning keyingi bosqichlarini 

to`g`ri belgilaydi. 

Ta`limning  shaxsga  yunaltirilganlik  texnologiyasi  an`anaviy  ta`lim  texnologiyalaridan 

quyidagilarga  ko`ra  farq  qiladi:  «Mashgulotning  asosiy  maqsadi-  tafakkur  jarayonini  tashkil 

etishdir,  bilim,  ko`nikma,  malakalar-  o`quvchi  faoliyatining  mahsuli  sifatida  vujudga  keladi. 

Tafakkur  jarayonining  quvvati  bilimlar  quvvatidan  yuqori  turib,  u  shaxsning  o`z-o`zini 

rivojlantirish  unsuri  tarzida  namoyon  bo`ladi,  ijodiy  izlanishning  natijasi  kabi,  mazkur 

jarayonning o`zi ham uta muhim bulib, aynan u  o`qituvchi va o`quvchini ijodkorlik quvonchiga, 

yangilik  olishga  ilhomlandiradi,  mustaqil  izlanish  va  ijodiy  faoliyatni  tashkil  etishga  undaydi. 

«O`qituvchi  faoliyat  algoritmini  yaratadi.  Bu  esa,  uz  navbatida,  ijodiy  tafakkur  jarayonini, 

amaliy,  shaxsiy  fikrlashni,  olamning  inson  tomonidan  har  tomonlama,  qonikarli  idrok  etilishini 

ta`minlaydi.  «O`quvchining  sub`ektivligi  amalga  oshadi:  bilish  usulini  mustaqil  belgilash, 

muammo  echimini  topishda  uz  dunyo  qarashi,  tafakkur  tarzidan  kelib  chiqish,  hato  qilish 


huquqiga egalik ta`minlanadi. Bunday mashgulotlarning asosiy qoidasi:  «uzing bilgancha bajar, 

uz  layoqating,  qiziqishlaring  va  shaxsiy  tajribanga  asoslan,  uz  xatoingni  o`zing  tuzat»  kabi 

ko`rsatmalarda o`z ifodasini topadi. 

An`anaviy  ta`lim  texnologiyasiga  asoslangan  mashg`ulotlar  esa  aksincha  «huddi  men 

kabi  yoki  mendan  yaxshiroq  bajar»  qoydasiga  muvofiq  tashkillashtirilar  edi.  «Muammoli  va 

shaxsiy  vaziyatlar,  istisnosiz  tahlil  hamda  qarshiliklarni  engishga  asoslanganligi  tufayli 

o`quvchining borligini namoyon qiladi, u nimalarnidir bilgani holda bilimlari to`lik emasligi, o`z 

shaxsiy tajribasiga asoslanishi lozimligini anglaydi. Mustaqil fikrni bildirishga bo`lgan ehtiyojni, 

ta`limga  nisbatan  rag`batni  his  qiladi.  O`qituvchi  va  o`quvchi  o`rtasida  shunchaki  an`anaviy 

uzaro  alokadorlik  emas,  balki  hamkorlik  munosabati  o`rnatiladi.  O`qituvchi  o`quvchilar  bilan 

birga  bilish  faoliyatida  ishtirok  etadi,  topshiriqlarni  bajaradi.  Odatdagi,  ko`nikib  qolingan 

tushuntirishlar urnini uzaro hamkorlik egallaydi. «Zarur ma`lumotlarni o`qituvchi oz-ozdan berib 

boradi. Bunda o`quvchilarning mustaqil fikrlashlari uchun imkoniyat qoldirishga e`tibor qilinadi. 

«Ijodiy  izlanuvchanlik  faoliyati  kichik  guruhlarda  amalga  oshiriladi.  Izlanish  natijalari  sinf 

o`quvchilarining  barchasiga  ma`lum  qilinadi,  barcha  yangi  bilimlarni  egallashi  uchun  sharoit 

yaratiladi.  Jamoada  shaxsning  o`z  o`rni  borligini  anglash,  tengdoshlarining  o`ziga  hos 

hususiyatlarini hurmat qilish  tuyg`ulari shakllanadi. «An`anaviy ta`limda tashkaridan kuzatilgan 

shaxsiy  faoliyatini  kuyi  darajada  baholash  hodisasi  ruy  bermaydi,  shu  bois  ijobiy  g`oyalarga 

tayangan  holda  ishlash  muhiti  qaror  topadi.  Bu  esa  o`quvchida  ta`lim  olishga  rag`bat 

uyg`otibgina  qolmay,  unda  bilim  olish,  bu  yo`lda  tinimsiz  izlanish,  mehnat  qilish  zarurligini 

anglay olish layoqatini shakllantiradi. 

Shaxsga  yo`naltirilgan  ta`lim  texnologiyasini  qo`llashga  qadar  hamda  undan  keyin 

o`quvchilarning  kasbiy  faoliyati  va  uz  urinlarini  anglashga  oid  tasavvurlari  o`rganilgan  vaqtda 

ularning quyidagi tasavvurlarga egaliklari aniqlandi: nazorat darajasi, anglangan nazorat, kasbiy 

faollikni  erishilgan  yutuqlarining  omili  sifatida  qabul  qilish,  o`z-o`ziga  ishonch,  tushuntirish 

uslubi, ta`lim olish usullari va boshqalar. 

Demak,  ta`lim  har  bir  o`quvchining  qiziqishi  va  bilish  qobiliyatining  o`quv  faoliyatini 

tashkil  etish  jarayonida  namoen  qilish  imkoniyatini  yarata  olishi  zarur.  Bu  xolat  o`quvchining 

bilish ob`ekti va predmeti bo`lgan shaxsiy hususiyatlarini aniqlash asosida, uning shaxs sifatida 

rivojlanishini va o`z-o`zini rivojlantirishini ta`minlaydi.        

 

 

 



 

 

 



 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

5 



Pedagogik jarayonda shaxsga yunaltirilgan pedagogik texnologiya 

(2-saat) 

                                  ReJA: 



1.  «Birga  ishlash  pedagogikasi  texnologiyasi  uning  mazmuni,  metodikasi  va            

o`zgachaligi» 

2.  Adabi`yotlarni  o`qitish  texnologiyasi  e.N.Il`in  va  L.V.Zankov  rivojlantiruvchi  ta`lim 

tizimi 

3.  Chet  el  madaniyatiga  kommunikativ  o`qitish  texnologiyasi  vaziyatni  modellashtirish 

usullari (e.I.Passov) 

4.  Aniq  modellar  asosida  ta`limni  intensifikatsiyalashtirish  texnologiyasi  (V.F.Shatalov). 

Shaxsning insonparvarlik texnologiyasi (Sh.A.Amonashvili) 

 

Ushbu qo`llanmada bir necha marta qayd etilganidek, o`qitish usullarini tanlash va ta`lim 



maqsadi o`rtasida yaqin o`zaro bog`liklik mavjud. 

Har qanday ta`limning maqsadi–bilimni hamda uni amalda qo`llay bilish ko`nikmalari va 

malakalarini shakllantirish, shunga zarur shaxs sifatlari va ko`rsatmalarini ishlab chiqish. O`quv 

faoliyati  harakatida  maqsadning  barcha  komponentlari  amalga  oshar  ekan,  turli  usullarni 

birgalikda  qo`llash  zarur.    Shuning  uchun,  usul  tanlashda  eng  asosiy  omil  bo`lib  aniq  o`quv 

mashgulotining didaktik vazifasi xizmat qiladi.      

Yuqorida bir vaktning o`zida ko`rib chiqilgan o`quv usullari, ulardan  qaysilari u yoki bu 

o`quv  maqsadlarini  echishga  ko`prok  mos  kelishi  sanab  o`tilgan  edi.  Shularni  1-  jadvalda 

ko`rsatib berishga harakat qilamiz.        

 

 



O`quv maqsadi 

Usullar                                              

Bilim                         

Mahorat va ko`nikma   Yo`naltirish 

Ma`ruza 



 

(



Hikoya tushintirish 

 

 



 

Namoyish 



 

 



 

Illyustratsiya 



 

 



 

Videousul 



 

 



 

Kitob bilan ishlash 



 



 

(



Laboratoriya usuli 

 



 

(



Mashqlar 

 



(



Suhbat 


 

 



Munozara 



 

(





 

Miyaga hujum 

 

(





 

Ishbilarmon uyin 

 



 



«Pinbord» usuli 

 





Muammoli vazifalar usuli 







Individual (Amaliy) usuli 





 

Loyihalar usuli 





 

 



           

Ko`rib  turganingizdek,  jadvaldagi  ba`zi  bir  belgilar  kavs  ichiga  olingan  (

).  Bu  shuni 



bildiradiki, uni tegishli maqsad va vazifaga yullaganimizdagina bu usul samarali bo`ladi. 

Shuni  e`tiborga  olish  kerakki,  usul  tanlash  nafaqat  maqsaddan  balki  o`quv  material 

mazmuniga va bu fani qanchalik qiyin deb hisobashlariga bog`lik.     

 

Ta`lim usullarining samaradorligi 

 

O`quv usuli tanlashda uning samaradorligini e`tiborga olish ham ahamiyatga ega. 



Quyidagi  rasmda  o`qitish  «piramidasi»  ko`rsatilgan,  o`quvchilarning  axborotni  eslab 

qolish ko`rsatgichlariga o`qitish usullarining ta`siri aks ettirilgan. 

 



 



 

 

 



 

 

 



 

 



(5%) 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



(10%) 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



(20%) 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



(30%) 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



(40%) 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



(50%) 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



(75%) 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



(90%) 

 

Axborotni eslab qolish 

1. ma`ruza, doklad 

Eshitganimizning 5% 

2. o`qish 

O`qiganimizning 10% 

3. Video, rasm, kurgazmalarni kurish 

Qo`rganimizning 20% 

4. Tajribani namoyish qilish 

Qo`rgan va eshitganimizning 30% 



5. munozara 

Birga muhokama qilganimizning 40% 

6. mashq 

O`qigan, yozgan, gapirganimizning 50% 

7. ishbilarmon uyin, loyiha usuli 

Mustaqil 

o`qiganimizning, 

tahlil 


qilganlarimizning, 

muhokama, 

hikoya 

va 


yozganlarimizning,  namoyish  qilganlarimizning 

75% 


8. boshqalarni o`qitish 

Boshqalarni o`qitgan narsalarimizning 90%ni 

  

Psixologlar,  verbal  (og`zaki)  o`quv  usullaridan  foydalanganimizda  (ma`ruza,  hikoya, 



tushuntirish) o`quvchilar ma`lumotning 5% ni eslab qolishlarini isbotlaganlar. 

Kitob  o`qish  ma`lumotining  10%ni  saqlab  qolishga  imkon  beradi,  videofil`m,  rasm, 

ko`rgazmali qurollarni ko`rish, ko`rgan ma`lumotlarni 20%ni o`zlashtirishni ta`minlaydi. 

Loyixalash  usuli  va  ishbilarmonlik  uyini  eng  samarali  hisoblanadi,  buning  natijasida 

o`quvchilar  ongida  ma`lumotning  o`quvchilar  tomonidan  olib  borilishi  undan  ham  samaraliroq 

hisoblanadi, bunda 90% ma`lumot o`zlashtiriladi. 

«Piramida»da, pog`ona ko`rinishida, o`quv natijalariga erishishda har bir usulning hissasi 

ko`rsatilgan. 

Ta`lim oluvchining soni 

O`quv  guruhidagi  ta`lim  oluvchining  soni  muhim  ahamiyatga  ega.  Agar  ular  ko`pchilik 

bo`lmasa,  eng  faol  usuldan  foydalanib,  o`qitishni  jadal  sur`atda  olib  borish  mumkin.  Agar 

o`quvchilar ko`p bo`lsa, agar siz faol usullardan o`zini oqlamagan darajada ko`p foydalansangiz, 

ularning har biriga etarli e`tibor berish uchun vaqtingiz etishi amri mahol. Katta guruhlar uchun 

o`quv  materialini  og`zaki  bayon  qilish  usullari  (ma`ruza,  hikoya,  tushuntirish)  ko`proq  mos 

keladi. 

 

Ta`lim oluvchining o`quv imkoniyatlari 



O`qitish  usullarini  tanlashda  ta`lim  oluvchilarning  o`quv  imkoniyatlarini  hisobga  olish 

juda  muxim:  yoshi,  tayyorgarlik  darajasi  hamda,  jamoadagi  uzaro  munosabatlarning  o`ziga 

hosligini. 

O`quvchilarning o`z-o`zini boshqarish qobiliyati va uni e`tiborga olish muhimdir. Quyida 

hammaga  ma`lum  darajalardan  kelib  chiqqan  holda  o`quvchilarning  o`z-o`zini  boshqarishni 

o`ziga hosligini ko`rib chiqamiz. 



O`zini-o`zi boshqarishning birinchi darajasi. O`quvchi vazifani tulik qabul qiladi, ish 

oxirigacha uni tulik saqlaydi. Diqqat bilan, chalg`imasdan ishlaydi. Asosan aniq ishlaydi, hatoga 

yo`l  qo`ysa,  tekshirila(tganda  buni  sezadi  va  to`g`irlaydi.  O`quvchi,  ishini  topshirishga 

shoshilmaydi, ishni to`gri, chiroyli, tartibli bajarilganligini yana bir bor tekshiradi. 



O`zini-o`zi  boshqarishning  ikkinchi  darajasi.  O`quvchi  vazifani  to`liq  qabul  qiladi, 

o`ni ish oxirigacha saqlaydi. Ish jarayonida ba`zi bir xatolarga yo`l ko`yishi mumkin, lekin ularni 



sezmaydi  va  tuzatmaydi.  Ishni  tekshirish  vaqtida  ham  hatolarni  sezmaydi.  Yaxshi  baho  olishga 

intilishi bo`lgani bilan, ishni bezatilish sifati uni qiziqtirmaydi. 



O`zini-o`zi  boshqarishning  uchinchi  darajasi.  O`quvchi  vazifaning  faqat  bir  qismini 

qabul  qiladi,  lekin  mashg`ulot  oxirigacha  uni  qabul  qilgan  hajmini  ham  saqlab  qolmasligi 

mumkin.  Vazifani  bajarayotganda  faqat  e`tiborsizlik  tufayli  emas,  balki  vazifani  bajarish 

qoidalarini eslab qolmaganligi uchun ham hatolarga yo`l quyadi. Xatolarni odatda sezmaydi, ish 

jarayonida  tuzatmaydi,  vazifani  tekshirayotganda  ham  sezmaydi.  Ishni  yaxshilashga  xohish 

bildirmaydi. Olingan natijalarga sovuqqonlik bilan qaraydi. 



O`zini-o`zi boshqarishning to`rtinchi darajasi. O`quvchi vazifaning kichik qisminigina 

qabul  qiladi,  lekin  shu  zahotidayoq  uni  batamom  yuqotadi.  Xatolarni  sezmaydi,  ularni 

tuzatmaydi, vazifaning to`g`ri bajarilganini tekshirishga vaqt ketkazmaydi. Bajarilgan ish sifatiga 

befarq bo`ladi. 



O`zini-o`zi  boshqarishning  beshinchi  darajasi.  O`quvchi  vazifani  umuman  qabul 

qilmaydi. Uning oldiga qandaydir vazifa qo`yilganini tushunmaydi ham. Vazifadan, qalam bilan 

qog`ozdan  foydalanish  kerakliginigina  ilg`ab  oladi.  Xoshiya,  satrlarni  hisobga  olish  varag`ini 

yozib bitiradi. 

O`quv usuli tanlashdan avval, besh ballik tartibda o`quvchilar o`zini boshqarish darajasini 

baholang:  birinchi  daraja–5  ball,  qolganlari  bir  ball  kamroq  tartibda.  Faqat  shundan  keyingina 

usul tanlang va ularni shunday qo`shib olib boringki, har bir o`quvchiga o`qishda muvaffaqiyat 

ta`minlansin. 

O`quv  mashg`ulotiga  tayyorgarlik  vaqtida,  ta`lim  usulini  tanlab  etib,  biz  albatta, 

o`quvchilarning  ish  qobiliyatini  hisobga  olamiz.  O`quvchilarning  bir  xaftalik  ish  qobiliyatini 

o`sish sur`atini aks ettiramiz. 

 

 



Xafta kunlari 

Darslar 


 





Dushanba 







Seshanba 





chorshanba 







Payshanba 





Juma  






Shanba 





  

 



N – yuqori ish qobiliyati – namunali zona 

U – o`rtacha ish qobiliyati – qoniqarli zona 

K – past ish qobiliyati – qonikarsiz zona 

 


Agar o`quvchilarni, ongli ravishda bir faoliyatdan ikkinchisiga yo`naltirsak, ish qobiliyati 

pasayishdan halos bo`lishimiz mumkin. 

U – zonasida 5-7 marta, K – zonasida esa – 9 marta biridan ikkinchisiga yunaltirish olib 

borish tavsiya etiladi. Bu, almashtirish qanday sodir bo`lishi mumkin? Sizning hikoyangiz, iloji 

boricha  ko`rgazmali  qurollar  namoyish  etish  bilan  olib  boriladi,  so`ng  uquvchilarni  kitob  bilan 

ishlashga, muammoli vaziyatni muhokama qilishga almashtiriladi va x.k. 

Ta`limning davomiyligi 

Dasturning  yoki  o`quv  kursi  mavzularning  davomiyligi  tabiiyki,  usul  tanlashga  ta`sir 

ko`rsatadi.  Ularning  ba`zilari  o`quvchilarni  tayyorlashga  qancha  ko`p  vaqt  talab  qilsa,  bu 

faoliyatni bajarilishiga ham shuncha vaqt talab qiladi. Ta`lim muddati shunchalik chegaralangan 

bo`lishi mumkinki, ko`p vaqt talab kiladigan usulni siz uylaganchalik tez-tez ishlatish imkonini 

bermaydi, bu holda bu usullarni faqat maqsadga muvofikroq joylarda qo`llashingiz mumkin. 

Vaqt–u  yoki  bu  usulni  amalga  oshirishga  ketgan  mexnatingiz  nuqtai  nazaridan  muhim 

omil hisoblanadi. Ba`zi usullar sizdan boshqalariga nisbatan sizdan ko`proq tayyorgarlikni talab 

qiladi.  Shuning  uchun  bunday  usullarni  qo`llashni  rejalashtirayotib,  siz  faoliyatni  tashkil 

qilishning  Ushbu  usulini  amalga  oshirishni  tayyorlashga  vaqt  va  kuch  etarlimi,  deb  o`zingizga 

savol berishingiz kerak. 

 

O`quv – moddiy sharoitlari 



Ba`zi  usullarni  ko`llashda  alohida  sharoitlar  talab  qilinmaydi:  komp`yuter,  maxsus 

komp`yuter dasturlari, magnit doskasi, maxsus jixozlangan xona va x.k. agar siz, maxsus o`quv–

moddiy  sharoitlar  talab  qiladigan  usullardan  foydalanmoqchi  bo`lsangiz,  ularning  naqdligini 

ta`minlashingiz kerak.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

6 

O`quvchi faoliyatini faollashtirish va intensifikatsiyalash asosida pedagogik 

texnologiyalar 

(2-saat) 

                                  ReJA: 



1. Uyin texnologiyalari va uning uziga xos xususiyatlari 

2. Muammoli ukitish texnologiyasi-rivojlantiruvchi ta`lim texnologiyasi 

3. Interfaol texnologiyalar va texnologik karta 

 

Zamonaviy ta`limni tashkil etishga quyiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruxiy va 



jismoniy  kuch  sarf  etmay,  qisqa  vaqt  ichida  yuksak  natijalarga  erishishdir.  Qiska  vaqt  orasida 

muayyan  nazariy  bilimlarni  o`quvchilarga  etkazib  berish,  ularda  ma`lum  faoliyat  yuzasidan 

ko`nikma  va  malakalarini  hosil  qilish,  shuningdek,  o`quvchilar  faoliyatini  nazorat  qilish,  ular 

tomonidan  egallangan  bilim,  ko`nikma  hamda  malakalar  darajasini  baholash  o`qituvchidan 

yuksak pedagogik mahorat hamda ta`lim jarayoniga nisbatan yangicha endashuvni talab etadi. 

Pedagogik  texnologiya  o`z  mohiyatiga  ko`ra  sub`ektiv  hususiyatga  ega,  ya`ni,  har  bir 

pedagog  ta`lim  va  tarbiya  jaraenini  o`z  imkoniyati,  kasbiy  maxoratidan  kelib  chiqqan  holda 

ijodiy tashkil etishi lozim. Qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etilishidan qat`iy 

nazar pedagogik texnologiyalar: 

- pedagogik faoliyat (ta`lim-tarbiya jaraenining) samaradorligini oshirishi; 

- o`qituvchi va o`quvchilar o`rtasida o`zaro hamkorlikni qaror toptirishi; 

-  uquvchilar  tomonidan  o`quv  predmetlari  bo`yicha  puxta  bilimlarning  egallanishini 

ta`minlashi; 

-  o`quvchilarda  mustaqil,  erkin  va  ijodiy  fikrlash  ko`nikmalarini  kunikmalarini 

shakllantirishi; 

-  o`quvchilarining  o`z  imkoniyatlarini  ruyobga  chiqara  olishlari  uchun  zarur  shart-

sharoitlarni yaratishi; 

-  pedagogik  jarayonda  demokratik  va  insonparvarlik  g`oyalarining  ustivorligiga 

erishishni kafolatlashi zarur. 

Pedagogik  texnologiyalardan  majburan  foydalanish  mumkin  emas.  Aksincha,  tajribali 

pedagoglar tomonidan asoslangan yoki ular tomonidan qo`llanilayotgan ilg`or texnologiyalardan 

maqsadga muvofiq foydalanish bilan birga, ularni ijodiy rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. 

Bugungi  kunda  bir  qator  rivojlangan  mamlakatlarda  o`quvchilarning  o`quv  va  ijodiy 

faolliklarini  oshiruvchi  hamda  ta`lim-tarbiya  jarayonining  samaradorligini  kafolatlovchi 

pedagogik texnologiyalarni qo`llash  

Borasida    katta    tajriba  to`plangan  bo`lib  ushbu  tajriba  asoslarini  tashkil      etuvchi 

metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. 

Quyida  ta`lim  amaliyotida  foydalanilayotgan  interfaol  metodlardan  bir    nechtasining  

mohiyati va ulardan foydalanish borasida so`z yuritamiz. 

 


Download 440.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling