O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi qorovulbozor tuman Xalq ta`limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo'limiga qarashli


Download 1.03 Mb.
bet6/6
Sana23.12.2022
Hajmi1.03 Mb.
#1049811
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
VATAN- QALBIM QUYOSHISAN

11-o’quvchi: Usmon Nosir:
Men tirildim hurlik tufayli,
Xizmatingga ol, ozod Vatan.
Boz jonimni tikarman, mayli,
Ammo erking qaytib bermasman.
Hamma: Ajdodlarning hukmi tarix hukmidir,
-Xudoga topshirdik – bergay jazosin.
Din-u iymonimiz va qalbimiz bir :
Vatanga jarohat yetkazgan – osiy !

Ey ulug’ O’zbekistonning navqiron avlodi! Sizning bu hayotda orzu –intilishingiz, ko’zlagan maqsadingiz, qiladigan ishlaringiz ko’p. Lekin, hech qachon unutmangki,sizning eng buyuk, eng muqaddas vazifangiz -yurtimiz istiqlolini, xalqimiz erk-u ozodligini ko’z qorachig’iday asrash, uning xavfsizligini himoyalashdir”.
Islom Karimov.


1-boshlovchi:
Darhaqiqat, yuqoridagi fikrlar biz o’quvchilarni vatanparvar bo’lishga
da’vat etadi.
Vatanni sevish uni maqtash yoki quruq gapda ifodalash emas. Inson Vataniga foyda keltirish, uni himoya qilish orqali muhabbatini ko’rsatishi kerak. Bizning vatanparvarligimiz yaxshi o’qishimiz, odob-axloqli bo’lishimizdadir. Har birimiz chuqur bilim egallab, kelajakda O’zbekistonning gullab –yashnashiga hissa qo’shishimiz lozim.
1- boshlovchi:
Ona xalqimiz buyuk tarixga ega. Buyuk tarixsiz kelajak qurib bo`lmaydi. Tarix bu o`tmish bilan kelajakni bog`lovchi muhim bir ko`prikdir.
2- boshlovchi:
Xalqimiz azal - azaldan bunyodkor xalq hisoblanadi. Salkam chorak asr davomida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bunga javob beradi.
1- boshlovchi:
Ona xalqimiz uchun bunday buyuk ishlarni amalga oshirgan inson O`zbekiston Respublikasining 1-prezidenti Islom Abdug`aniyevich Karimovdir.
2- boshlovchi:
Biz bunday buyuk zotning yorqin xotirasi uchun hamisha ta`zimdamiz.
1-boshlovchi.
Mustaqil davlatimizda bizlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ulardan unumli foydalanaylik. Xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilib , Vatanimizni ko’z qorachig’idek asraylik. Zero, Vatanimiz kelajagi sizning , bizning, barchamizning qo’limizdadir.
2- boshlovchi:
Shuning bilan “Vatan-qalbim quyoshisan” deb nomlangan tadbirimiz ham o`z nihoyasiga yetdi.
Musiqa sadolari ostida tadbirga yakun yasaladi.


Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling