O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi qorovulbozor tuman Xalq ta`limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo'limiga qarashli


Download 1.03 Mb.
bet1/6
Sana23.12.2022
Hajmi1.03 Mb.
#1049811
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
VATAN- QALBIM QUYOSHISAN






O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
BUXORO VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI
Qorovulbozor tuman
Xalq ta`limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo'limiga qarashli
1- umumta'lim maktab
boshlang’ich ta’lim fani o’qituvchisi
Rustamova Dilnoza Shodmonovnaning
Vatan – qalbim quyoshisan
mavzusidagi tadbir
ssenariysi.






Tuman : Qorovulbozor.
Familiyasi : Rustamova.
Ismi : Dilnoza .
Sharifi : Shodmonovna.
Ish joyi : Qorovulbozor tuman 1-umumta’lim maktab.
Lavozimi : boshlang’ich sinf o’qituvchisi .
Fan nomi : boshlang’ich ta’lim .
Sinf : 3-4-sinflar uchun .
Tadbir ssenariysi: “Vatan – qalbim quyoshisan”
O’quvchilar soni : 30 nafar .


3-4-sinflar uchun “ Vatan – qalbim quyoshisan ” mavzusidagi tadbir ssenariysining qisqacha
ANNOTATSIYASI
Ta’lim muassasining o’qituvchilari odatda o’quvchilar bilan o’tkaziladigan tarbiyaviy soat, ma’naviyat soatlari , sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish va o’tkazishda ancha qiyinchiliklarga duch keladilar.
Buning sabablari xilma –xildir:
- Yuqoridagi tadbirlarni hamma vaqt bir xil tartibda, bir xil ko’rinishda bo’lishi yoki rang-barang bo’lmasligi, ularda ijodiylikning pastligi yoki uslubiyotdan yetarlicha xabardor emasliklaridan dalolat berishi mumkin.
- Har bir tarbiyaviy ishning maqsadi kutiladigan natijani berishi, o’qituvchidan juda katta pedagogik va aktyorlik mahoratini, tarbiyaviy ishlar uslubiyotini chuqur bilishlarini, o’z ustlarida tinmay mehnat qilishlarini va boy tajribaga ega bo’lishlarini talab etadi .
Men shu maqsadda o’z ish tajribamdan kelib chiqqan holda 3-4-sinflar uchun “ Vatan – qalbim quyoshisan ” mavzusidagi tadbir ssenariysini tuzdim. Bu tadbirni o’tkazishdan maqsad, Vatanning mo’tabar ekanligini o’quvchilar ongiga singdirish, o’quvchilarda vatanparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, kamtarlik fazilatlarini tarbiyalash, barkamol inson bo’lib kamol topishlari uchun ularga keng ko’lamda milliy ruhda tarbiya berishdan iborat.
Tadbir o’quvchilarga qiziqarli va xotirasida uzoq vaqt saqlanishi maqsadida mavzudan kelib chiqqan holda multimedialar bilan boyitdim. Bu tadbir ssenariysi mening ijodiy mahsulim bo’lib, yosh avlodni milliy vatanparvarlik ruhida, tariximizga, ajdodlarimiz me’rosiga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalashda zamin yaratadi.
Shuning uchun ham bu tadbir ssenariysini kasbdoshlarimga foydalanish uchun tavsiya etaman .

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling