O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti


Download 485.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana19.12.2017
Hajmi485.95 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7

 



O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi vazirligi 



 

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti 

 

 

 

 

 

Pedagogika fakul`teti 

 

 

 

Pedagogika va psixologiya kafedrasi 

 

 

 

 

Assistent o`qituvchi Ibragimova R. 

 

 

«Psixodiagnostika»  

 

fani  bo`yicha ma`ruzalar majmui 

 

(bakalavr bosqichi 3- kurs  talabalari uchun) 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Nukus-2012 

 



M U N D A R I J A 



 

1-ma’ruza 



Psixodiagnostika fanining predmeti va vazifalari 

1.1 



 

1.2 


Psixodiagnostika  fanining  predmeti  va  vazifalari.  Psixodiagnostika 

fanining boshqa fanlar bilan bog`liqligi.  

Metodik  materiallar  va  psixodiagnostik  adabiyotlarga  qo`yiladigan 

talablar. 

 



2-ma’ruza 

Psixodiagnostika  fanining rivojlanish tarixi 

2.1 



2.2 

 

2.3 



Amaliy psixodiagnostikani rivojlanishi.  

Xorij 


psixologiyasida 

test 


metodikalarini 

qayta 


ishlanishi 

va 


ommalashishi.  

Markaziy  va  G`arbiy  evropa  mamalakatlari  va  bizning  respublikamizda 

test metodikalarini qo`llanilishi. 



3-ma’ruza 



Psixodiagnostik metodikalar klassifikatsiyasi 

3.1 



3.2 

 

3.3 



Diagnostik metodikalar tiplari. Metodika namunalari. 

Testlar 


klassifikatsiyasi. 

Psixodiagnostik 

tadbirlarni 

shakli 


va 

ko`rinishlari.  

Test  metodlarini  muammoli  aspkektlari.  Test  metodlarini  boshqalardan 

farqlovchi belgilar va mohiyati.  



 



10 

4-ma’ruza 



Kichik shakldagi metodlar. 

11 


4.1 

4.2 


4.3 

Kuzatish metodi.  

Suhbat. 

Faoliyat mahsulini o`rganish metodi (kontent-analiz). 

11 

12 


13 

5-ma’ruza 



Metodikalarni  tekshirish va tuzilishiga psixometrik talablar 

13 


5.1 

 

5.2 



 

Metodikalarga  qo`yiladigan  talablar  test  o`tkazish  jarayonini  sifatini 

tanqidiy baholash.  

Standartlashtirish  ishonchlilik  testni  ishonchliligigini  baholash.  Validlik, 

psixologik testlarning validligini baholash.  

13 


 

14 


6-ma’ruza 

Intellektni  diagnostika qilish va aqliy rivojlanish 

15 


6.1 

6.2 


6.3 

Intellekt  haqida  tushuncha.  Intellekt  tuzilishi  haqida  tushuncha.  Intellekt 

va intellektual testlar.  

Hozirgi vaqtda xorij psixologiyasida intellektual testlarni qo`llanilishi. .  

 

7-ma’ruza 



Ijodkorlik va uning diagnostikasi 

18 


7.1 

7.2 


7.3 

Ijodkorlik haqida tushuncha.  

Ijodkorlikni o`rganuvchi testlar.  

Shaxsda ijodkorlikni tekshirishning turli usullari. 

18 

19 


20 

8-ma’ruza 



Qobiliyatlarni diagnostika qilishda testlarni imkoniyatlari. 

21 


8.1 

 

8.2 



8.3 

Xorij 


va 

respublikamiz 

psixologlari 

tadqiqotlarida 

qobiliyatlar 

muammosi.  

Qobiliyatlarni o`zgarishi va test ko`rsatkichlari.  

Xorij  va  respublikamiz  psixologlari  tomonidan  maxsus  qobiliyatlarni 

testlashtirish 

21 


 

22 


23 

9-ma’ruza 



Shaxs so`rovnomalari 

23 


9.1 

 

9.2 



 

Shaxs  psixologiyasini  o`rganuvchi  so`rovnoma.  Shaxs  xarakterini 

o`rganuvchi so`rovnoma.  

Shaxsiy-motivatsion so`rovnoma. Shaxs qiziqishlari so`rovnomasi. Shaxs 

qadriyatlari so`rovnomasi.  

24 


 

25 


10-ma’ruza 

Proektiv metodlar. 

25 


10.1 

10.2 


10.3 

Proektiv metodlarning mohiyati va o`ziga xosligi. 

Proektiv metodikalarni tuzilishi.  

Proektiv metodikalarni interpretatsiya qilish.  

25 

26 


27 

 

11-ma’ruza 



Shaxs metodikalarini natijalarini oldindan bilish 

28 


11.1 

 

11.2 



 

Hulq-atvorni  individual  jihatdan  taxmin  qilish  va  baholashning  sub`ektiv 

muhiti.  

Hulq-atvorni  individual  jihatdan  taxmin  qilish  va  idiografik  yo`nalishda 

diagnostika qilish. 

28 


 

29 


12-ma’ruza 

Psixodiagnostika fanining ijtimoiy madaniy aspektlari 

30 


12.1 

12.2 


12.3 

Insonning  bilish  funktsiyalari  va  shaxsga  madaniyatning  ta`siri. 

Madaniyatning ta`siri va diagnostik tadbirlar. 

Madaniyat orqali ta`sir metodlarini mazmunining omili sifatida 

30 

31 


32 

13-ma’ruza 



Psixodiagnost mutaxassis ishlarida ahloqiy-etnik muammolar 

33 


13.1 

 

 



 

13.2 


Individning 

shaxsiy 


va 

kasbiy 


sifatlarini 

munosabatlari 

etnik 

muammolarni  psixodiagnostik  metodikalar  bilan  bog`liqligi  etnik 



muammolarni  individni  huquqlarini  ta`minlanganligi  bilan  bog`liqligini 

diagnostika qilish. 

Shaxsiy sirni ta`minlash, maxfiylik. 

34 


 

35 


 

36 


14-ma’ruza 

Bilish faoliyati diagnostikasi 

37 


14.1 

14.2 


14.3 

Bilish jarayonlariga umumiy tavsif.  

Diqqat psixodiagnostikasi.  

Xotira, tafakkur diagnostikasi.  

37 

38 


39 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


 



1-ma`ruza 

 

Mavzu: Psixodiagnostika fanining predmeti va vazifalari  

(2-soat) 

Reja: 

1. Psixodiagnostika fanining predmeti va vazifalari. 

2. Psixodiagnostika fanining boshqa fanlar bilan bog`liqligi.  

3. Metodik materiallar va psixodiagnostik adabiyotlarga qo`yiladigan talablar. 

  

Tayanch tushunchalar. 

Psixodiagnostika  fanining  predmeti  va  vazifalari.  Psixodiagnostika  fanining  predmeti 

maqsad  va  vazifalari.  Psixodiagnostika  fanining  boshqa  fanlar  bilan  bog`liqligi.  Metodik 

materiallar va psixodiagnostik adabiyotlarga qo`yiladigan talablar. 



 

1.1. Psixodiagnostika fanining predmeti va vazifalari. 

Bolalar  bog`chasidagi  bolalarning  qobiliyat  va  layoqatlarini  har  tamonlama 

rivojlantirishga, ular shaxsini shakllantirishga qaratilgan. Pedagogika jarayonining maxsuldorligi 

pedagogning  o`z  tarbiyachilarini  yaxshi  bilishga,  ta`lim  va  tarbiyaning  xilma-xil  metodlarini 

qo`llashga boqliq xarakat qiladilar. Bolalarning bunday xolatlari chegara xolatlari sifatida, psixik 

taraqqiyot  kamchiligi  sifatida  shaxs  aktsentuatsiyasining  turli  ko`rinishi  sifatida  tasniflanishi 

mumkin. Ularni aniqlash uchun bolalar psixologiyasi, klinik potopsixologiya va psixatriya kabi 

soxalardagi bilimlar talab qilinadi. Bundan tashqari tarbiyachiga qarovsizlik kabi muammolarni 

xal qilishga to`g`ri keladi. 

O`qituvchi  ta`lim  va  tarbiyadagi  qiynchiliklar  nima  uchun  va  qanday  qilib  paydo 

bo`lishini tushunish uchun, u avvalo bola psixik taraqqiyotining asosiy qonuniyatlarini bilishi va 

turli  psixik  xolatlarini  psixologik-diagnostika  metodlarini  egallashi  zarur.  O`qituvchining 

psixodiagnostik  tadqiqot  yoki  doimiy  kuzatish  jarayonida  olingan  natijalarni  bolalar  bilan 

ishlashda qanchalik to`g`ri foydalana olishi ham zarur xisoblanadi. 

Tajribaga  asoslangan  fan  sifatida  19-asr  oxirida  vujudga  keldi.  Xuddi  shu  davrda 

psixologiyada  o`lchash  g`oyasi  keng  tarqaldi.  Psixodiagnostikaning  mustaqil  fan  soxasiga 

aylanishi  olimlarning  insonlar  psixikasidagi  indiviual  farqlarga  qiziqishining  ortishi  bilan 

bog`langan. 



1.2. Psixodiagnostika fanining boshqa fanlar bilan bog`liqligi. 

Psixodiagnostika  psixologik  diagnoz  qo`yish  haqidagi  fandir.  Bunda  diagnoz 

ko`rsatkich  va  tavsifnomalarni  birgalikda  taxlil  qilish  asosida  sinaluvchining  xolati  va 

xususiyalari haqidagi xulosalaridan iboratdir. 

Psixologik  diagnoz  (diagnosis  -  grekcha,  aniqlash,  bilish  degan  ma`noni  anglatadi)-

shaxs  individual-psixologik  xususiyatlarining  xozirgi  xolatiga  baxo  berish,  rivojlanishini 

oldindan  aytib  berish  (prognoz  qilish)  va  psixodiagnostik  tekshiruv  vazifalaridan  kelib  chiqib, 

tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan psixolog faoliyatining so`nggi natijasidir. 

Psixodiagnostik  tadqiqotlar  amaliyotida  psixologik  diagnoz  qo`yishning  3  bosqichi 

farqlanadi. 

1.  Simptomatik  diagnozda  dasturi  mavjud  har  qanday  EXM  bajarishi  mumkin  bo`lgan 

tadqiqotda olingan natijalar qayta ishlanadi. 

2. Etnologik dagnozda (kelib chiqish sabablari) biror xususiyatning mavjudligini emas, 

balki uning vujudga kelish sabablari ham xisobga olinadi. 

3.Tipologik  diagnozda  sinaluvchi  shaxs  tuzilishida  olingan  natijalarning  axamiyati  va 

o`rni aniqlanadi. 

Bolalarni psixodiagnostik tadqiq qilish yosh xususiyatlariga, u yoki bu yosh davri uchun 

etakchi  faoliyat  turining  ta`siriga,  individual  tipologik  tavsifnomalarning  taraqqiyot  darajasiga 

bog`liq  ravishda  ba`zi  xususiyatlarga  ega.  Bola  taraqqiyotining  har  bir  yosh  davri  bolalar  bilan 

ishlashning usullari va vazifalarini talab qiladi. 



 



1.3. Metodik materiallar va psixodiagnostik adabiyotlarga qo`yiladigan talablar. 

Kichik yoshdagi bolalarni psixodiagnostik tekshiruv yosh va pedagogik psixologiyaning 

sohasi xisoblanadi. Olingan natijalari yordamchi xarakterga ega bo`lib, pedagog tomonidan bola 

psixik  taraqqiyoti  xususiyatlarini  aniqlashda  qo`llaniladi.  Bunda  ta`lim  va  tarbiya  dasturi,  turli 

xayotiy sharoitlarda: faoliyatda, muloqatda va boshqalarda (shaxs xulq-atvori xarakteristikalarini 

tuzishda) xisobga olinadi. 

Eksperimental  tadqiqotdan  olingan  natijalar  oilada,  bog`chada,  maktab  va  boshqa 

jamoat  joylarda  individual  va  guruhiy  tarbiyaviy-pedagogik  tadbirlar  sxemasini  tuzishda 

qo`llanishi mumkin. 

O`qituvchi o`z ishida doimo bolalar psixofizik taraqqiyoti masalalari bilan to`qnashadi. 

Uni  vaqtinchalik  natijalargina  emas,  (masalan,  chorakning  oxiriga  kelib  o`quvchilarning 

o`zlashtirilishi  kabi),  balki  u  yoki  bu  jismoniy  va  ruhiy  sifatlarning  rivojlanishini  istiqbollarini 

aytib beradigan natijalar qiziqtiradi. 

Bolalar  bog`chalarida  yoki  boshlang`ich  maktablarda  psixodiagnostik  tadqiqotlar 

quyidagi vazifalarni xal qiladi: 



Diagnostika uchun zarur ma`lumotlarni olish. 

Bunda  bola  psixik  xolati  va  shaxsi  xususiyatlarining  ba`zi  belgilarining  ko`rinishini 

o`rganish  maqsadida  tadqiqot  olib  boriladi.  Tadqiqotda  olingan  ma`lumotlar  yordamchi 

xarakterga  ega  bo`lib,  bola  xulq-atvorining  xaqiqiy  kuzatilgan  xususiyatlari,  uning  psixik 

funktsiyalari  taraqqiyot  darajasi  bilan  taqqoslashda  foydalanadi.  Masalan:  darsda  bola 

diqqatining  barqaror  emasligi,  diqqatini  bir  joyga  to`plashga  qiynalishi,  aqliy  ish  qobiliyatining 

pastligi,  tez  chalg`ishi  va  boshqalar  bilan  ajralib  turadi.  Lekin  xulq-atvorning  ko`rsatilgan 

belgilari  (bilan)  bola  xulq-atvori  extiyojlari  va  motivlari  ierarxiyasining  (bosqichma-bosqich) 

o`zgarishi  natijasi  bo`lishi  mumkin.  Bunda  o`qituvchi  shaxs  nonormal  xolati  ko`rinishlaridan 

biriga, yoki miya etishmovchiliklarining funktsional belgilariga duch keladi. Ikkala xolatda ham 

u yoki bu o`quvchi o`zlashtirishi va intizomining pasayishi tashqaridan sezlsada, psixodiagnostik 

tadqiqotlarda  o`rganilayotgan  o`zgarishlar  manbalari,  rivojlanishi  va  kelgusida  qanday  bo`lishi 

psixologik  xolat  belgilari  ham  o`rganiladi.  Psixodiagnostik  tadqiqotlar  bola  psixik  funktsiyalari 

rivojlanish  darajasining,  aqliy  taraqqiyot  darajasi,  yosh  va  ma`lumot  bilan  o`zaro  bog`liqligini 

o`rganish uchun ham o`tkaziladi. Bu tadqiqotlar bolada ma`lum qiziqishlar, amaliy malakalar va 

kasb tanlash payti kelganda juda muhimdir. 

2.  Psixik  taraqkiyot  o`zgarishini  urganish  uchun  zarur  ma`lumotlarni  to`plash.  Agar 

«`ko`ndalang  kesim»`  metodlari  orqali  psixodiagnostik  tadqiqot  ma`lum  bosqichda  bola  psixik 

taraqqiyoti  darajasini,  ya`ni  psixik  funktsiyalar  rivojlanishining  dolzarb  zonasi  aniqlanadigan 

bo`lsa,  «`uzunasiga  kesim»`  (longityud)  psixodiagnostik  tadqiqotlarida  bola  psixik  xayoti 

taraqqiyoti xususiyatlari rivojlanishi, ya`ni ta`lim va tarbiya jarayonida urganiladi. 

O`yin  va  o`qish  faoliyatida  ko`p  martalab  o`tkazilgan  eksperimental-psixologik 

tadqiqotlar  bola  shaxsini  shakllanishi  va  rivojlanishida  ma`lum  faoliyatining  ta`sir  ko`rsatkichi 

bo`lishi mumkin. Bolada o`tkazilgan psixodiagnostik tadqiqotlar muhim prognostik ahamiyatga 

egadir,  chunki  qo`llanilgan  turli  metodlarning  o`quv-tarbiyaviy  ta`sirini  hisobga  olgan  shaxs 

rivojlanishi istiqbollarini aniqlash imkoni yaratiladi. 

2.  Aqliy  zaiflik  darajasini,  yoki  boshdan  kechirgan  kasallik  tufayli  psixik  kamchiliklarni 

aniqlashga  qaratilgan  psixodiagnostik  tadqiqotlar  mahsus  yoki  yordamchi  maktabda  o`qish 

haqida  masala  hal  bo`layotganda  tibbiy  pedagogik  xay`at  (komissiya)  tomonidan  foydalanishi 

mumkin. 


4.  Bolalarda  paydo  bo`lgan  etarlicha  o`rganilmagan  yangi  psixik  holatlarni  tahlil  qilish  uchun 

ilmiy  maqsadda  psixoligok  tadqiqot  o`tkazish.  Vazifa  bunday  qo`yilganda  tadqiqotchini 

qiziqtirgan  masala  bo`yicha  katta  guruhlarda  o`tkaziladi.  Bu  erda  olingan  natijalarning  statistik 

ishonchliligi muhim ahamiyat kasb etadi. 



 

 

 

 



Mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 

1. Psixodiagnostika fani nimani o`rganadi? 

2. Psixodiagnostikaning vazifalari va xususiyatlari nimadan iborat? 

3. Diagnoz qo`yish bosqich turlarini nomlarini ayting va ular haqida tushuncha bering? 

4. Psixodiagnostika fanining boshqa fanlar bilan bog`liqligi. 

5. Metodik materiallar va psixodiagnostik adabiyotlarga qo`yiladigan talablar 

 

Tavsiya etiladigan adabiyotlar 

1.

 



Burlachuk L.F., Morozov S.M. “Slovar`-spravochnik po psixodiagnostike” – SPb.: Piter 

Kom, 1999 god. -528 c. 

2.

 

Gamezo  M.V.,  Domashenko  I.A.  “Atlas  po  psixologii”.  Inform.-metod.  posobie  k  kursu 



“Psixologiya cheloveka”, “Pedagogicheskoe obщestvo”, - M.: 2001 god. -448 c. 

3.

 



Djek  Palmer,  Linda  Palmer.  Evolyutsionnaya  psixologiya.  Sekretы  povedeniya  HOMO 

SAPIENS. - SPb.: Praym-eVROZNAK, 2003 god. -384 c. 

4.

 

Drujinin V.N. Eksperimental`naya psixologiya.- 2-e izd., dop.- SPb.: Piter, 2001 god. -320 c. 



5.

 

eliseev  O.P.  Praktikum  po  psixologii  lichnosti.  2-e  izd.,  ispr.  i  pererab.-  SPb.:  Piter,  2002 



god. -512 c. 

6.

 



Nishonova Z.T. va boshqalar Psixodiagnostika o`quv qo`llanma T.: TDPU 2008 

2-ma`ruza 

Mavzu: Psixodiagnostika fanining rivojlanish tarixi 

(2-soat) 

Reja: 

1.

 



Amaliy psixodiagnostikani rivojlanishi.  

2.

 



Xorij psixologiyasida test metodikalarini qayta ishlanishi va ommalashishi.  

3.

 



Markaziy  va  G`arbiy  evropa  mamalakatlari  va  bizning  respublikamizda  test 

metodikalarini qo`llanilishi 



 

Tayanch tushunchalar. 

Amaliy  psixodiagnostikani  rivojlanishi.  Xorij  psixologiyasida  test  metodikalarini  qayta 

ishlanishi  va  ommalashishi.  Markaziy  va  G`arbiy  evropa  mamalakatlari  va  bizning 

respublikamizda test metodikalarini qo`llanilishi. Rus psixologlari tomonidan test metodikalarini 

tanqid qilinishi. 

2.1.Amaliy psixodiagnostikani rivojlanishi

Psixologik  diagnostika  fan  sifatida  XIXasr  oxirida  eksperimental  asosda  vujudga  keladi. 

Psixologik  diagnostikaning  vujudga  kelishida-Gal`ton  (1879):  J.Cattell  (1890):  H.Ebbingaus 

1891):  A.Binet  va  V.  Henri  (1896)  va  Th.Simon  (1905)larning  ishlari  katta  ahamiyatga  ega 

bo`ladi. Bu tadqiqotlarda individual farqlarni o`rganishning  yangi statistikaga asoslangan quroli 

test  ishlatiladi.  Psixodiagnostika  tushunchasi  individni  o`rganadigan,  aniqlaydigan  barcha 

metodlar  majmuini  o`z  ichiga  oladi.  Bu  kitobning  nashr  etilishi  bilan  psixologik  diagnostika 

taraqqiyotida  yangi  davr  boshlanadi,  bu  psixometriyadagi  yangi  shaxsni  urganish  metodlari 

bo`lmish  proektiv  metodlar  bilan  bog`langan  edi.  Proektiv  psixologiya  bir  butun  shaxsni 

o`rganish  mumkin  emas  deb  talqin  qiluvchi  psixometriya  nuqtai-nazar  va  bixeviorizmga  qarshi 

e`tiroz bildiruvchi fan sifatida rivojlana boshladi. 

Keyinchalik  psixodiagnostikada  yangi  metodlar  yaaratilishi  bilan  birga,  birlashtirilgan 

(kombinatsiya  qilingan)  testlar  orasida  amerikalik  psixolog  D.Veksler  (1939,1955)ning 

subtestlari  keng  tarqaldi.  Yangi  proektiv  metodlar  ham  yaratilib,  keng  qo`llanila  boshlanadi, 

(amerikalik  psixolog  J.Myurrey  (1935,1943)  ning  tematik  Apperatseptsion  testi  (TAT),  nemis 

psixologi  S.Rozentsveygning  frustratsiyaga  bo`lgan  reaktsiyani  o`rganish  bo`yicha  testi  va 

boshqalar. Shaxsiy savolnomalar (MMR1, 16R») keng tarqaldi. 

2.2.Xorij psixologiyasida test metodikalarini qayta ishlanishi va ommalashishi

Sobiq  sovet  psxologiyasida  diagnostik  metodlardan  foydalanish  o`z  tarixiga  ega.  Bu 

jarayonda shartli ravishda 2 bosqichni ajratish mumkin. 


 

Birinchi  bosqich  20  yillarning  boshidan  30  yillarning  o`rtasigacha  bo`lgan  davrni  o`z 



ichiga  oladi.  Bu  davrda  pedagogika  va  psixotexnikada  test  metodlari  keng  tarqaldi.  Bunga 

bog`liq  ravishda  pedalogiya-bola  haqidagi  fan  rivojlana  boshladi.  Uning  predmeti-bolalar 

xayotini  o`rganish,  irsiyatning  rolini  aniqlash,  bolalar  psixikasida  kasallik  ko`rinishlarini 

o`rganishdan iborat (K.N.Kornilov,1917). 

Bu  davrda  psixologik  diagnostikaning  rivojlanishida  M.S.Bernshteyn,  L,S.Vigotskiy, 

P.P.Blonskiy,  S.G.Gellershteyn,  N.D.Levitov,  G.I.Rossolimo,  P.I.Shpil`reyn,  A.M.Shubert  va 

boshqalar  katta  xissa  qo`shdilar.  Odamlar  tomonidan  ilgari  surilgan  qator  ilg`or  fikrlar 

keyinchalik  rivojlantirmaydi,  chunki  1936  yildan  keyin  bu  sohadagi  barcha  tadqiqotlar 

to`xtatiladi va psixodiagnostikaning keyingi rivojlanishida jiddiy yuzaga keldi. 

Mashhur  rus  psixologi  L.S.Vigotskiy  shaxs  psixik  taraqqiyoti  xususiyatlarini  o`rganishga 

muhim  xissa  qo`shdi.  Uning  ta`limoti  insonga  xos  bo`lgan  psixik  jarayonlar  va  inson  ongining 

tarhiy  rivojlanishiga  bag`ishlanadi.  Uning  fikricha,  bolalar  psixik  taraqqiyoti  insoniyat 

madaniyatini  o`zlashtirishi  natijasida  ro`y  beradi.  Bunda  shaxs  shakllanishida  ta`lim  va  tarbiya 

jarayonlari etakchi rol` o`ynaydi. 



2.3.Markaziy va G`arbiy evropa mamalakatlari va bizning respublikamizda test 

metodikalarini qo`llanilishi 

Psixodiagnostikani  rivojlanishidagi  ikkinchi  bosqich  50-60  yillarga  to`g`ri  keladi.  Bu 

davrda  aqliy  taraqqiyotni  o`rganishga  katta  e`tibor  beriladi.Jumladan  A.A.Lyublinskaya 

tadqiqotlarida  nutq  va  uning  funktsiyalarining  rivojlanish  xususiyatlari  o`rganilgan.  A.R.Luriya 

rahbarligida  faoliyatni  boshqarishda  nutqning  roli  o`rganildi.  A.N.Leont`ev  va  A.V.  Zaporojets 

rahbarligida asosiy psixik jarayonlarning rivojlanishida faoliyatning roli o`rganilgan. 

D.B.  El`konin  rahbarligida  nutqning  rivojlanishi  va  bog`cha  davrida  o`yinning  etakchi 

faoliyat turi sifatidagi roli aniqlandi. Bu tadqig`otlardan olingan natijalar bolalar uchun ta`lim va 

tarbiya dasturlarini tuzishda asos bo`lib xizmat qildi. 

Rus  psixologlari  tomonidan  ishlab  chiqilgan  aqliy  taraqqiyotni  sifatiy  qilish  tamoyili 

qator  vazifalarni  xal  qilishda  o`z  maxsuldorligini  namoyon  qildi  va  ko`pgina  tadqiqotlarda  o`z 

aksini 


topdi.Z.I. 

Kalmikova,1975,1982: 

G.A.Vardaniya,1979: 

L.A.Venger,1974: 

K.M.Gurevich,1980: 

V.I.Voytko, 

Yu.Z.Gil`bux,1981: 

D.B.El`konin,1982: 

V.V.Stolin, 

A.G.Shmelev,1987: L.F.Burlachuk, S.M.Morozov,1989 va boshqalar. 

Psixologik  diagngstikaga  kichik  amaliy  yo`nalish  xos  bo`lib,  u  yoki  bu  psixik 

xodisalarni bilishga va tavsiflashga qaratilgan. 

B.G.Anan`ev  (1968)  psixologik  diagnostikani  psixologik  tadqiqotlarga  qaratilgan 

yo`nalish,-deb  ta`riflab,  uning  maqsadi,  psixofiziologik  funktsiyalar,  jarayonlar  va  shaxs 

xususiyatlari  rivojlanish  darajasini  aniqlash,  turli  qo`zg`atuvchi  ta`sir  qilganda  inson  xolatini 

bilish, insonning mehnat qobiliyatini, layoqatini,-aniqlashda iborat. 

K.K.Platonov  (1974)  psixologik  diagnostikani  psixik  xodisalarning  xossa  va 

xususiyatlarn o`rganish haqidagi fan, deb xisoblagan. K.N.Gurevich(1974) isnonlarni psixologik 

va psixofiziologik belgilari bo`yicha ajratish va tavsiflash metodlari haqidagi fan deb xisoblaydi. 

V.V.Stolin  va  A.G.Shmelev(1984)psixodiagnostikani  psixologik  diagnoz  qo`yish  haqidagi  fan 

deb  xisoblaydi.  Diagnoz  (tashxis)  sinaluvchining  alohida  ko`rsatkich  va  xarakteristikalarini 

chuqur  taxlil  qilish  asosida  uning  xususiyati  va  xolati  haqidagi  xulosadir.  Shu  bilan  birga 

psixodiagnostik  tadqiqot,  eksperimental  tadqiqotdan  tubdan  farq  qiladi.  Psixodiagnostik 

tadqiqotda aniq individ yoki individlar guruhi haqida ma`lumot olinadi, eksperimental tadqiqotda 

nazariy  faraz  tekshiriladi.  Shuning    xisobiga  psixodiagnostika  maxsus  metodik  tamoyillariga 

bo`ysinadi.  

Lekin  psixologik  diagnostikaga  turlicha  ta`rif  berishlariga  qaramasdan,  uning  asosiy 

tushunchasi  «`psixologik  diagnoz»`  tushunchasi  bo`lib  qoladi.  Xayotda  biz  kasalxonalarda  turli 

kasalliklarga  diagnoz  (tashxiz)  qo`yishlariga  o`rganib  qolganmiz.  Bunda  tashxisning  to`g`riligi 

tekshirishning  turli  klinik  metodlaridan  foydalanishga  bog`liq  bo`ladi.  Qator  xollarda  bunday 

diagnostika murakkab apparaturali test metodlaridan foydalangandan keyingina mumkin bo`ladi. 


 

Eksperimental  diagnostikada  ham  tadqiqotchi  turli  metodlarni,  apparaturali  testlarni 



qo`llaydi. 

Psixologik diagnoz qo`yishning umumiy sharoitlarga aloqador asosiy mezonlarni ajratib 

kursatish mumkin: 

Psixologik diagnoz insonga xos bo`lgan maxsus xodisa va xususiyatlarni  ochib berishi 

kerak: 

Xar qanday diagnoz olingan natijalarni bayon qilishi bilan chegaralanmasligi, u yoki bu 



belgining vujudga kelishining sababi, oqibati, keyingi rivojlanishi ham qo`shilishi kerak. 

Psixolog  diagnoz  tadqiqot  sharoitlarida  inson  xulq-atvorini  xarakterlaydigan  bayon 

qilingan material asosida tushuntirilishi kerak. Psixologik diagnoz sinaluvchining shaxsiy xayot 

va  psixik  faoliyati  haqida  eksperimental  tadqiqot  yo`li  bilan  olingan  ma`lumotlar  asosida 

qo`yiladi.  Tadqiqotchilik  psixik  faoliyat  psixik  natijalari  haqida  ma`lumot  olish  uchun  turli 

psixodiagnostik 

metodlaridan 

foydalanadi. 

(N.A.Menchinskaya, 

1966: 


I.Kalmikova,1968:S.Ya.Rubenshteyn, 

1970:B.V.Zeygarnik, 

1976:V.M.Bleyxor, 

1976:L.F.Burlachuk, 1979:M.K.Gurevich, 1984 va boshqalar.  

 


Каталог: lektions -> pedagogika%20ham%20psixologiya
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
lektions -> O`zbekistan Respublikasi Xalk Bilimlendiriu minstrligi Ajiniyaz atindag`i Nokis mamletlik pedagogikalik institut
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O’zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekstan Respublikasi Xaliq bilimlendiriw ministrligi A`jiniyaz atindag`i No`kis ma`mleketlik pedagogikaliq instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> O`zbekstan Respublikasi Xaliq bilimlendiriw ministrligi A`jiniyaz atindag`i No`kis ma`mleketlik pedagogikaliq instituti
pedagogika%20ham%20psixologiya -> Xalq pеdagogikasi


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling