O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi qorovulbozor tuman Xalq ta`limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo'limiga qarashli


Tahdidga sergaklik - umring mazmuni


Download 1.03 Mb.
bet5/6
Sana23.12.2022
Hajmi1.03 Mb.
#1049811
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
VATAN- QALBIM QUYOSHISAN

Tahdidga sergaklik - umring mazmuni.
1- boshlovchi: Hech bir kishi o`ziga Vatan tanlab tug`ilmaydi. Zero u qayerda tug`ulmasin o`sha makon uning issiq Vatani. Vatanni borligicha sevaylik.
2-boshlovchi:
Vatanni sevish- bu tug’ilib o’sgan tuproqqa, ajdodlarimiz xotirasiga hurmat-ehtirom. Shu bilan birga, ona tilimizni, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamdir. Vatanga xiyonat qilish eng og’ir gunoh hisoblanadi.
Sahna ko’rinishi : Ajdodlar hukmi .
(Sahnaga tarixiy siymolar kabi kiyingan oq’uvchilar kirib kelishadi).
1-o’quvchi: Bahovaddin Naqshband:
Na dilida yor – u
Na dastida kor,
Qonxo’r maxluqlardan bo’lingiz hushyor.
2-o’quvchi: Imom Buxoriy:
Vatanni sevmoqlik, - dedik, - iymondan,
Bu bad kor chiqmagay hech musulmondan.
3-o’quvchi: Najmiddin Kubro:
Xalqqa g’anim bo’lgan - Haqqa g’animdir,
Vatan - Ka’ba misol sig’inganimdir.
4-o’quvchi: Farg’oniy:
Nahot, ozod bo’lgach aql-u tafakkur,
Avlodimdan chiqmish sotqin-u manfur ?
5-o’quvchi: Ulug’bek:
Taxt talashgan padarkush vatanfurush bo’lg’usi,
Tarix tajribasi shul: It qavmida o’lg’usi.
6-o’quvchi: Navoiy:
Mehr ko’rguzganga jafo aylamak,
O’z joniga qasd-u jazo aylamak.
7-o’quvchi: Bobur:
Qotilni qon kutar, xoinni ajal,
Begunoh qon to’kmak osiylik azal.
8-o’quvchi: Mashrab:
Xudo yagonadir, yagona Vatan,
Vatanga o’t qo’yib qochmog’ing mumkin.
Ey nodon, qayoqqa qochgung Xudodan,
Kuzatib turar u, axir, o’z mulkin.
9-o’quvchi: Abdulla Qodiriy:
Men jonim baxsh etgan e’tiqodimga
G’animlar—shaytonni soldi yodimga.
10-o’quvchi: Cho’lpon:
“Xalq to’lqindir, xalq dengizdir, xalq kuchdir”
Xalq kuchiga qarshi borgan kuch – puchdir.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling